139
Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot laboratoriyalari tomonidan FIK 30%
gacha
bo‘lgan quyosh elementlarni ishlab chiqarish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Bunda masulot (quyosh elementi) ning narxi muhim o‘rinni egallaydi. Masalan
yupqa plenkali quyosh elementlarni katta miqdorda ishlab chiqarib katta maydonlarga
yopsak katta iqtisodiy foyda olish mumkin.
Quyosh batareyalarining xizmat muddatini oshirish
Dala sharoitida quyosh batareyalarni bir qancha qurilmalarda sinab ko‘rilgan.
Amaliy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra quyosh batareyalari o‘rtacha 20 yil xizmat
qilishi mumkin. Evropa va AQSH da ishlab chiqarilgan quyosh batareyalari 25 yil
xizmat qilgandan so‘ng 10 % ga quvvati kamayishi kuzatilgan.
Shunga ko‘ra, quyosh monokristalli modullar o‘rtacha 30
yil xizmat qiladi
deyish mumkin. Polikristalli modullar odatda 20 yil atrofida xizmat qiladi. Amorf
kremniydan yasalgan (yupqaplenkali va egiluvchan) modullar 7 yildan (dastlabki
texnologiyalar asosida birinchi ishlab chiqarilganlari), 20 yilgacha (oxirgi
texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan) xizmat qiladi.
Bundan tashqari yupqa plenkali modullar dastlabki 2 yilda 10 dan 40 % gacha
quvvatini yo‘qotadi. Shu sababli fotoelektrik modullarning 90%
bozorini kristal
kremniyli modullar tashkil etadi. Tizimning boshqa elementlari turlicha xizmat
muddatiga ega: akkumulyator batareyalari 2 dan 15 yilgacha, kuch elektronika qismi
esa 5 dan 20 yilgacha xizmat muddatiga ega.
Dostları ilə paylaş: