Yorug‘lik parametrlarini o‘rnatish uchun quyidagi amallarni bajaring.
1.General Parameters (umumiy parametrlar) bo‘lagida yorug‘lik
parametrlarini moslang:
• Multiplier (kuchaytirish) yorug‘lik kuchining umumiy darajasini moslash
imkonini beradi.
• Contrast (kontrast) yorug‘likdagi rang va soyadagi rang maydonlari orasidagi
yoritilgan yuzaga kontrast beradi. Dastlab holatda uning qiymati C ga teng bo‘ladi.
• Soften Diff. Edge ( yorug‘lik chetini yuvish) yorug‘lik va soya oralig‘idagi
maydonni yuvish. Qiymat 100 ga teng bo‘lsa, oraliqdagi keskin chegara yo‘q
bo‘ladi, biroq bu holatda yuzadagi yorug’lik kuchi pasayadi.
• Affect Diffuse (yorug‘lik rangiga ta’sir qilish) va Affect Specular (aks rangiga
ta’sir qilish). Dastlab ikkala parametr ham o‘rnashgan bo‘ladi, biroq maydonini
asosiy yoritish uchun bitta yorug’lik manbaini qo‘yish, aks yoritish uchun ikkinchi
yorug’lik manbaini qo‘yish kerak.
2. Attenuation (kamayish) bo‘lagida quyidagi kamayish effektlarining
parametrlarini moslang:
• Start (boshlanishi) va End (tugashi) parametlari yaqin maydonda yorug‘lik kuchi
0 dan doimiy kattaligi (Near guruhi ko‘rsatkichi) gacha o‘sib borishi, uzoq
maydonda yorug‘lik kuchini 0 (Far guruh ko‘rsatkichlari)
gacha tushub borishini
ta’minlaydi
• User (qo‘llash) va Show (ko‘rsatish) kamayish effektini yoqish va
kamayish
maydonining chegaralarini belgilash imkonini beradi;
• Decay: None (kamayish, yo‘q qilish) — yorug‘lik kuchi barcha oraliqlarda
doimiy bo‘lib qoladi;
• Decay: Inverse (susayish: teskari proporsiya) — yorug‘lik manbaidan
uzoqlashgan sari teskari proporsiya
susayadi;
• Decay: Inverse Square (susayish: teskari kvadrat) — yorug‘lik manbaidan
uzoqlashgan sari kvadrat teskari proporsiyada susayadi;
3. Soya parametrlarini moslang. Siz ularni Shadow Parameters (
soyalar
prametrlari) bo‘lagidan topasiz:
• Cast Shadows (soya tashlash) belgilangan yorug‘lik manbaidan soya
paydo qilish
rejimini yoqadi; • Use Shadow Maps (soyalar kartasidan foydalanish) soyalar
sahna yuzasiga ob’yekt proyeksiyasiday tushadi.
4. Perspective (Perspektiva) oynasiga ChSni bosing.
Siz sahnada bitta yorug‘lik manbaini o‘rnatdingiz. Ikkinchi yorug‘lik
manbaini oynaning o‘ng tomoni pastki burchagiga qo‘ying va
uni xuddi shunday
tartibda moslang. Yorug‘likni modellashtirishni yana ham batafsiliroq ko‘rib
chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: