40
3.2-rasm.
Daryo hududlari va ularga qurilgan suv ombori natijasida suv
sathining yoyilish chegaralari.
2. Energiya hosil qiluvchi suv oqimi o‘z yo‘lida juda ko‘p qarshiliklarga duch
keladi va isrof bo‘ladi. Isrof bo‘lgan energiyadan
qolgan energiya - texnik
gidroenergetik potensial, 27,4 mlrd. kVt
/
soatga teng bo‘lib, shundan:
katta daryolar - 24,6 mlrd. kVt
/
soatni;
o‘rtacha daryolar – 1,5 mlrd. kVt
/
soatni;
kichik daryolar – 2,3 mlrd. kVt
/
soatni tashkil qiladi.
3. GES jihozlaridan o‘tayotgan suv oqimi, juda ko‘p qarshiliklarni engib o‘tadi.
Barcha qarshiliklardan so‘ng qolgan sof iqtisodiy samarador gidroenergetik potensiali
16,6 mlrd. kVt
/
soatni tashkil qiladi.
Mikrogidroenergetika.
Balanddan tushayotgan tog‘li
hududlardagi kichik
soylar, buloqlar
energiyasidan foydalanib, asosiy energetik
tarmoqlardan uzoqda
joylashgan tog‘li hududlardagi aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin.
Kichik suv manbalariga odatda kichik quvvatli mikroturbinalar o‘rnatiladi.
Ishlash prinsipi bo‘yicha
mikro-GES turbinalarini ikki turga bo‘lish mumkin:
oqimning kinetik va potensial energiyasidan foydalanuvchilarga.
41
Quvvati bo‘yicha.
BMT klassifikatsiyasi bo‘yicha 10-15 MVt gacha quvvatga
ega bo‘lgan GESlar, kichik GESlar tarkibiga kiradi:
mikro – GESlarga – 100 kVt gacha;
mini – GESlarga – 100 -1 000 kVt gacha;
kichik GESlarga – 1 000 -10 000 kVt gacha.
Mamlakatimizda qabul qilingan klassifikatsiya bo‘yicha 100 kVt dan 30 000
kVt gacha bo‘lgan hamda ish g‘ildiragi diametri 3,0 m gacha va bir gidroagregatning
quvvati 10 000 kVt gacha bo‘lganlar kichik GESlar tarkibiga kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: