Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 
3.13-rasm.
 Cho‘michli ish 
g‘ildiragi, 
a
 – osilgan; 
 b - 
yotqizilgan.
b) 
Soplodan katta tezlikda chiqqan suv oqimi cho‘michning botiq sirtida dumalab 
harakatlanadi va o‘zining harakat yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgartiradi. 
Cho‘michdan qaytgan oqimning tezligi korpusga nisbatan V = 0 m/c bo‘lsa, 
turbinaning foydali ish koeffitsienti maksimal miqdorga erishadi. Tahlillar shuni 
ko‘rsatadiki, maksimal foydali ish koeffitsientiga erishish uchun cho‘michli 


55 
turbinaning aylanma harakati tezligi, oqimning yarim tezligi miqdoriga teng bo‘lishi 
kerak (3.14 
b
-rasm).
a)
3.14-rasm. 
Ikki soploli 
cho‘michli turbina, 


sxematik ko‘rinishi 
b -
o‘rnatilgan holatdagi 
umumiy ko‘rinishi

b)
Turbinaning soplosi bosim quvuridan kelayotgan suv miqdorini tartibga solish 
uchun xizmat qiladi. Soplo ichida harakatlanayotgan igna esa suv chiqayotgan 
kanalning kesimini o‘zgartirish orqali turbina ish g‘ildiragiga kelayotgan suv sarfini 
o‘zgartiradi. Ishlatib bo‘lingan suv pastgi befga olib ketiladi. Bosim isrofini 


56 
kamaytirish uchun turbina va uning soplosi iloji boricha oqim sathiga nisbatan 
pastda joylashishi kerak. 
Ish g‘ildiragi cho‘michlariga suv oqimi zarbsiz kirishi uchun ular uchli qirra 
bilan bo‘lingan ikkita, juft cho‘michlar shaklida tayyorlanadi. Suv oqimi 
cho‘michlardan oqib o‘tib, o‘zining yo‘nalishini 180
0
burchak ostida o‘zgartiradi. 
Natijada cho‘michlarda kuchlanish hosil bo‘lib, ish g‘ildiragi aylanma harakat qila 
boshlaydi. Odatda 14÷60 dona cho‘michli ish g‘ildiraklari tayyorlanadi (5.8
 
- rasm).
Cho‘michli turbinalarning aylanishlar soni va quvvatini oshirish uchun ish 
g‘ildiragining diametri bo‘ylab 2, 3, 4 hattoki 5 va 6 donadan ham soplolar 
o‘rnatilishi mumkin. Soplolar ish g‘ildiragi diametri bo‘ylab teng taqsimlanadi. 
Ammo soplolar soni oshishi bilan turbinaning foydali ish koeffitsienti pasayib ketishi 
mumkin. Tajribalar natijasida, soplolar soni 4 donadan oshmasligi tavsiya qilinadi. 
5.8 

- rasmda ikki soploli cho‘michli turbinaning sxemasi ko‘rsatilgan. 
Cho‘michli turbinalarning foydali ish koeffitsienti juda yuqori bo‘lib, 0,88÷094 
ga teng. Ularni gorizontal va vertikal holatlarda o‘rnatish mumkin. Odatda bir necha 
soploli ish g‘ildiraklari gorizontal holatda o‘rnatiladi. 
 
3.15-rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin