Toroidal tugun
1. Create (yaratish) panelidagi Geometry (Geometriya) tugmasini bosib,
ro‘yxatdagi Extended Primitives (muharrirlangan primitivlar) variantini tanlang va
Torus Knot (Toroidal tugun) tugmasini bosing. Shu ketmaketliklarni bajarib,
trubaning ko‘ndalang kesimida shaklini va o‘lchamlarini o‘zgartirib, har xil
ob’yektlarni qurish mumkin.
2. Torsimon birikmani qurish uchun Creation Metod (yaratish usuli) bo‘limida
o‘chirib-yoquvchini Diameter (Diametr) holatiga o‘tkazib, diametr bo‘yicha
cho‘zamiz. Toroidal tugun radius bo‘yicha qurish uchun, o‘chiribyoquvchini
Radius (Radius) holatiga o‘tkazish kerak.
3. Bazaviy egri chiziq aylana shaklida bo‘lishi uchun, Base Curve (Bazaviy aylana)
bo‘limidagi Circle (aylana), o‘chirib-yoquvchiga belgi qo‘yamiz.
4. Warp Count (Siniq chiziqlar soni) parametridagi qiymat 3 ga teng va Warp
Heigh (balandlik bo‘yicha siniq chiziqlar) parametridagi qiymat 0,8 ga teng
bo‘lsin. Bu qiymatlarning kattaligi bazaviy egri chiziq radiusi bo‘laklarida beriladi.
5. Birikmaning boshlanishini chizish uchun Perspective (Perspektiva) proyeksiyasi
oynasining istalgan nuqtasiga sichqonning chap tugmasini bosing, bazaviy egri
chiziqni cho‘zish uchun kursorni suring. Aylana radiusini biror qiymatda to‘xtatish
uchun ChS ni qo‘yib yuboring, kursorni markazga yoki markazdan ixtiyoriy
masofaga surib, CHS ni bosing. Shu bilan tugun trubasining ko‘ndalang qirqim
radiusi beriladi. Base Curve (Bazoviy egri chiziq) bo‘limida Radius (Radius)
parametri kattaligi bazaviy egri chiziq aylanasining radiusini o‘zgartiradi. Cross
Section (kesim) bo‘limidagi Radius (Radius) parametri, tugun trubkasining
ko‘ndalang qirqim radiusi o‘zgartiriladi. 6. Tugun trubkasining ko‘ndalang
qirqimidagi aylanani ellips shakliga o‘zgartirish. Buning uchun Cross Section
bo‘limidagi Ellipsning katta va kichik yarim o‘qlarini boshqaruvchi Eccentricity
(Ekssentrisitet) qiymatini moslash kerak (1.5 rasm). Qurilgan toroidal tugun 1.6
rasmda ko‘rsatilgan shaklga ega bo‘ladi. Bazaviy egri chiziq uch o‘lchamli tugun
shakliga ega bo‘lishi uchun, Base Curve (Bazaviy egri chiziq) bo‘limidagi, Knot
(tugun) o‘chirib-yoquvchini o‘rnating.
1.5 rasm. Toroidal tugun qirqimidagi parametrlarining jadvali
7. Boshqa konfiguratsiya parametrlari bilan yana bitta tugun quramiz. Knot (tugun)
o‘chirib-yoquvchidagi parametrlar qiymatini R==2, Q=3 teng qilamiz. Hosil
bo‘lgan tugun 1.7 rasmda ko‘rsatilgan.
R va Q parametrlari tugun trubkasini o‘ramlar soni, markazi va davom
etuvchi o‘qi bo‘yicha boshqarish imkoniyatini beradi.
Twist (burash), Lump Height (bo‘rtishlar balandligi) va Lump Offset
(bo‘rtish fazasi) parametrlarini o‘zgartirib, tugunlar shaklini har xil qilish mumkin.
Lump Height (bo‘rtishlar balandligi) parametri tugun trubasining qirqim radiusini
bo‘laklarini belgilashda ishlatiladi, Lump Offset (Faza vistupa) esa, tor aylanasida
bo‘rtib chiqish holatini keltiradi. 1.8 rasmda shu parametrlar tor shakliga ta’siri
natijasi namoyish qilingan.
1.6 rasm. Toroidal tugun
1.7 rasm Toroidal tugun R=2 va Q=3 teng bo‘lganda
1.8 rasm. Parametrlar yordamida Toroidal tugun o‘zgartirilganligi.
№-_10_-Mavzu:
3DS Max uch o‘lchamli dasturning interfeysi va uning
tarkibida ishlash
Reja:
4.
Asosiy asboblar paneli
5.
Yangi panel yaratish
6.
Proyeksiya oynalari
Dostları ilə paylaş: |