№-_2_-Mavzu:
Kompyuter grafikasida rang modelari bilan ishlash
Reja:
5.
Rang modellari
6.
RGB modeli
7.
CMYK modeli
8.
HSB (HSV) modeli
Rang modellari
Кompyuter grafikasida rang juda muhim – kuzatuv, taassurotni kuchaytirish
va tasvirni axborotga boyitish rolini o’ynaydi. Biz ko’rayotgan yoritilgan
buyumdan qaytgan yoruq’lik ko’z qorachiq’i orqali ko’zimizga o’tadi va ko’z
ichidagi asab hujayralarini qo’zq’atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya
bilan boq’langanligi tufayli ko’z yoruq’ligi miyaga o’tadi va ongimizda buyumni
ko’rish tuyq’usi paydo bo’ladi. Biz buyumni ko’ramiz. Atrof muhitni bunday
ko’rish qobiliyati ko’rish deb, ko’rish a’zosi esa ko’z deb ataladi.
Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko’p ma’lumot olamiz.
Bu ma’lumotlarning 90% ni ko’rish orqali qabul qilamiz. Yoruq’lik oqimi bu
ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi.
Bizning ko’zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali boq’langan.
Agar ko’zning to’zilishini
fotoapparat
, kinoga olish apparati va televizion kamera
kabi hozirgi zamon optikaviy apparatlarining to’zilishi bilan taqqoslasak ular
orasida o’xshashlik borliqini sezishimiz mumkin.
Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo’lmagan ranglar asosiy
ranglar deyiladi. Qizil, yashil va ko’k ranglar – asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni
bir hil aralashtirsak oq hosil bo’ladi.
RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko’k birlamchi
ranglarning bosh xarflaridan olingan bo’lib, ushbu ranglarning turli
proporsiyalarda aralashtirish natijasida ko’rinuvchi spektrning turli hil boshqa
ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy
(cyan), pushti (magenta) va sariq (yellow) ranglar xosil bo’ladi.
RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari
mumkin. R=255, G=255, B=255 bo’lganda oq rang, R=0, G=0, B=0 bo’lganda esa
qora rang xosil qilishimiz mumkin.
CMYK modeli bo’yoqlarning nurni yo’tish qobiliyatiga asoslangan. Oq
rangning nur o’tuvchi bo’yoqdan o’tishida spektrning bir qismi yutiladi.
Yutilmagan nur qaytadi va odam ko’ziga tushadi.
Ranglar moviy (Cyan), pushti (Magenta) va sariq (Yellow) ranglar
aralashmasidan paydo bo’ladi. Ularning to’liq aralashmasidan qora (blacK) rang
xosil bo’ladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul
qilishlari mumkin.
HSB (HSV) modeli. Model nomi o’nga asos bo’lgan uch komponentning
bosh xarflaridan olingan: Hue - rang toni; Saturation - to’yinganlik; Brightness -
yorqinlik. Model odam ko’zining rangni xis qilish qobiliyatiga asoslangan.
Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapszondagi burchak kattaligi bilan tavsiflanadi.
To’yinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik darajasidir. U kul rangning
boshqa rangga nisbati bilan aniqlanadi (0% – kul rang, 100% – to’la to’yingan
rang).
Rangning yorqinligi 0 dan 100 gacha o’zgarishi mumkin.
|