Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


- Mavzu: Rezba kesish ishlari



Yüklə 6,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/50
tarix28.11.2023
ölçüsü6,53 Mb.
#167487
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
ЧИЛАНГАРЛИК ИШИ

8- Mavzu: Rezba kesish ishlari 
Reja: 
1.Rezba kesish asboblari 
2.Ichki rezba kesish
3.Tashqi rezba kesish 
Detallarda rezbani tokarlik dasgohlarida hamda plastik deformatsiya usulida 
(nakatlash) hosil qilinadi. Nakatlash uchun nakat roligi, rezba keskichdan 
foydalaniladi. Ichki rezbalarni metchiklar, tashqisini rezba keskich (plashka), 
progonka va boshqa asboblar bilan kesiladi. 
Metchiklar qo‘llanishi bo‘yicha dastakli, mashina-dastakli bo‘ladi; 
konstruktsiyasi bo‘yicha esa yaxlit, yig‘ma (sozlanadigan) va maxsus turlarga 
bo‘linadi. 
Metchik ikki asosiy: ishchi va quyruq qismdan tuzilgan. Ishchi qismi 
ko‘ndalang, to‘g‘ri yoki vint ariqchaga ega bo‘lgan vintdan iborat bo‘lib, u rezba 
kesishda ishlatiladi. Ishchi qism o‘z navbatida kesuvchi va kalibrlovchi qismlardan 
iborat. Kesuvchi qismning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishdagi egriligi qirindi 
chiqarishni osonlashtiradi (bunday egriliklar o‘ng rezbada chapga, chap rezbada 
o‘ngga yo‘nalgan). Kalibrlovchi (yo‘naltiruvchi) qism metchikning kesuvchi 
elementidir. U metchikni teshikka yo‘naltirib, kesiladigan teshikni kalibrlaydi. 
Quyruq chivig‘i metchikni patronda yoki uni ish vaqtida parma-dastada 
ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ariqchalar bilan chegaralangan rezbali qismi 
metchikning kesuvchi tishlari deb ataladi. Ular pona shakliga ega. Kesuvchi 
tishlarning oldingi, orqa va o‘tkirlik burchaklari kesuvchi va kalibrlovchi 
qismlarida har xil bo‘ladi. O‘rta qattiqlikdagi po‘lat uchun oldingi burchak 5

, orqa 
burchak 6

-8

.
Metchiklarning tish profillari silliqlangan va silliqlanmagan holda ishlab 
chiqariladi. Tish profili silliqlangan metchiklar bilan ishlov berilgan rezba sirti toza 
va aniq bo‘ladi. 
Metchikning ichki qismi uning o‘zagi hisoblanadi. Zanglamaydigan 
po‘latlarni kesish uchun ishlatiladiganlarining o‘zagi yo‘g‘onroq qilib 
tayyorlanadi. 
Ariqcha (kanavka)lar metchikning kesuvchi qirrasini hosil qilib, qirindilar 
uchun uya vazifasini o‘taydi. Metchik yasash texnologiyasini osonlashtirish 
maqsadida uning ariqchalarini to‘g‘ri qilib yasaladi. Ammo ayrim hollarda vintli-
spiralli ariqchali metchiklar ishlatiladi, ularda vint ariqchaning qiyalik 8

-15

ni 
tashkil etadi. Berk teshiklarga rezba kesishda bunday ariqchalar o‘naqay bo‘ladi. 
Ish jarayonida qirindilarning yuqoriga chiqib ketmasligi uchun chapaqay ariqchali 
metchiklardan foydalaniladi.
Diametri 22 mm gacha bo‘lgan metchiklarni uch, 22-52 mm gacha 
bo‘lganlarini to‘rt ariqchali qilib yasaladi. Maxsus metchiklarning kalibrlovchi 
qismida ariqchalar bo‘lmaydi. 
Dyumli rezbalar kesish uchun foydalaniladigan dastakli (qo‘l) metchiklar 
standartlashtirilgan, ular ikkita metchikdan to‘planadi. To‘plami uchtalik, ya’ni 
xomaki, o‘rtacha va toza kesuvchi metchiklarning diametrlari har xil bo‘ladi. 


94 
Xomaki dag‘al rezba kesadi, u metalldan 60 foiz, o‘rtacha metchik-30 foiz, 
toza kesuvchi metchik esa metalldan 10 foiz qirindi chiqaradi. Kesuvchi qismining 
konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra, metchiklar tsilindrsimon va konussimon turlarga 
bo‘linadi. 
 
Ichki va tashqi rezbalarni kesish 
Ichki rezba kesish. Rezba kesishda material qisman bosiladi, shuning uchun 
parmaning diametri rezba ichki diametri o‘lchamidan kattaroq bo‘lishi kerak. 
Yumshoq materiallarga nisbatan qattiq va mo‘rt materiallarda teshiklarning 
o‘lchami kamroq o‘zgaradi. Rezbabop teshiklar uchun tegishli parmalarni 
ma’lumotnoma jadvallaridan tanlanadi.
Rezba kesish usullari.
 
Rezbabop teshiklarni parmalangandan keyin detalni 
gira jag‘lari orasiga qisib teshik o‘qining perpendikulyarligini burchaklik bilan 
tekshirish lozim. Chap qo‘l bilan parmadastani metchikka bosib, o‘ng qo‘l bilan 
metchik metallga bir necha o‘ram kirib turg‘un holatga kelguncha bosib 
aylantiriladi. Shundan keyin parmadastaning dastasini ikki qo‘l bilan ushlab 
aylantiriladi. Ishni osonlashtirish maqsadida metchikli parmadastani faqat soat mili 
harakati yo‘nalishida aylantiravermay, bir marta to‘liq, ikkinchi martta esa yarim 
aylanishda orqaga aylantirish kerak. Metchikni qaytma-aylanma harakati tufayli 
qirindilarning maydalanishi birmuncha osanlashadi. Dastakli metchiklarning 
rezbasini 6-10 kvalitet bo‘yicha yasaladi. 
Metchik bilan rezba kesish.
 
Detal teshigini chizmaga qarab rejalashtiriladi
so‘ngra ma’lumotnoma jadvallariga ko‘ra tanlangan parma bilan rezba kesiladigan 
teshik parmalanadi. 60 yoki 120

li zenkovkada teshikni 1-1,5 mm uzunlikda 
zenkovkalanadi. Metchikni tanlab tekshirib ko‘rilgandan keyin zagotovkani gira 
jag‘lari orasiga qisib mahkamlanadi. Avval berilgan formulalar yordamida tegishli 
parmadasta tanlanadi. Uning dastasidan ushlab metchikni soat mili harakati 
yo‘nalishida aylantirib, rezbani kesish va qirindini maydalash uchun vaqti-vaqti 
bilan chorak, yarim aylanishda teskarisiga aylantiriladi. Metchikni tez-tez 
teshikdan chiqarib, qirindidan tozalab turiladi. 
Yopiq teshiklarda rezba kesishda parmalash chuqurligi rezba uzunligidan 6R 
qadar ortiq olinishi kerak. Metchik teshik tubiga taqalishi bilan uni aylantirishni 
darhol to‘xtatiladi. Kesilgan rezba kalibr-tiqin yoki bolt bilan nazorat qilinadi, agar 
kalibrning yoki boltning uchi o‘tmasa, qiyinlik bilan buralsa, rezbani ikkinchi 
metchik bilan takror kesish kerak. Yopiq teshiklarda to‘la rezba kesish zarurati 
tug‘ilsa kesuvchi qismi kattalashtirilgan uchinchi metchik ishlatiladi, bunda rezba 
teshikning tubiga yetadi.


95 
Rezba kesuvchi asbobni moylash.
 
Rezbaning sifati va asbobning turg‘unligi 
moylash-sovutish suyuqliklarini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. 
Rezba kesishda ishlatiladigan moylash-sovutish suyuqliklari 
Ishlov beriladigan material 
Moylash-sovutish suyuqligi 
Po‘lat – uglerodli 
- konstruktsion 
- instrumental 
- legirlangan
- emulsiya 
- moy 
- moyli kerosin, aralsh moy 
- moyli kerosin, aralash moy 
Cho‘yan 
- 3-5% li emulsiya 
Quyma cho‘yan 
-sovutilmaydi; 3-5% li emulsiya, kerosin. 
Bronza 
- sovutilmaydi; aralash moy 
Tsink 
- emultsiya 
Jez 
- sovutilmaydi; 3-5% li emulsiya 
Miss 
- emultsiya; aralash moy 
Nikel 
- emulsiya 
Alyumin va uning qotishmasi 
- sovutilmaydi; emulsiya; aralash moy; kerosin. 
Zanglamaydigan o‘tga chidamli 
qotishmalar 
- 30% kerosin, 20% olein kislotasi; 80% li 
sulfofrezol. 
Voloknit, vinilplast, organik oyna -3-5% li emulsiya. 
Tashqi rezba kesish
.
Tashqi rezbani dastakli usulda yoki dastgohda kesiladi. 
Dastakli usulda kesishda, asosan, plashkalardan foydalaniladi. Konstruktiv 
xususiyatlariga ko‘ra ular yumaloq, nakatkalangan hamda prizmasimon turlarga 
bo‘linadi. 
Yumaloq plashkalarni (lerka) yaxlit va qirqma qilib tayyorlanadi. Dastakli 
usulda rezba kesishda ularni maxsus parmadastalarga mahkamlab foydalaniladi. 
Yaxlit plashkalar toblangan po‘lat gaykadan iborat bo‘lib, o‘nga rezba orqali 
ochiq teshik parmalangan. Teshiklarning rezba iplari bilan uchrashib joylarida 
kesuvchi qirralar hosil bo‘lgan. Ularga tutashgan teshiklardan qirindilar chiqib 
ketadi. Yaxlit, yumaloq plashkalarning diametrlari standartlashtirilgan: asosiy 
metrik rezbalar uchun u 1 dan 76 mm gacha, dyuymlilari uchun-1

4 dan 2 gacha, 
quvur rezba uchun esa 1

8 dan 1

2 gacha belgilangan.
Qirqma plashkalar yumalog‘idan qirqmasi bilan farqlanadi. Qirqmaning 
o‘lchami 0,5-1,5 mm bo‘lib, u rezba diametrini o‘ziga xos usulda 0,1-0,25 mm 
chegarada sozlashga imkon beradi. 
Qluplar bilan rezba kesish. Diametri, qadami va tegishli klupp raqamiga mos 
keladigan, ikkita yarim plashkalardan tashkil topgan kerilma plashka tanlanadi. 
Ularni ramkadagi prizmasimon yo‘naltirgichga klupdagi va plashkadagi raqamlar 
bir-birining ro‘parasida turadigan qilib o‘rnatiladi. Shundan keyin klupp ramkasiga 
suharni kiritib uni vint bilan mahkamlanadi.
Zagotovkani giraga vertikal vaziyatda mahkamlab, egov bilan chiviq toretsli 
rax egovlanadi. Uning burchagi va eni aylanining butun uzunligi bo‘ylab bir xil 
bo‘lishi kerak. Plashkalarning ish yuzalari va chiviqning uchini moylab, 


96 
plashkalarning kesuvchi qismi chiviq raxiga rezbaning 2-3 o‘ramida bo‘ladigan 
qilib qo‘yiladi. Yarim plashkalar vint bilan plashkalarning tekisligi chiviq o‘qiga 
nisbatan qat’iy perpendikulyar bo‘ladigan qilib mahkamlanadi. Ularning rezba 
o‘ramlari esa chiviqni siqib turishi kerak. 
Klupning dastalariga plashka rezbaning berilgan yo‘nalishi bo‘yicha 
yurguncha ozroq kuch ishlatib bir tekis bosiladi va rezba yo‘nalishida (1

2 aylanish 
oldinga va 1

4 aylanish teskari tomonga) aylantiriladi. 
Uni vaqti-vaqti bilan chiviqdan burab chiqarib, mashina moyi bilan 
moylanadi. Rezbani toza latta bilan yaxshilab artilgandan keyin sifatini rezbali 
halqa bilan nazorat qilinadi. 
Nazorat savollari: 
1.Rezba kesish asboblarini ko‘rsating
2.Ichki rezba qanday kesiladi? 
3.Tashqi rezbaqanday kesiladi? 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
“Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich Toshkent 2016 
2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov Voris nashriyot» 2007. 184
3.
Mirzarahimov M., Mamajonov J., Yusupov B. texnik tizimlarda o‘lchash va tekshirish. kasb- 
hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. T. «Yangi nashr» 2008. 190 b.
Internet sayt 

Yüklə 6,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin