Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


-Mavzu: Chilangarlik asboblarini sozlash



Yüklə 6,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/50
tarix28.11.2023
ölçüsü6,53 Mb.
#167487
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
ЧИЛАНГАРЛИК ИШИ

10-Mavzu: Chilangarlik asboblarini sozlash 
Reja: 
1.Chilangarlik ishlari bilan tanishish. 
2.Chilangarlik asboblarini sozlash. 
3.Texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari. 
4. Elektr xavfsizlik qoidalari
Fanni o‘qilishidan maqsad – talabani qo‘l mexnati va metall qirquvchi 
dastgohlardan foydalangan holda metalldan chilangarlik ishlari uchun zarur 
bo‘lgan asboblar yasash, slesarlik ishlari bilan tanishish va ko‘nikma olishdir. 
Fanning vazifasi - talabani ushbu fan bo‘yicha olgan amaliy bilimlarini kurs 
loyihasi va bitiruv ishlarini bajarish bilan real sharoitga qo‘llash bo‘yicha amaliy 
malaka va ko‘nikmalar hosil qilishdir. 
Chilangarlik ustaxonasida: 

Ishlab chiqarish xonalrining pollari, devorlari, shiplari tuzuk, xonalar 
yetarli darajada yorug‘, normal harorat va yaxshi ventilyatsiyaga ega bo‘lishi kerak. 

Ish o‘rinlari orasidagi o‘tish joylarining o‘lchamlariga rioya qilish kerak. 

Ish 
o‘rinlarida 
ortiqcha 
narsalar, 
zagotovkalar, 
metall 
bo‘laklari 
bo‘lmasligi kerak. Barcha jihozlarni ishga yaroqli 
holatda 
saqlash, 
mashinalarning qo‘zg‘aluvchan qismlarini to‘sib qo‘yish lozim. 
Ish o‘rinlarida: 

Dastgoh pishiq va turg‘un bo‘lishi kerak. uning liqillab turishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 

Deformatsiyalanmaydigan, ish va zarb tushadigan qismida uchgan joylari
darzlar bo‘lmagan, ishga yaroqli qurol bilangina ishlash mumkin. 

O‘tkir quyruqli rollar, (egov, shaber va otvyorkalar) ning dastalari puxta 
o‘rnatilgan bo‘lishi, dasta siniqva darzlar bo‘lmasligi, uning sirti silliq va halqali 
bo‘lishi lozim. Bolg‘alarning dastasi tollari bo‘ylama yo‘nalgan nuqsonsiz sifatli 
bo‘lishi kerak. bolg‘a dastasini pishiq o‘rnatib, pona qoqib qo‘yish kerak. 

Gayka kalitlarining o‘lchamlari gayka va boltlarining kalit tushadigan 
o‘lchamlari mos bo‘lishi lozim. 
Og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashishda: 

Barcha ko‘tarish mexanizmlarida puxta tormoz qurilmalari bo‘lishi, 
ko‘tariladigayukning og‘irligi mexanizmning yuk ko‘tara olishi imkonidan 
oshmasligi kerak. 

Yuklarni puxta po‘lat arqonlar yoki zanjirlar bilan yaxshilab boylab qo‘yish 
kerak. 

Ish tugagandan so‘ng yukni osilgan holatda tashlab ketish mumkin emas. 

Ko‘tarilgan yuk ostida turish va uning ostidan o‘tish man qilinadi. 

Qo‘lda tashiladigan yukning eng yuqori normasi: erkaklar uchun 80 kg, 
xotinlar uchun 20 kg, 16-18 yoshdagi o‘smirlar uchun-16,4 kg, shu yoshdagi qizlar 
uchun 10,25 kg. 


125 
1. Ish joyida bajariladigan xavfsizlik texnikasi qoidalari

1.1 
Korxomani (kombenizon, xalat, bosh kiyim) kiyib olinadi. Korjomani 
barcha tugmalari taqib yoki bog‘lagichlari bog‘lab olinadi. Soch bosh kiyimini 
ostiga yig‘ishtirib olinadi. Kiyim boshning osilib turgan ab turgan qismlari 
bo‘lmasligi kerak. 
1.2 Dastgoh salt (xolostoy) yurgizilib, uning harakatlanuvchi qismlarining ravon 
harakatlanishi tekshirib ko‘riladi.
1.3 
Dastgoh korpusining va elektrodvigatelining yerga ulanish moslamasining 
sozligi tekshirib ko‘riladi. 
1.4 
Tezliklar va uzatmalar qutisidagi richaglar va limblarni sozligi, ihota va 
ehtiyot qismlari, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligini, knopka, rubilg‘nik, 
yurgizib yuborgichlarni ishlashini tekshirib ko‘riladi. 
1.5 
Ishga halaqit beradigan barcha narsalar chetga olib qo‘yiladi. 
1.6 
Qirindi uchun cho‘tka-supurgi va kurakcha oyoq ostiga qo‘yiladigan taglik 
(trap) borligi tekshirib ko‘riladi. 
1.7 
Qilinadiga ishlar to‘g‘risida o‘qituvchining yoki o‘quv ustasining 
ko‘rsatmalarini diqqat bilan tinglanadi. 
2. Metall qirqish dastgohlarida ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari: 
2.1. Ish o‘rnini qirindi, moydan o‘z vaqtida tozalab turiladi. 
2.2 Dastgohda ustida detallar, tayyorlamalar, asboblar, mahkamlash detallari 
hamda artish materiallari turmasligi kerak. 
2.3 
Patronga, tiskiga va moslamalarga tayyorlama to‘g‘ri o‘rnatilishi va puxta 
mustahkamlanishi lozim. 
2.4 
Ishlov berilayotgan tayyorlamani qo‘l bilan tutib turish mumkin emas. 
2.5 
Patronga tayyorlama yoki asbob mahkamlangandan keyin buragichni 
patronda qoldirmaslik kerak. 
2.6 
Aylanib turgan shpindel, patron, tayyorlama yoki asbobni qo‘l bilan 
to‘xtatish yaramaydi. 
2.7 
Materiallarga ishlov berishda himoya ko‘zoynagi taqib olish yoki organik 
shishadan yasalgan himoya to‘sig‘i o‘rnatish zarur. 
2.8 
SHpindelning aylanish tezligi belgilangan mehyorga yetganidan keyingina 
kesuvchi asbobni tayyorlamaga asta sekin keltirish kerak. 
2.9 
Kesuvchi asbob singanda, mahkamlash detallari bo‘shab qolganda va boshqa 
nuqsonlar payqalganda dastgoh darxol to‘xtatilishi lozim. 
3.Ish tugagandagi xavfsizlik texnikasi qoidalari: 
3.1 
Dastgoh elektr tarmog‘idan o‘chiriladi. 
3.2 
Ilmoq va cho‘tka yordamida dastgoh qirindidan tozalanadi. 
3.3 
Dastgohning ishqalanuvchi bazalari artib tozalanadi va ularga yupqa qilib 
moy surtiladi. 
3.4 
Asboblar, moslamalar va kerakli asboblar tozalanadi va shkafdagi joy- 
joyiga qo‘yiladi. 
3.5 
Qirindi va ishlatib bo‘lingan artish metariallari maxsus yashiklarga solib 
qo‘yiladi.
 


126 
Slesarlik ishlari to‘g‘risida asosiy tushunchalar. 
Chilangarlik ish o‘rni barcha turdagi operatsiyalarni bajarishga yordam 
beradigan moslamalar bilan jihozlangan ish stoli (dastgoh)dan iborat bo‘lib, u bir 
o‘rinli, ikki o‘rinli va ko‘p o‘rinli bo‘lishi mumkin.Bu narsa ularga o‘rnatilgan 
tiskilarning soniga qarab aniqlanadi. 
Chilangarlik dastgohining ustki qismi qalin yog‘och taxtalardan tayyorlanib, 
bajariladigan ish turiga qarab tunuka, linoleum yoki faner bilan qoplanadi. Uning 
oyoqlari yog‘ochdan yoki metalldan tayyorlanishi mumkin. Dastgoh mustahkam, 
turli operatsiyalarni bajarishda qimirlamasdan, turg‘un turishi kerak. Buning uchun 
ularni massiv (zalvarli), tayanch yuzalarini katta qilib tayyorlash lozim. 
Dastgohlarning massivligi ularning ish taxtasi va oyoqlarining o‘lchamiga bog‘liq. 
Ish vaqtida ular titramasligi uchun bir o‘rinli dastgohlar o‘rnida ikki o‘rinli yoki 
ko‘p o‘rinlilaridan foydalanish maqsadga muvofiq degan fikr tug‘ilishi mumkin. 
Bunda bir o‘rinli dastgohning ko‘p o‘rinlisiga qaraganda ayrim qulaylik larga
afzalliklarga ega ekanligini unutmaslik kerak. 
Ko‘p o‘rinli dastgohlarda o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida turli 
prosesslarni bajarish vaqtida bir-birilariga halal beradilar. Bir o‘rinli dastgohlarda 
esa bu hol ro‘y bermaydi. Yuqorida aytilganlarni ye’tiborga olib, ustaxona maydoni 
yetarli bo‘lgan taqdirda bir o‘rinli dastgohlardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Standart o‘lchamdagi chilangarlik dastgohlar yetishmagan yoki 
bo‘lmagan taqdirda ish o‘rinlari sonining yetarli bo‘lishini ta’minlash maqsadida 
duradgorlik o‘quv ustaxonasida tayyorlash mumkin bo‘lgan yasama dastgohlar 
joylashtirish mumkin. Bularni tayyorlash uchun qalin va pishiq yog‘och taxta 
material bo‘lsa kifoya. Dastgohlarning ustki qismi va tiskilar qora lak, qolgan 
qismlari biron boshqa tusdagi bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi va ma’lum muddatlarda 
qarov berib turiladi. Ko‘p o‘rinli dastgoxlarning kamchiligi shundaki, unda aniq 
ishlarni (egovlash, shaberlash, rejalash) bajarayotgan o‘quvchi ayni vaqtda dag‘al 
ishlarni (parchinlash, kesish) uddalayotgan sherigiga halakit berishi mumkin. 
Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan tisklari. Chilangarlikda metallarni 
sovuqlayin ishlashda materiallarni tez va puxta mahkamlash (qotirish) 
imkonini beradigan tutqich moslamalardan biri — tiskilardan foydalaniladi. 
Chilangarlik tiskilari zagotovkalarning turi va o‘lchamlariga, ularga ishlov berish 
usullariga, tayyorlanadigan buyum yoki detalning shakl va o‘lchamlariga qarab har 
xil bo‘ladi. Parallel tiskilar. Bu tiskilarning parallel deb atalishiga sabab shuki, 
ularning qo‘zg‘aluvchi lari qo‘zg‘almas jag‘lariga nisbatan parallel ravishda 
siljiydi. Parallel tiskilar burilma, burilmas va strubsiiali tiskilarga bo‘linadi. 
Parallel to‘g‘ri jag‘lari kul rang cho‘yandan quyilgan bo‘lib, ularga detal yoki 
zagotovkalarii siljitmasdan maxkam tutib turish imkonini beradigan taram-taram 
kertmakli toblangan po‘lat qistirmalar o‘rnatiladi. Tayyor detal va buyumlarni 
pardozlashda po‘lat qistirmalarning kertmaklari buyum sirtida iz qoldirmasligi
sirtning sifatini buzib qo‘ymasligini ta’minlash uchun tiski jag‘lariga alyuminiy, 
mis, jiz kabi yumshoq materiallardan tayyorlangan qo‘shimcha qistirma 
plastinkalar qoplanadi. 


127 
Nazorat savollari: 
1.Chilangarlik ishlari bilan tanishish. 
2.Chilangarlik asboblarini sozlash. 
3.Texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari. 
4. Elektr xavfsizlik qoidalari 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
“Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovic 2016 
2.“Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov «Voris nashriyot» 2007.
3. Dolgix A. I, «Slesarnoye delo»: «Nauchnaya kniga» 2013g. 620 s 2004. - 320 s
Internet sayt 

Yüklə 6,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin