135
Quyosh elektrostansiyalari orasida katta zavodlar va yirik iste’molchilarni
ta’minlashda minora tipidagi quyosh elektrostansiyalari keng tarqalgan. Ushbu
elektrostansiyalar maxsus balandlik ustiga o‘rnatilgan katta hajmdagi suv qozondan
va pastdan yuqoriga tomon atrofida ko‘p sonli oynalar (geliostatlar) o‘rnatilgan
minora atrofida unga quyosh nurini yo‘naltiruvchi parabola shaklidagi botiq
oynalardan iborat bo‘ladi. Oynalar quyosh nurini maksimal darajada qabul qilish
imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun maxsus burilish mexanizmi bilan jihozlangan.
Qozondagi suvning quyosh energiyasi ta’sirida qizishi natijasida hosil bo‘lgan bug‘
issiqlik elektrostansiyasining turbogeneratorini aylantirishga sarflanadi.
Quvvati 0,1 – 10 MVt li quyosh elektrostansiyalari unchalik katta bo‘lmagan
zavod, korxona, nasos stansiyasi yoki aholi turar joylarini elektr energiyasi bilan
ta’minlash imkoniyatiga ega. Bunday elektrostansiyalar AQSH, Fransiya, Yaponiya,
Germaniya kabi bir qator malakatlarda qurilgan. Hozirda quvvati 100 MVt li
elektrostansiyalardan foydalanish ustida jiddiy izlanish ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda ushbu tipdagi elektrostansiyalarni keng masshtabda qurish va
foydalanishga iqtisodiy ko‘rsatkichlarning qimmatligi to‘siq bo‘lmoqda. Chunki
mazkur elektrostansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiya tannarxi issiqlik
elektrostansiyalari (IES) ga nisbatan 6 – 8 martaga qimmat.
Kelgusida narxi arzon, ishlab chiqarish qobiliyati yuqori, chiqaradigan elektr
energiyasining tannarxi arzon bo‘lgan quyosh elektrostansiyalarini kashf etila borgan
sari bunday tipdagi quyosh elektrostansiyalarga ehtiyoj ortadi.
Dostları ilə paylaş: