Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Mikro GES da napor (suv bosimini) hosil qilish sxemalari



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Mikro GES da napor (suv bosimini) hosil qilish sxemalari. 
Daryodan suvning bir qismi ajratib olinib katta tezlik bilan harakatlantirilib 


46 
quvurga beriladi va foydalanganidan so‘ng gidroturbina orqali daryoga beriladi. Bu 
qurilishga sarflanayotgan kapital chiqimlar atrof muhitga minimal ta’sir 
ko‘rsatadigan holda amalga oshiriladi. 
Mikro GES da ishlatiladigan gidroturbinalarning har xil turlari mavjud: o‘qli, 
diagonalli, cho‘michli, ko‘ndalang suyrili, tez oqimli (tizzillatib suvni otuvchi) va 
hakozo. Bunda hamma gidroturbinalar ish jarayoniga ko‘ra 2 ta asosiy turga – aktiv 
va reaktiv turbinalarga bo‘linadi. 
Aktiv (erkin oqimli) turbinalar saplodan erkin chiqib ketayotgan oqim kinetik 
energiyasidan, reaktiv (naporli tez oqimli) turbinalarda asosan oqimning potensial 
energiyasidan foydalaniladi. MikroGESlar turbinalarining eng ko‘p tarqalganlari 
Pelton, Frensis, Kaplan, Banka bo‘lib, ular o‘z parametrlariga ega. 
MikroGESning kapital chiqimlari foydalanilayotgan suv naporiga bog‘liq 
bo‘lib, yuqori naporli MikroGESlar tog‘li rayonlar uchun qulay. 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra mikroGESlarning o‘zini qoplash harajatlari 3-5 
yilni tashkil etadi. Gidroturbinalardan tashqari mikro GES tarkibiga elektrik 
generator, chiqish kuchlanishini stabillashtiruvchi tizim va bir qancha elementlar 
kiradi. 
Ma’lumki, turbinalar turini tanlash uchun ularning yig‘ma grafiklari 
shakllantiriladi. Yig‘ma grafiklar maydonida berilgan bosim, suv sarfi va quvvatga 
nisbatan gidroturbinalarning turlari joylashtiriladi. 3.7-rasmda MNTO INSET
 
birlashmasi tomonidan
 
kichik quvvatli turbinalar va mikroGESlarni tanlash uchun 
tayyorlangan diagramma keltirilgan. Yig‘ma grafikning eng kichik bosim va suv 
sarflarida parrakli gidroturbinalar hamda parrakli turbinali kichik GESlar joylashgan. 
Ularning quvvati 1 kVt dan 1 000 ÷ 1 200 kVt oralig‘ida joylashgan. 
Shunisi diqqatga sazovorki, ushbu gidroturbinalar uchun boshlang‘ich bosim 
1,8 m dan boshlanib 30 m da tugaydi (3.8-rasm). Bunday gidroturbinali agregatlar, 
ayniqsa, irrigatsiya tizimlaridagi bosimi kichik kanallarga o‘rnatish uchun juda qulay. 


47 
3.8-rasm.

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin