Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Buyruqlarni o‘rganish asosida to‘r cho‘qqilarini muharrirlash



Yüklə 8,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/139
tarix30.09.2023
ölçüsü8,06 Mb.
#150807
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   139
Kompyuter grafikasi va dizayn Xolmirzayev Olmasbek Rasuljonovich

Buyruqlarni o‘rganish asosida to‘r cho‘qqilarini muharrirlash
dan foydalanib, 
sferadan ayiq kallasini yasab ko‘ramiz (7.8 rasm).
1. Edit (Muharrirlash) menyusida Select All (Hammasini belgilash) buyrug‘ini 
tanlab, klavishini bosing.
2. Perspective (Perspektiva) proyeksiya oynasini bosib, ChS ni proyeksiya 
oynasini boshqarish panelidagi Min/Max Toggle (Yoyish/Tiklash) tugmasi 
yordamida perspektivani to‘la ekranga oching.
3. Create (Yaratish) buyruqlar panelida Geometry (Geometriya) tugmasini bosing, 
ro‘yxatda Standard Primitives (Standart primitivlar) variantni tanlab, Sphere 
(Sfera) tugmasini bosing.
4. Aniq yasash uchun Parameters (Parametrlar) to‘plamdagi Segments 
(Segmentlar) hisoblagich qiymatini 56 ga ko‘taring.
5. Sferani yasang.


6. Modify (O‘zgartirish) buyruqlar paneliga o‘ting, ChS ni Edit Mesh (To‘rni 
muharrirlash) tugmasiga bosing va Selection (Tanlash) to‘plamida “cho’qqilar” 
piktogrammasini tanlang. Sfera muharrirlanuvchi to‘r shakliga o‘tkazildi.
Sfera cho‘qqilari hojlar bilan belgilangan. Ob’yekt cho‘qqilarni muharrirlashga 
tayyor. 
7.8 rasm. Sfera shaklini cho‘qqilar muharriri yordamida o‘zgartirish misol 


№-_15_-Mavzu:
3 DS Max dasturida uskunalar majmuasi bilan ishlash 
Reja: 
4.
Yorug‘lik manbaini yaratish
5.
Yorug‘lik parametrlarini o‘rnatish
6.
Kamera o‘rnatish
Yorug‘lik manbaini yaratish
Yaratilgan ob’yektga materialni berganimizdan keyin, uni sifatli qilib 
namoyish qilish uchun yorug‘lik manbaini qo‘shish talab qilinadi. Yorug‘likni 
modellashtirish –tasvirni yaratish jarayonidagi eng murakkab ishlardan biri. 
Ayniqsa Interyer ustida ish olib borayotganda, bu juda muhim. 
To, yorug‘lik manbai yaratilmagunicha, dasturning o‘z yoritkich-lari sahnani 
yoritib turadi. Ulardan biri sahnaning tepada chap burchakda joylashgan, ikkinchisi 
– pastda o‘ng burchakda joylashgan. Har qanday yorug‘lik manbai yaratilganidan 
keyin, ular o‘z-o‘zidan o’chib ketadi. 
1. Creat (yaratish) panelidagi, Lights (yorug‘lik manbai) tugmasini ChS 
bilan bosing. 
Ochilib tushuvchi ro‘yxatda faqat bitta variant mavjud – Standard (Standart). 
Object Type (ob’yekt turi) da har xil turdagi yorug‘lik manbalarining tugmalari 
paydo bo‘ladi (1.14 rasm). 
1.14 rasm. Yorug‘lik manbai turlari tugmalari bilan.
2. Omni (nuqtadan) tugmasini ChS bilan bosing. Buyruqlar panelining pastki 
qismida uchta bo‘lak paydo bo‘ladi: General Parameters (umumiy parametrlar), 
Projector Parameters (yo‘naltirilgan yorug‘lik parametrlari) va Shadow Parameters 
(soya parametrlari). Ikkinchi bo‘lakning nomiga yorug‘lik manbalarinig turlari 
qo‘shiladi. General Parameters (umumiy parametrlar) va Shadow Parameters (soya 
parametrlari) barcha yorug‘lik manbalari uchun bir xil. 
3. Ekranning tepa qismida Tor (tepa) proyeksiyasiga ChS bilan bosing. 
Ko‘rsatilgan joyda yorug‘lik manbaining kichkina sakkiz qirrali ramzi paydo 
bo‘ladi (1.15rasm). Proyeksiyalar oynasida ob’yektlarni yoritilishini o‘zgarishini 
kuzatgan holda, yorug‘lik manbaini boshqa nuqtaga surib o‘tkazish mumkin, 
shunday qilib yoritish nuqtasining eng qulay holatini tanlash mumkin. 
1.15 rasm. Barcha tarafga (nuqtadan) tarqaluvchi yorug‘lik manbai.

Yüklə 8,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin