Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


 Issiqlik naychali vakuumlangan quyosh kollektori



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

5.3.3. Issiqlik naychali vakuumlangan quyosh kollektori 
 
Issiqlik naychali vakuumlangan quyosh kollektorining tuzilishi xuddi termosga 
o‘xshaydi. Birinchi shishali/metalli naycha boshqa bir ikkinchi katta diametrlisi 
ichiga joylashtirilgan (5.9 - rasm).
Naychalar orasidagi bo‘shliq vakuumdan iborat.


122 
Ma’lumki, vakuum issiqlikni muhofazalovchi eng yaxshi vositadir. U qizigan 
yuzaning issiqlik tarqalishini o‘zgartirish xususiyatiga ega va issiqlik uzatishga 
monelik qiladi. Infraqizil (IQ) –nurlanish naychaning oynasiga singib ketadi.
Har bir vakuumlangan naycha ichiga geleotitan qobiqli mis plastina 
joylashtirilgan bo‘lib, u quyosh nurining to‘liq yutilishi va juda oz (sezilarsiz) 
miqdordagi issiqlikning tashqariga isrof bo‘lishini ta’minlaydi. Yutgich ostiga 
suyuqlikka to‘ldirilgan issiqlikni bug‘lantirish quvuri o‘rnatilgan.
5.9-rasm.
Quyosh kollektorining to‘g‘ri oqimli vakuumlangan qurilmasi
Issiqlik almashtirgich ichida esa, quvur ichiga, quvur usulidagi issiqlik quvuri, 
egiluvchan element yordamida kondensatorga tutashtirilgan. Ulanish «quruq» usulida 
bajarilgan bo‘lib, suyuqlikka to‘ldirilgan va bosim ostida bo‘lgan holatda ham 
quvurlarni oson almashtirish imkoniyatiga ega.
Vakuumlashtirilgan kollektor qurilmasining muhim jihati – 30
0
C da 
(oynalangan issiqlik naychali kollektor) va hatto -45
0
S da (metall issiqlik naychali 
kollektor) yuqori texnik ko‘rsatkichni ta’minlay olishidir (5.10-rasm). 
5.10 - rasm.
Quyosh kollektorining quyoshga nisbattan burchak ostida 
joylashuvi.


123 
Issiqlik naychali vakuum quyosh kollektori juda murakkab tuzilishga ega va 
qimmat. Qurilmaning ishlash tartibi quyida bayon etilgan. 
Issiqlik naychasi – yopiq mis/shisha naycha bo‘lib, yengil qaynash 
xususiyatiga ega bo‘lgan suyuqlik bilan to‘ldiriladi (5.11-rasm).
Vakuum naychasidagi issiqlikni qabul qilgan suyuklik, issiklik ta’siri ostida 
bug‘lanadi. Bug‘ yuqorigi qismga tomon ko‘tariladi. 
5.11-rasm


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin