BINAR MA’RUZA. “Binar”so`zi lotinchadan olingan bo`lib, “qo`sh”,
“ikki” degan ma’noda qo`llaniladi. Bunday mashg‘ulotning olib borilishi ikki vakil: o`qituvchi va metodist; o`qituvchi va o`quvchi; taklif etilgan mutaxassis va o`qituvchi; o`qituvchi va tyutor (maslahatchi) o`rtasidagi interfaol suhbat, bahs-munozara va axborotlar almashinuvini namoyon qiladi. Jarayonni bunday tashkillashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad yangi o`quv ma’lumotlari va axborotlarini ikki mutaxassis yoki ishtirokchi nuqtayi nazarlarini taqqoslash orqali yoritib berishdan iborat.
TRENING. Trening zamonaviy ta’lim shakllaridan biri hisoblanib, u interfaol mashg‘ulotlarni amalga oshirishning o`ziga xos ko`rinishidir. Treninglar o`rganilishi lozim bo`lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar davomida o`zlashtirish imkoniyatini beradi va ta’lim oluvchilarda shaxslararo o`zaro hamkorlikning samarali ko`nikmasini shakllantirishga, shuningdek, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo`naltiriladi.
Har qanday pedagogik treningni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
Tashkiliy bosqich: guruhni yig‘ish yoki shakllantirish.
Boshlang‘ich bosqich: guruh me’yorlarini ishlab chiqish, tanishuv va mashg‘ulotdan kutuvlarni aniqlash.
Faoliyatli bosqich: trening turi va o`tkazish metodikasini belgilash.
Yakuniy bosqich (refleksiya).
Trening mobaynida talabalar nazariy ma’lumotlarni o`zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emmotsional va xulq-atvor ko`nikmalari ham rivojlanib boradi.
“KICHIK GURUHLARDA ISHLASH” METODI - ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o`quv materialini o`rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Ushbu metod qo`llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo`lishga, bir-biridan o`rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo`ladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo`llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo`ladi. Chunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o`zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi keltirilgan.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi “Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1.Faoliyat yo`nalishi aniqlanadi. Mavzu bo`yicha bir-biriga bog‘liq bo`lgan masalalar belgilanadi.
Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo`linishlari mumkin.
Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko`rsatmalar beriladi va yo`naltirib turiladi.
Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
Kichik guruhlar baholanadi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining afzalligi:
o`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib keladi;
muloqotga kirishish ko`nikmasining takomillashishiga olib keladi;
vaqtni tejash imkoniyati mavjud;
barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi;
o`z-o`zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo`ladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining kamchiliklari: ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo`lganligi sababli
kuchli ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;
barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo`ladi;
guruhlararo o`zaro salbiy raqobatlar paydo bo`lib qolishi mumkin;
guruh ichida o`zaro nizo paydo bo`lishi mumkin.
“DAVRA SUHBATI” METODI – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o`z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o`qitish metodidir. “Davra suhbati” metodi qo`llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko`z aloqasi”ni o`rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so`raydi va aylana bo`ylab har bir ta’lim oluvchi o`z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar. So`zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo`lsa, barcha fikrmulohazalar tinglanib bo`lingandan so`ng muhokama qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi. Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan.