38
yuzaga ega binolarni ta’minlashga mo‘ljallangan katta miqdordagi konditsionerlar
ishlab chiqariladi. Havo almashinishi bo‘yicha ularning unumdorligi mos ravishda
700,
750;
1000
m
3
/soat
va
ko‘proq
DEU firmasining mukammalroq
konditsionerlaridagi iste’mol quvvati 500 Vt va undan ko‘proq.
Qolgan elektr priborlarning quvvati yoki juda kichik yoki ularni ish tartibi
epizodik bo‘lib, u yil davomida kam energiya sarflaydi va ularni quvvat tavsiflarini
tanlashda ikkinchi darajali qilib qo‘yadi.
39
3. KICHIK SUV OQIMLARI ENERGIYASIDAN FOYDALANISH
3.1. Kichik va mikro gidroelektostansiyalarning turlari hamda
klassifikatsiyasi
Hozirgi kunda jamiyatning rivojlanishini uning energiya bilan ta’minlanganligi
belgilaydi. Ammo energiya iste’molining kundan-kunga
oshib borishi hamda uni
ishlab chiqarish uchun organik yoqilg‘ilardan foydalanish, atrof-muhitni global
ifloslanishiga olib kelmoqda va natijada insoniyat hayotiga jiddiy xavf solmoqda.
Shuning uchun hozirgi kun energetikasining
dolzarb masalalaridan biri, ekologik
toza, qayta tiklanadigan noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishdir.
Mamlakatimiz hududi asosan tog‘ oldi va tekislik rayonlarida joylashgan.
Shuning uchun bu hududlarda katta GESlar qurishning imkoni yo‘q. Chunki katta
GESlarni doimiy ishlashi uchun daryolarga to‘g‘onlar qurish hamda hosil bo‘lgan suv
omborlarida juda katta suv hajmini yig‘ish zarur. Natijada
juda katta hududlar suv
ostida qolib ketadi.
Shuning uchun mamlakatimizda asosan meliorativ tarmoqlar(magistral,
xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik tarmoqlaridagi kanallar, kollektor-zovur tizimlari, suv
omborlari, sel-suv omborlari, soylar, buloqlar va boshqalar)ga, irrigatsiya rejimida
ishlaydigan kichik va o‘rta GESlar qurib ekspluatatsiya qilinmoqda. 3.2-rasmda
daryo hududlarining bo‘linishi va ularga (GESlar uchun)
qurilgan suv omborlari
hisob sathlarining yoyilish uzunliklari ko‘rsatilgan.
Mamlakatimizning nazariy jihatdan bir yillik umumiy gidroenergetik
imkoniyati quyidagicha:
1. Yillik umumiy (yoki nazariy) giroenergetik potensial-88,5 mlrd. kVt
Dostları ilə paylaş: