32
natijasida elektr qizdirgich elementlar bilan qizdiriladi. Qizdirish tezligi bak hajmi va
qizdirgichlar quvvatiga bog‘liq.
2.1-rasm.
Sutka davomida fermer xo‘jaligining elektr jihozlariga elektr
energiyani taqsimlanishi.
Maishiy ehtiyojlar uchun unifikatsiyalangan sig‘imi
UNS seriyali, 10 l
(oshxona uchun) va 40, 60 va 100 l (dush va hammom uchun) hajmli suv
qizdirgichlar ishlab chiqariladi. Bu suv qizdirgichlarda
butun seriya uchun yakka
bo‘lgan, 125 kVt quvvatli qizdiruvchi element o‘rnatilgan bo‘lib, u 220 V
kuchlanishli tarmoqqa ulanadi.
Tejamkorlik nuqtai nazaridan EVAN turidagi elektr qizdirgichlar qiziqish
uyg‘otadi. EVAN 5/1,25 turidagi suv qizdirgich past bosimli akkumulyator turidagi
asbob hisoblanadi. U 2-4 kishilik oilani hamma ehtiyojlari
uchun issiq suv bilan
ta’minlaydi. Suvni 15 dan 85
0
S gacha qizdirish vaqti 20 minutdan ko‘p bo‘lishi suv
haroratini rostlashga imkon beradi.
Katta miqdordagi suvni qizdirish uchun masalan, shirkat xo‘jaligi uchun,
EVAN-100 yoki EVAO-100 turdagi sig‘imli issiqlik
akkumulyatsiyalovchi elektr
33
qizdirgichlar olish maqsadga muvofiq. Bu suv qizdirgich 100 l suvni 85
0
S
haroratgacha qizdiradi, so‘ngra avtomat tarzda o‘chadi.
Maxsus issiqlikni saqlash
izolyatsiyasi hisobiga suv uzoq vaqt issiq turadi va undan turli ehtiyojlar uchun
foydalanish mumkin. 1,25 kVt quvvatli EVANning qizdirish uzlukligi 8 soatga yaqin
bo‘lib, bu qizdirgichni tarmoqda elektr energiya ortig‘i bo‘lganda kechqurun yoqish
uchun mo‘ljallangan.
Yanada katta qizdirilayotgan suv hajmi bilan oquvchi turdagi EVNU-6
universal elektr suv qizdirgichi
kichik fermalardagi binolar, xususiy xo‘jaliklardagi
ishlab chiqaruvchi va maishiy binolarni texnologik issiq suv ta’minoti hamda isitish
tizimlaridagi suvni isitish uchun mo‘ljallangan (2.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: