Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Quyosh fotoelektrik qurilmali zaxira elektr ta’minot tizimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Quyosh fotoelektrik qurilmali zaxira elektr ta’minot tizimi, 
1 – quyosh paneli; 2 – invertor; 3 – AB; 4 – tarmoq; 5 – yuklama 
 
Quyosh fotoelektrik qurilmalarining tayanch konstruksiyalari 
 
Quyosh fotoelektrik tizimlari muhim qismi sifatida quyosh panellari uchun 
qo‘llab quvvatlovchi konstruksiya xizmat qiladi. U hamma tizim uchun zaruriy 
mustahkamlik va quyosh paneli uchun to‘g‘ri qiyalik burchagini ta’minlaydi. Quyosh 
paneli bilan tayanch konstruksiyaning birikuvi har xil shamol tezliklariga va boshqa 
atrof muhit ta’sirlariga bardoshli bo‘lishi kerak. 
Yirik fotoelektrik tizimlar uchun kichik nusxadan sanoat darajadagi 
nusxasigacha tayyorlanadigan konstruksiyalarning turli xillari mavjud. Bunday 
konstruksiya metalldan yoki sintetik materialdan tayyorlanadi. Fotoelektrik tizimlarni 
o‘rnatish vaqtidagi holatga qarab tayanch konstruksiyalarning turli xil turlari mavjud. 
Tarmoq bilan bog‘langan tizimlar uchun tayanch konstruksiyalarning yassi yoki 
tomda kichik burchak ostida, shuningdek uy fasadlari uchun turlari mavjud. Tarmoq 
bilan bog‘langan tizimlar bino konstruksiyasining elementi ham bo‘lishi mumkin 
(integratsiyalashgan quyosh tizimlari). 
Quyosh fotoelektrik qurilmalarining zaryad-razryad kontrollerlari 


144 
 
Avtonom fotoelektrik tizimlarda zaryad-razryad kontrollerlari ortiqcha energiya 
sarfi bo‘lganda akkumulyator batareyasini (AB) chuqur razryaddan himoya qilish va 
AB to‘liq zaryad holatida quyosh paneli elektr energiya generatsiya vaqtida AB ni 
qaytadan zaryadlanish holatidan asraydi (6.5-rasm). Zaryad-razryad kontrolleridan 
foydalanishda afzalliklaridan biri shuki, AB razryad holatida yuklamani darhol 
uzadi. Odatda, fotoelektrik tizimlar zaryad-razryad kontrollerlari bilan ta’minlanadi. 
Shuning uchun yuklama hech qachon to‘g‘ridan to‘g‘ri AB ga ulanmaydi, bunda AB 
ishdan chiqishi mumkin.
6.5-rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin