Ekstruziya effekti
Ekstruziya effekti yalpoq ikki o`lcham li ob'ektlarga hajm ya'ni uchinchi
o`lcham illyuziyasini beradi. Ekstruziya effektini qo`llashda Corel DRAW ob'ektning
ko`rinmas qirralarini quradi. Proyektsiyalarni berilgan tutashuv nuqtali perspektivaga
aylantiradi. Ekstruziya effekti Interactive Extrude (xajmni interaktiv qurish)
instrumenti yordamida yaratiladi. Bu instrument interaktiv instrumentlar
panelida
joylashgan, shuningdek atributlar panelining turli tuman elementlaridan foydalangan
holda hosilqilinadi.
Qadam- baqadam o`tish effekti
Qadam- baqadam o`tish effekti turli-tuman variantlarda qurilishi mumkin, lekin
ularning hammasi qadam- baqadam o`tishning boshi va oxirini belgilovchi ikkita
ob'ektni qurishdan boshlanadi. Bu ikkita ob'ekt juda oddiy (masalan,
to`g`riburchaklik, ellips va hokazo) yoki aksincha juda murakkab, masalan bir nechta
ob'ektlardan iborat bo`lishi mumkin.
Qadam- baqadam o`tish effekti perspektiva illyuziyasini hosilqilishi uchun yoki neon
reklamasining tashqi ko`rinishini imitatsiyalash uchun ishlatiladi.
Qadam- baqadam o`tish effektini qo`llash natijasida hosilqilingan grafik ob'ektlar
utish guruhi deyiladi.Bunda guruh uch qismdan iborat: ikkita boshqaruvchi ob'ekt
(boshi va oxiri) va oraliqdagi ob'ektlar guruhi.
O`tish guruhidagi barcha ob'ektlar bir-biri bilan dinamik ravishda bog`langan. Buning
ma'nosi Shundan iboratki, agar guruhdagi boshqaruvchi ob'ektni olib hujjat
varag`ining boshqa joiga o`tkazsak qolgan ob'ektlar ham
avtomatik ravishda birinchi
ob'ektning izidan boradi.
Qadam- baqadam o`tish effektini Interactive Blend (kadam- baqadam o`tishni
interaktiv tuzish) instrumenti yordamida qo`llaniladi.Neon reklamasi effekti esa ikkita
turli ob'ektlarning chiziqlari yoki konturlari orasida hosilqilinadi. Bu effekt orqali turli
reklamalarni bezashda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: