94
Xomaki dag‘al rezba kesadi, u metalldan 60 foiz, o‘rtacha metchik-30 foiz,
toza kesuvchi metchik esa metalldan 10 foiz qirindi chiqaradi. Kesuvchi qismining
konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra, metchiklar tsilindrsimon va konussimon turlarga
bo‘linadi.
Ichki va tashqi rezbalarni kesish
Ichki rezba kesish. Rezba kesishda material qisman bosiladi, shuning uchun
parmaning diametri rezba ichki diametri o‘lchamidan kattaroq bo‘lishi kerak.
Yumshoq materiallarga nisbatan qattiq va mo‘rt materiallarda teshiklarning
o‘lchami kamroq o‘zgaradi. Rezbabop teshiklar
uchun tegishli parmalarni
ma’lumotnoma jadvallaridan tanlanadi.
Rezba kesish usullari.
Rezbabop teshiklarni parmalangandan keyin detalni
gira jag‘lari orasiga qisib teshik o‘qining perpendikulyarligini burchaklik bilan
tekshirish lozim. Chap qo‘l bilan parmadastani metchikka bosib, o‘ng qo‘l bilan
metchik metallga bir necha o‘ram kirib turg‘un holatga kelguncha bosib
aylantiriladi. Shundan keyin parmadastaning dastasini ikki qo‘l bilan ushlab
aylantiriladi. Ishni osonlashtirish maqsadida metchikli parmadastani faqat soat mili
harakati yo‘nalishida aylantiravermay, bir marta to‘liq, ikkinchi martta esa yarim
aylanishda orqaga aylantirish kerak. Metchikni qaytma-aylanma harakati tufayli
qirindilarning maydalanishi birmuncha osanlashadi. Dastakli metchiklarning
rezbasini 6-10 kvalitet bo‘yicha yasaladi.
Metchik bilan rezba kesish.
Detal teshigini chizmaga
qarab rejalashtiriladi,
so‘ngra ma’lumotnoma jadvallariga ko‘ra tanlangan parma bilan rezba kesiladigan
teshik parmalanadi. 60 yoki 120
li zenkovkada teshikni 1-1,5 mm uzunlikda
zenkovkalanadi. Metchikni tanlab tekshirib ko‘rilgandan keyin zagotovkani gira
jag‘lari orasiga qisib mahkamlanadi. Avval berilgan formulalar yordamida tegishli
parmadasta tanlanadi. Uning dastasidan ushlab metchikni soat mili harakati
yo‘nalishida aylantirib, rezbani kesish va qirindini maydalash uchun vaqti-vaqti
bilan chorak, yarim aylanishda teskarisiga aylantiriladi. Metchikni tez-tez
teshikdan chiqarib, qirindidan tozalab turiladi.
Yopiq teshiklarda rezba kesishda parmalash chuqurligi rezba uzunligidan 6R
qadar ortiq olinishi kerak. Metchik teshik tubiga taqalishi bilan uni aylantirishni
darhol to‘xtatiladi. Kesilgan rezba kalibr-tiqin yoki bolt bilan nazorat qilinadi, agar
kalibrning yoki boltning uchi o‘tmasa,
qiyinlik bilan buralsa, rezbani ikkinchi
metchik bilan takror kesish kerak. Yopiq teshiklarda to‘la rezba kesish zarurati
tug‘ilsa kesuvchi qismi kattalashtirilgan uchinchi metchik ishlatiladi, bunda rezba
teshikning tubiga yetadi.
95
Rezba kesuvchi asbobni moylash.
Rezbaning sifati va asbobning turg‘unligi
moylash-sovutish suyuqliklarini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq.
Rezba kesishda ishlatiladigan moylash-sovutish suyuqliklari
Ishlov beriladigan material
Moylash-sovutish suyuqligi
Po‘lat – uglerodli
- konstruktsion
- instrumental
- legirlangan
- emulsiya
- moy
- moyli kerosin, aralsh moy
- moyli kerosin, aralash moy
Cho‘yan
- 3-5% li emulsiya
Quyma cho‘yan
-sovutilmaydi; 3-5% li emulsiya, kerosin.
Bronza
- sovutilmaydi; aralash moy
Tsink
- emultsiya
Jez
- sovutilmaydi; 3-5% li emulsiya
Miss
- emultsiya; aralash moy
Nikel
- emulsiya
Alyumin va uning qotishmasi
- sovutilmaydi; emulsiya; aralash moy; kerosin.
Zanglamaydigan o‘tga chidamli
qotishmalar
- 30% kerosin, 20% olein kislotasi; 80% li
sulfofrezol.
Voloknit, vinilplast, organik oyna -3-5% li emulsiya.
Tashqi rezba kesish
.
Tashqi rezbani dastakli usulda yoki dastgohda kesiladi.
Dastakli
usulda kesishda, asosan, plashkalardan foydalaniladi. Konstruktiv
xususiyatlariga ko‘ra ular yumaloq, nakatkalangan hamda prizmasimon turlarga
bo‘linadi.
Yumaloq plashkalarni (lerka) yaxlit va qirqma qilib tayyorlanadi. Dastakli
usulda rezba kesishda ularni maxsus parmadastalarga mahkamlab foydalaniladi.
Yaxlit plashkalar toblangan po‘lat gaykadan iborat bo‘lib, o‘nga rezba orqali
ochiq teshik parmalangan. Teshiklarning rezba iplari bilan uchrashib joylarida
kesuvchi qirralar hosil bo‘lgan. Ularga tutashgan teshiklardan qirindilar chiqib
ketadi. Yaxlit, yumaloq plashkalarning diametrlari standartlashtirilgan: asosiy
metrik rezbalar uchun u 1 dan 76 mm gacha, dyuymlilari uchun-1
4 dan 2 gacha,
quvur rezba uchun esa 1
8 dan 1
2 gacha belgilangan.
Qirqma plashkalar yumalog‘idan qirqmasi bilan farqlanadi. Qirqmaning
o‘lchami 0,5-1,5 mm bo‘lib, u rezba diametrini o‘ziga xos usulda 0,1-0,25 mm
chegarada sozlashga imkon beradi.
Qluplar bilan rezba kesish. Diametri, qadami va tegishli klupp raqamiga mos
keladigan, ikkita yarim plashkalardan tashkil topgan kerilma plashka tanlanadi.
Ularni ramkadagi prizmasimon yo‘naltirgichga klupdagi
va plashkadagi raqamlar
bir-birining ro‘parasida turadigan qilib o‘rnatiladi. Shundan keyin klupp ramkasiga
suharni kiritib uni vint bilan mahkamlanadi.
Zagotovkani giraga vertikal vaziyatda mahkamlab, egov bilan chiviq toretsli
rax egovlanadi. Uning burchagi va eni aylanining butun uzunligi bo‘ylab bir xil
bo‘lishi kerak. Plashkalarning ish yuzalari va chiviqning uchini moylab,
96
plashkalarning kesuvchi qismi chiviq raxiga rezbaning 2-3 o‘ramida bo‘ladigan
qilib qo‘yiladi. Yarim plashkalar vint bilan plashkalarning tekisligi chiviq o‘qiga
nisbatan qat’iy perpendikulyar bo‘ladigan qilib mahkamlanadi. Ularning rezba
o‘ramlari esa chiviqni siqib turishi kerak.
Klupning dastalariga plashka rezbaning berilgan yo‘nalishi bo‘yicha
yurguncha ozroq kuch ishlatib bir tekis bosiladi va rezba yo‘nalishida (1
2 aylanish
oldinga va 1
4 aylanish teskari tomonga) aylantiriladi.
Uni vaqti-vaqti bilan chiviqdan burab chiqarib, mashina moyi bilan
moylanadi. Rezbani toza latta bilan yaxshilab artilgandan keyin sifatini rezbali
halqa bilan nazorat qilinadi.
Nazorat savollari:
1.Rezba kesish asboblarini ko‘rsating
2.Ichki rezba qanday kesiladi?
3.Tashqi rezbaqanday kesiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich Toshkent 2016
2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov Voris nashriyot» 2007. 184
3.
Mirzarahimov M., Mamajonov J., Yusupov B. texnik tizimlarda o‘lchash va tekshirish. kasb-
hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. T. «Yangi nashr» 2008. 190 b.
Internet sayt
Dostları ilə paylaş: