2. Chamfer Box (faskalik parallelepiped) tugmasiga, ChS bilan bosamiz. Buyruqlar
panelining pastki qismida uchta bo‘lak paydo bo‘ladi: Creation Method (qurish
usuli), Keyboard Entry (Klaviaturadan kiritish) va Parameters (Parametrlar).
3. Perspective (Perspektiva) proyeksiya oynasiga ChS
bilan bosamiz va tugmani
qo‘yib yubormasdan kursorni diagonal bo‘yicha surib, asosini cho‘zamiz.
Parameters (Parametrlar) bo‘lagida, Length (uzunlik) va Width (kenglik)
o‘lchamlarining o‘zgarishini kuzatib boramiz.
4. Asosning uzunlik va kengligini belgilash uchun sichqonning tugmasini qo‘yib
yuboramiz.
5. Parallelepiped balandligini berish uchun qo‘yib yuborilgan kursorni tepaga yoki
pastga suramiz. Parametrlar bo‘lagidan Height (balandlik) parametr qiymatini
kuzatib boramiz.
6. Balandlikni belgilagandan keyin ChS tugmani bosamiz. Balandlik qayd
qilingandan keyin kursorni bir oz
chetga surib, ChSni yana birmarta bosamiz.
Shunda 45o qiyalikda parallelepiped qirralarida faskalar paydo bo‘ladi.
Faska balandligi Fillet (Faska) parametri yordamida berilsa ham bo‘ladi.
7. Smooth (Silliqlash) faska sirtini silliqlash rejimini yoqing. Natijada qurilgan
parallelepiped 1.3 rasm shakldagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Biz
joriy holatda
segmentlar miqdori 1 teng prallelepipedga ega bo‘ldik.
Segmentlar sonini o’zgartirish uchun, Lengt Segs (uzunlik bo‘yicha
segmentlar) va Width Segs (kenglik bo‘yicha segmentlar) parametrlarini moslash
kerak. Segmentlar sonini oshirish uchun, ob'yektning to‘rli yuzasini tahrirlashni
amalga oshirish zarur. Faskadagi Segmentlar sonini Fillet Segs (faska bo‘yicha
segmentlar) o‘zgartiruvchisi yordamida amalga oshirsa bo‘ladi.
1.3 rasm. Faskali parallelepiped.
Dostları ilə paylaş: