2.Revmatik endokardit. Revmatik miokardit. Revmatik perikardit. Revmatik endokardit. Yurakning ichki (endokard) qavatini yallig`lanishi.
Belgilari.Yurak sohasida kuchsiz gijimlovchi og‘riq, harakat qilganda yurak urishining tezlashuvi, bemor rangining oqarishi, tez charchash kuzatiladi. Ammo, ko‘p hollarda bolalar bu belgilarga e‘tibor bermaydilar, yoki o‘z vaqtida me’yoriga yetkazib davolanmaydilar. Shu tufayli ko`p hollarda endokarditning asorati sifatida yurakning porok (norasolik) kasalligi vujudga keladi. Yurak porok kasalligi ko`pincha sezilmagan holda kechadi va tibbiy ko`rik paytida to`satdan aniqlanadi. Yoshi ulg‘ayganda yurak porogi natijasida surunkali yurak-tomir yetishmovchiligi paydo bo`lib, bemor nogironga aylanishi mumkin.
Revmatik miokardit. Yurakning o`rta (muskul) qavatini yallig`lanishi endokarditdan ko`ra ko`proq uchraydi.
Belgilari. Yurak sohasida kuchsiz og`riq, harakat qilganda yurak o`ynashi, tez charchash, tomir urishining tezlashuvi kuzatiladi.
Revmatik perikardit. Yurakning ustki (perikard) qavatini yallig`lanishi. Perikardit quruq va ekssudatli bo`ladi.Quruq perikarditda yurak sohasida g`ijimlovchi, sanchuvchi og`riq bo`ladi.
Ekssudatli perikarditda yurakning ikki qavatli perikard pardasi orasidagi perikard bo`shlig`ida suyuqlik to`planadi.Bu suyuqlik yurakni qisadi va uning qisqarib - kengayishini qiyinlashtiradi. Nafas qisadi, lablari ko`karadi, bemorning ahvoli og`ir bo`ladi, shu bois u shifokorga murojaat qilishga majbur bo`ladi.
3.Xoreya. Bosh miyaning po‘stloq osti sohasida joylashgan chipor tana deb ataluvchi nerv to‘qimasi (markazi) ni revmatizm bilan yallig`lanishi. Bu kasallik ko‘proq bog`cha va kichik maktab yoshdagi bolalarda uchraydi. Bola ixtiyorsiz ravishda qo‘llarini silkitadi, buning natijasida bolaning husnixati buziladi. U ixtiyorsiz ravishda ko‘zlarini yumib ochadi, labini buradi, tilini chiqaradi, bu holat bolaning ixtiyoriga bog‘liq emasligini bilmaydigan ota-ona va o‘qituvchi nojo‘ya harakatlar qilgani uchun bolaga tanbeh berishadi.
Tibbiy yordam. 1.Revmatizm boshlanishi bilanoq, bolani issiq ko‘rpa-to‘shakka yotqizish.
2. Zararlangan bo‘g‘imlarga isituvchi kompress, issiq grelka yoki qizitilgan g‘ishtni ro‘molga o‘rab qo‘yish.
3.Dorilardan aspirin, brufen, indometatsin, voltaren, Melbek, Artra (bo`g`imlarda kuchli og`riq bo`lsa Sinepar) kabilardan bittasi kattalarga 1 tab, bolalarga 1/3-1/2 tab. Shuningdek, ampitsillin-0,5-1 gr dan 3 mahal, sefazolin 0,5-1 gr kuniga 2 mahal muskul orasiga in`yeksiya qilinadi.
4. Polivitamin “Undevit”. Askorbin kislota 1 tab. 2 mahal.
5.Bitsillin - 3 bolalarga 300000, o'smir va kattalarga 600000 TB haftasiga bir marta muskul orasiga yuboriladi, jami 10 marta. Bitsillin-5 kattalarga 1500000 TB, bolalarga 750000 TB bir oyda bir marta muskul orasiga yuboriladi, jami 10 marta (ya`ni yil davomida).
6.Vitamin B6har kuni, B12 kunora 1 marta muskul orasiga yuboriladi. Jami 10 tadan.
7. Yurakning endokardit, miokardit, perikardit kasalliklarining og'ir kechishida shifokor buyursa: strofantin 0,2-0,3-0,5 ml yoki korglikon 0,2-0,3-0,5 ml, glyukoza 20 %-10-15 ml, kokarboksilaza 50-100 mg hammasini bitta shpritsga olib vena tomiriga sekinlik bilan yuboriladi.
Revmatik endokardit, miokardit, perikardit, poliartrit kasalliklarida bemor poliklinikaning revmokardiolog, xoreya kasalligida esa nevropatolog shifokori nazoratida davolanadi.