Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta


O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə4/18
tarix03.03.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#86361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2022 MA\'RUZA Texnologiya 7 модул

O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari
Kursning maqsadi va vazifalari
Umumiy o‘rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlanish kursining maqsadi – zamonaviy ta’lim, ta’lim–tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni muntazam yangilash, malaka talablari asosida ularning kasbiy faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi:
Tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy–iqtisodiy islohotlar mazmuni va ta’lim–tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy–me’yoriy asoslarini singdirish;
ta’lim–tarbiyaning ilg‘or texnologiyalari va xorijiy tajribalarni o‘rgatish;
tinglovchilarni ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy usullari bilan tanishtirish;
pedagoglarning kasbiy faoliyatida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
pedagoglarning malaka talablariga mos holda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar asosida uzluksiz rivojlantirish.

Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:


Malaka oshirish kursi o‘quv rejasining “Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “AKT va media savodxonlik”, “O‘zini–o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari”, “Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi”, “Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari”, “Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalari”, “O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari” modullari bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar umumiy o‘rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari TEXNOLOGIYA fani o‘qituvchilari malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Kurs hajmi
Uzluksiz kasbiy rivojlanish kursining bir yillik hajmi 36 soatni tashkil etadi. Malaka oshirish toifasi bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin