Qayd raqami


Plevrit. O’pkadan qon ketishi



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə16/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

4.Plevrit. O’pkadan qon ketishi
Plevrito‘pkalar ustini qoplab turuvchi plevra pardasining yallig‘lanishi.
Sabab. Gripp, pnevmoniya kasalliklarining asorati, revmatizm, sil kasalligida ham plevrit yuzaga kelishi mumkin.
Belgilari. Plevrit quruq va ekssudatli bo‘ladi.Quruq plevritda ko‘krak qafasida sanchuvchi og‘riq. Aksa urganda, yo`talganda, qo‘lni ko‘tarib tushirganda, qimirlaganda og‘riq zo‘rayadi.Auskultatsiyada plevraning ishqalanish shovqini (qorni bosganda g‘ichirlagandek) nafas olganda ham, chiqarganda ham eshitiladi (Pnevmoniyada esa krepitatsiya tovushi chuqur nafas olganda eshitiladi).
Ekssudatli plevritda plevra bo‘shlig‘iga suyuqlik to‘planadi. Agar suyuqlik ko`p to`plansa o‘pkani qisib qo‘yishi tufayli bemorning nafas olishi qiyinlashadi va tezlashadi, lablari ko‘karadi. Auskultatsiyada nafas olish tovushi juda sekin eshitiladi yoki butunlay eshitilmaydi. Yurak tovushlari bo‘g‘iq va kuchsiz eshitiladi, tomir urishi tezlashadi,bemor rangi oqaradi, lablari ko`karadi, ahvoli og`ir bo`ladi.
Tibbiy yordam. Kasallikni yuzaga keltirgan sababiga ko‘ra quyidagi tartibda tibbiy yordam ko‘rsatiladi:
1.Plevrit revmatizm kasalligi tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa ampitsillin, oksatsillin kabi antibiotiklar qo‘llanadi - 0,5-1 gr dan kuniga 3-4 mahal muskul orasiga. Shuningdek, aspirin, indometatsin, brufen kabilardan birontasi 1 tabletkadan kuniga 3 mahal (bolalarga uchdan bir- yarim tabletka) ichishga.
Plevrit sil kasalligi tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, bemor sil kasalligi dispanserida davolanadi.
Plevrit – pnevmoniya, gripp kasalliklarining asorati tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, davolash pnevmoniyaga o`xshash.
Plevritning ekssudatli turida plevra bo‘shlig‘ida to‘plangan suyuqlikning miqdori ko‘p bo‘lsa, uning o‘zi so‘rilib ketishiga ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun ko‘krak qafasi orqali plevra bo‘shlig‘iga igna sanchilib (qo‘ltiq osti chizig`i bo‘ylab) suyuqlik shprits bilan yoki Poten apparati yordamida so‘rib olinadi.
O’pka shishiqon tomirlari devori orqali qonning suyuq qismi sizib o‘tishi tufayli o`pka shishadi.
Sababi. O‘tkir va surunkali yurak-tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti, miya insulti, shuningdek, azot oksidi, alkogol, efir, kerosin, fosgen kabi kimyoviy moddalar bilan zaharlanish.
Belgilari. Bemorning nafasi qisadi, nafas shovqinli, xirillagan bo‘lib, uzoqdan eshitiladi. Bemorning rangi oqaradi, qo‘l-oyoqlari soviydi, lablari ko‘karadi, tez-tez yo‘taladi, ko‘pikli balg‘am ajraladi. Auskultatsiyada o‘pkadan ho‘l xirillash tovushi eshitiladi.
Tibbiy yordam. Bemor ahvoli o`ta og`ir bo`lgani uchun shifoxonaning reanimatsiya bo`limiga yuborilishi kerak.
1.Bemor baland yostiqqa yarim o‘tirgan vaziyatda suyab yotqiziladi;
2.Har yarim soatda 1-2 minut kislorod hidlatib turiladi;
3.Qo‘l-oyoqqa issiq grelka qo‘yiladi, iloji bo`lsa oyoqlariga issiq vanna qilinadi;
4.Kuraklar o`rtasiga, ostiga, qo`ltiq ostiga, o`ng ko`krak sohasiga gorchichnik yoki banka qo`yiladi.
5.Balg‘am ko‘chiruvchi dorilar (altey damlamasi, mukaltin tabletkasi);
6.Kofein, kamfora, kordiamin (bittasi) -1-2 ml teri ostiga in`yeksiya qilinadi;
7.Strofantin yoki korglyukon 0,5-1 ml 40% -20 ml glyukozaga qo‘shib vena tomiriga sekinlik bilan 2-3 minut davomida yuboriladi. Bu aralashmaga laziks (furosemid) 1-2 ml qo‘shish mumkin.U siydik ajratishni ko`paytirib, o`pkadagi shishni kamaytiradi.
O’pkadan qon ketishi – ko‘krak qafasi devori va o‘pka to‘qimasining jarohatlanishi, o‘pka silining kaverna (yemirilish) hosil qilgan turi, o‘pka raki, o‘pka abssessi va gangrenasi, bronxoektaziya kabi o‘pkaning og`ir kasalliklarining asorati tufayli yuzaga keladigan o`ta og‘ir holat.
Belgilari. Bemorning nafas olishi qiyinlashadi, tez-tez yo‘taladi va qon aralash ko‘pikli balg‘am tupuradi, ba‘zida og‘iz-burnidan qon oqadi.
Tibbiy yordam. Tez yordam chaqirib bemor shoshilinch tibbiy yordam markaziga (reanimatsiya bo`limiga) yuborilishi kerak.
- bemor baland yostiqqa yarim o‘tirgan vaziyatda yotqiziladi.U harakat qilmasligi,gapirmasligi kerak;
- kalsiy xlorid 10%-1 osh qoshiqdan 3 mahal ichishga;
- vikasol 1-2 ml muskul orasiga;
- aminakapron kislota 5%- 100 ml tomchi usulida vena tomiriga;
- parabenzoy kislota- 1%-5-10 ml muskul orasiga yoki vena tomiriga;
- fibrinogen flakonda 1 gramm bo‘lib, 250 ml destillangan suvda eritiladi, vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi (agar flakonda 2 gramm bo‘lsa, 500 ml destillangan suvda eritiladi);
- donordan yangi olingan qon yoki uning zardobi 50-100 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin