Chap tomondagi tugmani tutib turib sichqoncha ko‘rsatkichini
suramiz va rasmda ko‘rsatilgandek besh qirrali
ko‘pburchaklik hosil bo‘ladi:
Ko‘pburchaklik tayyor bo‘lganidan keyin uni hohlagancha
o‘zgartirish mumkin. Ko‘pburchakning parametrlari uni
chizishdan oldin ham berilishi mumkin. Masalan,
ko‘pburchakning qirralarini atributlar panelida o‘zgartirish
mumkin. Tasvir yaratganda atributlar panelidan foydalanish ancha qulaylik tug`diradi.
Agar yulduzcha yasash zarur bo‘lsa Polygon /Star (ko‘pburchaklik / yulduz)
tugmasini bosamiz. Ko‘pburchaklik va yulduzchani Shape (forma) intrumenti bilan
taxrirlab juda qiziqarli shakllar hosil qilishimiz mumkin.
Spiral yasash uchun ham yuqoridagi ko‘rsatilgandek uslublardan foydalanamiz.
Atributlar paneli yordamida spiralning o‘ramlari sonini o‘zgartirishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: