9-Mavzu: Parchinlash. Kavsharlash va yelimlab biriktirish
Reja:
1. Parchinlash
2. Kavsharlash.
3. Yelimlab biriktirish
Ikki yoki undan ortiq detallarni parchin mixlar bilan biriktirish parchinlash
deb ataladi. Bu turdagi birikmalarni ajratishga ehtiyoj tug‘ilsa, parchin mixlarni
sindirib detallarni bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Parchin mixli biriktirish usuli metall
konstrutsiya, balkalar yasashda, kemasozlik, samolyotsozlikda hamda ko‘prik va
fermalar qurishda keng qo‘llaniladi.
Parchinlash quyidagi jarayonlardan iborat:
parchinlab biriktiriladigan detallarni teshish yoki parmalash;
teshiklardan parchin mix kallagiga moslab rax hosil qilish;
yashirin kallaklari uchun zenkovkalash usuli bilan konus sirt yasash;
teshikka parchin mixlarni qo‘yish;
parchin mixning biriktirilgan detaldan chiqib turgan uchini pachoqlab unga
shakl berish.
Parchinlash ikki usulda-qizdirish va sovuq usulda bajarilishi mumkin.
Chilangarlik ishlarida parchinlashning faqat sovuq usulidan foydalaniladi. Qizdirish
usuli maxsus tsehlarda qo‘llaniladi. Bunda parchin mixni 1000
-1100
S da qizdirib
teshikka tiqiladi. Parchin mix sovugandan keyin biriktiriladigan metallar tortiladi.
Mixning uchida qattiq zarb berish yoki presslash yordamida kallak hosil qilinishi
mumkin.
Qo‘llaniladigan asbob, jihoz hamda parchin mixga beriladigan zarba yoki
bosim turlariga ko‘ra parchin mixlar uch turga bo‘linadi:
dastakli asboblar zarbasi uchun;
pnevmatik bolg‘alar zarbasi uchun;
press usuli uchun parchin mixlar;
Parchin mixlar hisobiga detalning og‘irlashuvi, zarb ta’sirida teshiklarda
parchin mixlarning bo‘shashib qolishi, detallarni biriktirishda operatsiyalarni
zenkovkalash, ishlashda ortiqcha shovqin va tebranishlarning odam organizmiga
salbiy ta’siri detallarni parchinlab biriktirishning kamchiliklari hisoblanadi. Shuning
uchun ham parchinlash usulini takomillashtirish bilan birga ishlab chiqarishda
yig‘ish-biriktirishning maqbul usuli bo‘lgan elektr-gaz payvandlari keng
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, issiqqa chidamli yelimlar (VK 32-200, VK 32-250,
IP-9) bilan detallarni yopishtirib birikmalar hosil qilinadi.
Parchinlash turlari. Parchin mix kallakli metall chiviq bo‘lib, uning yarim
yumaloq baland kallakli (chiviq diametri 1-36 mm gacha, uzunligi 2-180 mm
gacha), yarim yumaloq past kallakli (
4-80 mm gacha), yassi kallakli (
2-36 mm,
uzunligi 4-180 mm), yashirin kallakli (
1-36 mm,
uzunligi 2-180 mm), yarim yashirin kallakli (
2-
36 mm, uzunligi 3-210 mm) turlari bor rasmda (a,
b, v, g, d).Parchin mixlar po‘lat (St2, St3), mis
111
(M3, MT), jez (L63), alyumin qotishmalaridan (AM5P, D18, AD1).
Zanglamaydigan (X18N9T) yoki legirlangan (09G2) po‘latdan yasaladi.
Odatda, parchin mixlar parchinlanadigan metallar rusumida tayyorlanadi. Aks holda
parchin zanglash va birikkan joyidan yemirilishi mumkin. Ba’zan maxsus turdagi
portlaydigan parchin (AN-1504) mixlardan foydalaniladi.
Portlaydigan parchin mixlarning uchidagi chuqurchaga portlovchi modda
to‘ldirilib, atmosfera namliklaridan himoyalab berkitilgan. Bunday mixlarning
uzunligi 6 mm dan 20 mm gacha, parchinlanadigan paketning qalinligi 1,6-25 dan
14,1-15 mm gacha. Parchinlashda mixni teshikka bolg‘a zarbasi bilan cho‘ktiriladi
(sovuq holda), keyin kallagiga elektr isitgichning uchini 2-3 sekundga qo‘yiladi,
harorati 130
-160
S ga yetgan zaryad portlaydi, natijada, chiviqning uchi kengayadi
va qalpoq hosil bo‘ladi.
Parchinlash choklarining turlari. Detallarning parchin mixlar bilan birikkan joyi
parchinlash choki deb ataladi. Parchin mixli birikmaning turi va qo‘llanilishiga
ko‘ra, ular uchta-pishiq, zich va pishiq-ziq xillarga bo‘linadi.
Pishiq choklarni mustahkam birikmalarda qo‘llaniladi. Mustahkamlikka
erishish uchun buyumning bir necha joyidan qatorlab parchinlash kerak. Bu usul
balka, kolonna, ko‘prik va boshqa metall konstruktsiyalarni parchinlashda
qo‘llaniladi.
Zich choklar germetik konstruktsiyalarda sovuq holda parchinlash usulida
bajariladi. Konstruktsiyada germetiklikni ta’minlash uchun turli-tuman qistirma
materiallaridan (olif yoki surik shimdirilgan karton, gazlama) foydalaniladi, bunday
choklar rezervuarlar, yuqori bosim talab qilmaydilar tsesternalar va shunga o‘xshash
buyumlarni tayyorlashda qo‘llaniladi.
Pishiq-zich choklar yetarli darajada germetik bo‘ladi, suv, gaz va boshqa
suyuqliklarni o‘tkazmaydi. Bug‘ qozonlari, yuqori bosimli rezervuarlar pishiq-zich
choklarga ega. Bunday choklar maxsus parchinlash mashinalari yordamida qizdirish
usuli bilan bajariladi.
Har bir parchin birikmada parchin mixlar bir, ikki qator va undan ortiq holda
joylashtiriladi. Shunga muvofiq, parchin choklar bir, ikki hamda ko‘p qatorli
bo‘lishi bilan birga parallel va shaxmat tartibida joylashtirilishi mumkin.
Qo‘lda va mexanizatsiyalash vositasida parchinlash
Qo‘lda parchinlash. Qo‘l bilan parchinlashda kvadrat muhrali bolg‘a, tutib
turgich, tortqi, siqqich, chekanlar ishlatiladi.
Tutib turgich parchinlashda tayanch vazifasini bajaradi. Uning shakl va
o‘lchamlari parchinlanadigan detallarning shakli, parchin mixning diametri hamda
parchinlash usuliga qarab tanlanadi. Og‘irligi bolg‘acha og‘irligidan 3-5 marta ortiq
bo‘lishi kerak.
Siqqich mixlarning uchlarida qalpoq shaklini hosil qilish uchun ishlatiladi.
Uning bir uchi parchin mix qalpog‘i shaklidagi chuqurchaga ega.
Tortqi bir uchi teshik sumba shaklidagi chiviqdir. U parchinlanadigan listlarni
tortishga xizmat qiladi.
Chekan ishchi sirti yassi bo‘lgan chilangarlik bolg‘asidir, u parchin chokning
germetikligini ta’minlaydi.
112
Quyida bolg‘ani parchin mixning diametriga muvofiq tanlanishi ko‘rsatilgan:
Parchin mix
diametri, mm
2
2,5
3
3,5
4
5
6-8
Bolg‘a og‘irligi,
gr
100
100
200
200
400
400
500
Parchin mixlar diametri va uzunligini hisobga olib tanlanadi. Chiviq uzunligi
parchinlanadigan materialning qalinligiga muvofiq bo‘lishi kerak. Parchin mix
uzunligi (L) parchinlanadigan detallarning qalinligi (R
1
va R
2
) hamda chiviqning
tutashtiruvchi kallak hosil qilish va tirqishni to‘ldirish uchun chiqib turadigan qismi
uzunligi (L
0
) ning yig‘indisidan iborat.
Tutatshtiruvchi kallak hosil qiluvchi parchin mix chivig‘ining uzunligi
L=S
(0,8-1,2)d formula bilan aniqlanadi.
Bu yerda: S-parchinlanadigan list qalinligi, mm: d-parchin mix diametri, mm.
Yarim yumaloq tutashtiruvchi kallak hosil qilish uchun
L=S
(1,2-1,5)d formulasidan foydalaniladi.
Parchin markazidan parchinlangan list qirg‘og‘igacha 1,5d bo‘lishi kerak.
Teshikning diametri parchin mix diametridan kattaroq bo‘ladi:
Parchin mix diametri,
mm
2
2,3
2,6
3
3,5
4
5
6
7
8
Teshik diametri, mm
2,1
2,4
2,7
3,1
3,6
4,1
5,2
6,2 7,2 8,2
Parchinlash turlari va usullari. Qo‘l bilan parchinlashning ikki turi bor: bir
tomonlama va ikki tomonlama. Agar parchinlanadigan detalning orqa tomonidan
erkin harakat qilish imkoni bo‘lsa ikki tomonlama, aksincha bo‘lsa, bir tomonlama
parchinlanadi. SHunga ko‘ra, parchinlashning ochiq, to‘g‘ri, berk va teskari usullari
bor.
To‘g‘ri parchinlash usulida bolg‘aning zarbasini to‘g‘ridan to‘g‘ri chiviqning
tutashtiruvchi uchiga beriladi. Bu usul listni teshish yoki parmalashdan boshlanadi.
Parchin mix cho‘ktirilgan detalning orqa tomoniga, ya’ni kallak ostiga tutib
turgichni qo‘yib tutashtiruvchi tomonida shakl hosil qilinadi. Parchinlanadigan
listlarga bolg‘a zarbasi qalpoq bo‘ylab beriladi.
Teskari parchinlash usulida bolg‘a zarbasi mixning kallagidan beriladi,
portlaydigan va quvurli parchin mixlar ishlatiladi. Bu usul tutatshtiruvchi tomonda
parchinlash operatsiyasini bajarib bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
Mashinada parchinlash
.
Mashinada parchinlashning: mehnat unumdorligi va
parchinlash sifatining yuqoriligi, kallakning sifatli chiqishi, ishlovchilar sonining
kamligi, barcha operatsiyalarning mashinada bajarilishi kabi qator afzalliklari bor.
Parchinlash mashinalarining statsionar va ko‘chma turlari ishlab chiqariladi.
Statsionar mashinalarning ish unumdorligi yuqori bo‘lish bilan birga kamchiliklari
ham mavjud. Masalan, hajmi juda katta bo‘lib, ularni ish joyiga keltirish uchun
qo‘shimcha maxsus konveyerlar, uskunalar kerak bo‘ladi. Pnevmatik mashinalar
gidravliklariga nisbatan arzon tushadi. Asosan, ko‘chma modellari ishlab chiqiladi,
ammo ular statsionar vazifasini bajarishi mumkin.
113
Nazorat savollari:
1. Parchinlash nima?
2. Kavsharlash nima
3. Yelimlab biriktirish nima?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich
2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov «Voris nashriyot» 2007. 184
b
Internet sayt
Dostları ilə paylaş: |