12
Energetikaning kelajagi quyosh va shamol energiyasiga asoslanishi ehtimoli
juda yuqori.
1995-yilda Hindiston shamol energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha dasturni
amalga oshirishni boshladi.
Hozirda Amerika qo‘shma shtatlarda shamol stansiyalarining umumiy quvvati
1654 MVt ni, Evropa Ittifoqida - 2534 MVt ni tashkil etadi, shundan 1000 MVt
miqdoridagi elektr energiyasi Germaniyada ishlab chiqarilmoqda.
Ayni paytda shamol energetikasi Germaniya, Angliya, Gollandiya, Daniya,
AQSHda eng ko‘p rivojlangan (faqat Kaliforniya shtatining o‘zida 15 ming shamol
tegirmoni mavjud).
Ta’kidlash joizki, shamolning doimiy yangilanib turishi undan doimiy energiya
olish imkonini beradi. Shamol stansiyalari atrof-muhitni ifloslantirmaydi. Shamol
energetikasi yordamida dunyoning har qanday chekka va ovloq joylarini ham elektr
energiyasi bilan ta’minlash mumkin.
Misol uchun, Guadalupedagi Desirat orolining 1600 kishidan iborat bo‘lgan
aholisi 20 ta shamol generatori tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasidan
foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: