118
ancha keyinroq XIX asrning 30-yillarida Djon Gershel Janubiy Afrikaga sayohati
paytida mazkur uskunadan ovqatni isitish uchun foylangan.
Hozirda kashf etilgan kollektorlarni: yassi yuzali, vakuumli, konsentratorlilarga
ajratish mumkin.
Yassi yuzali kollektorlarda
– yassi absorber (nur yutish moslamasi)dan keyin
(ko‘pincha qora yuzali nur yutuvchi yuzali metall plastina)
issiqlik eltgich
(teplonositel)
harakatlanadigan nur yutish naychalar joylashadi. Yig‘ilgan issiqlik
energiyasining atrof muhitga va tashqariga behuda sarf bo‘lishidan saqlash
maqsadida issiqlik eltgich harakatlanuvchi naychalarning orqa va yon tomonlari
issiqlikni izolyatsiyalovchi material bilan yopiladi.
Absorberning old tomoni oyna bilan qoplanadi. Quyosh nuri oynadan bemalol
to‘siqsiz issiqlik eltuvchiga o‘tadi. Absorberning ijobiy xususiyati shundaki, unga
tushgan quyoshning energiyasi va infraqizil nurlari yutiladi. Issiqlik eltuvchi
tomonidan quyoshdan yutilgan issiqlik energiyasi orqaga qaytmaydi balki, u yerda
saqlanib qoladi. Qalin yuzali old oyna va issiqlik eltuvchi naycha oralig‘idagi havo,
konveksiyasining yo‘qligi sababli issiq harorat konvektorda to‘planish imkoniyatiga
ega.
Ayrim holatlarda uskunaning narxi va og‘irligi ortishiga qaramasdan
kollektorning old oynasi ikki qavat qilib qoplanadi. Bundan kutiladigan natija
kollektordagi foydali ish koeffitsientini oshirishdan iborat.
O‘ta yuqori sifatli kollektorlar issiqlik eltuvchini 150
0
C gacha qizdirishi
mumkin. Ammo ko‘pchilik quyosh kollektorlarida issiqlik eltuvchisining harorati
qaynash haroratiga ham yetib bormaydi. Shu sababli, yassi yuzali kollektorlar uzoq
muddat texnik ko‘riksiz ishlatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: