117
atrof-muxit oqimi kelishi bilan suyuqlik sarfi bilan bog‘liqlikka erishamiz. Suyuqlik
sarfi uning haroratini chiqarishda ko‘targanda pasayadi. Maksimal eritiladigan
suyuqlikni
qizdirish xarorati
T
m
va suyuqlikni oqimi yo‘qligiga mos keluvchi (
R=0
)
muxit harorati orasidagi farq qiymatiga teng.
5.3.1. Quyosh haroratidan issiqlik energiyasini olish qurilmalari va vositalari
Hozirgi kunda quyosh kollektorlarining yangidan yangi turlari kashf etilmoqda.
Ma’lumki quyosh energiyasidan foydalanish eng oddiy usuli, undan issiqlik olishdir.
Turli jismlar quyosh nuri ostida har xil qiziydi. Kuzatuvlarga
qaraganda, ayniqsa qora
rangli yuzaga ega bo‘lgan jismlar qattiqroq qizish va issiqlikni yig‘ish xususiyatiga
ega. Quyosh kollektorining ish tartibi ham shunga asoslangan. Quyoshdan olingan
issiqlik maxsus isiqlikni akkumulyatsiya qilish qurilmasida yig‘iladi
yoki qisqa
muddatda iste’mol qilishda ishlatiladi.
Kollektor
so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib – yig‘uvchi, to‘plovchi ma’nosini
bildiradi.
Quyosh kollektori deb, quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishga
xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi.
Hozirgi kunda shaffof qoplamaga ega bo‘lgan havo o‘tkazmaydigan korpusli,
qora rangga bo‘yalgan, suv o‘tkazgich naychalari singdiruvchan
metall plastinali va
korpusining orqa hamda yonbosh devorlarida issiqlik yo‘qolishidan saqlash
maqsadida izolyatsiyalangan yassi quyosh kollektorlari keng tarqalgan.
Quyoshdan issiqlik manbai sifatida foydalanish azaldan ma’lum.
Insonlar
tomonidan foydali qazilmalardan energiya olish texnologiyasi peshqadam o‘rinlarni
egallagunga qadar, suv va boshqa mahsulotlarni isitishda quyoshdan foydalanishni
yaxshi bilishgan.
Dostları ilə paylaş: