Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


to‘g‘onli  (3.5-rasm) va  derivatsiya (suvni asosiy o‘zandan tarmoqlab olish)



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

to‘g‘onli 
(3.5-rasm) va 
derivatsiya (suvni asosiy o‘zandan tarmoqlab olish) 
(3.6-rasm). 
Bosim ostidagi suv energiyasini elektr energiyasiga aylantirish, gidravlik 
turbinalar yordamida amalga oshiriladi. Turbinanig asosiy qismlaridan biri – ish 
g‘ildiragidir. Yuqori bef (YU.B.) dan bosim quvurlari orqali tushayotgan suv, ish 
g‘ildiragi parraklariga urilib uni aylantiradi. Ish g‘ildiragi o‘qiga ulangan 
generatorning aylanishi natijasida elektroenergiya ishlab chiqariladi. 
 
3.5-rasm.
 Bosimni bir joyga to‘plashning to‘g‘onli usuli. 
 
 
3.6-rasm.
 Bosimni bir joyga to‘plashning derivatsiya (suvni asosiy o‘zandan 
tarmoqlab olish) usuli. 


44 
To‘g‘onli sxemada, to‘g‘on bilan daryo o‘zani berkitiladi va suv sathi yuqoriga 
ko‘tariladi hamda yuqori va pastgi bef (P.B.) suv sathlari farqi miqdorida bosim hosil 
qilinadi.
Katta nishabli tog‘ daryolarida bosim derivatsiya kanali yordamida hosil 
qilinadi. Daryo o‘zani uncha baland bo‘lmagan to‘g‘on bilan bekitiladi va suv 
derivatsiya kanali hamda uning oxiridagi bosimli basseynga joylashgan bosim 
quvurlari yordamida turbinalarga uzatiladi. 
3.2.2. Mikro GES turlari va ularning ish rejimi 
 
O‘zbekistondagi mavjud gidroelektr stansiyalarning aniqlangan quvvati 1,7 
GVt dan ortadi. Bu har yili 6 TVt soat arzon energiya ishlab chiqarish imkonini 
beradi. Hozir respublikada qariyb 30 MVt quvvatga ega oltita yangi katta va kichik 
gidroelektr stansiyasi barpo etilmoqda. Umumiy quvvati 520 MVt 
dan ortiq yana 
to‘qqizta, jumladan, yirik Piskom gidroelektr stansiyasini (400 MVt) qurish bo‘yicha 
takliflar tayyorlandi. 
O‘zbekiston hududidan oqib o‘tadigan 650 ta daryo, ko‘plab irrigatsiya 
kanallari va suv omborlarining resurslari bir yilda 21 TVt soat elektr energiyasini 
ishlab chiqaradigan ko‘plab gidroelektr stansiyalar barpo etish uchun texnik 
imkoniyatlarni ta’minlaydi. Ushbu elektr energiyasi quvvati mikrogidroenergetika 
salohiyati aniqlangandan so‘ng yanada oshishi mumkin. 
Kichik va mikrogidroelektr stansiyalar elektr ta’minoti tarmog‘idan 
foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan olis tumanlarda qo‘llanilishi mumkin. Ayni 
paytda mahalliy korxona va tashkilotlar GESlar uchun uskuna ishlab 
chiqarmayotgani va asosan qurilish-montaj ishlarini bajarayotganiga qaramay, temir 
konstruksiyalar, kabellar, simlar, nazorat-o‘lchash asboblari, akkumulyatorlar, boshqa 
ayrim butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyati mavjud.
Kelajakda mikro va kichik gidroelektrostansiyalar uchun uskunalar, 
jumladan, ayni paytda O‘zbekistonda foydalanilayotgan turli xil turbinalar o‘rniga 
kuchli bosim va quvvatga ega ko‘ndalang-purkovchi turbinalarni shu erda ishlab 


45 
chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish mumkin. 
 
Mikro GES gidravlik elektrostansiyalar sinfiga taalluqli bo‘lib, quvvati 100 
kVt gacha bo‘ladi. Biroq energiyani o‘zgartirishning fizik jarayonlari katta 
quvvatdagi GES bilan bir xil bo‘lib ayrim farqli tomonlari mavjud. 
Energiya tizim tarkibidagi ishlaydigan katta quvvatli GESdan farqli ravishda 
mikro GES ko‘pchilik holatda mayda cheklangan iste’molchilarni (ya’ni 
markazlashtirilgan energiya ta’minotidan uzoqdagi ob’ektlarni) ta’minlashda 
foydalaniladi. Yirik GES ni qurishda xarajatlarning asosiy qismnii gidrotexnik 
inshootlarning tannarxi tashkil etadi. Mikro GES uchun damba inshootlarini qurish 
shart emas. 
Qoidaga muvofiq, ruslovaya (o‘zanli) yoki derivatsion (suvni asosiy o‘zandan 
tarmoqlab olish)
sxemalardan foydalaniladi (3.7-rasm).
a –
derivatsion (suvni asosiy o‘zandan 
tarmoqlab olish) 
 


- ruslovaya (o‘zanli) 
3.7-rasm. 

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin