Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Fotoelektrik modullar 
Quyosh panellari quyosh elementlaridan tashkil topadi. Chunki bitta quyosh 
elementi kerakli miqdordagi elektr energiyasini ishlab chiqara olmaydi. Katta 
miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqrish uchun ko‘pincha bir nechta quyosh 
elementi yaxlit quyosh moduli qilib yig‘iladi.
Quyosh panellari (fotoelektrik yoki quyosh modullari) birgina o‘lchamda va 
ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Eng ko‘p uchraydigan – kremniyli fotoelelektrik 
modullar bo‘lib quvvati 40 – 160 
W
p
(pikovatt ya’ni quyoshning yorug‘ nurlari ostida 
40 – 160 Vt quvvatni ishlab chiqaradi). Bunday modulning o‘lchami 0,4 dan 1,6 m
2
gacha bo‘ladi.
Ammo sotuvda turlicha o‘lcham va tipga ega bo‘lgan modullarni uchratish 
mumkin. Bunday quyosh panellari (RV panels) o‘zaro ulanib (arreys) quyosh 
batareyasining turlicha quvvatdagisini hosil qilish mumkin. Masalan ikkita quvvati 
50
W
p
ni biriktirib 100 
W
p
ni yoki uchtani ulab 150 
W
p
hosil qilinadi va h.k. 
Sotuvda bo‘lgan panellarning FIK 5 … 15% oralig‘ida bo‘ladi. Demak 
quyoshdan elementga tushadigan 5 -15 % energiya elektr energiyasiga aylantiriladi. 


139 
Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot laboratoriyalari tomonidan FIK 30% gacha 
bo‘lgan quyosh elementlarni ishlab chiqarish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Bunda masulot (quyosh elementi) ning narxi muhim o‘rinni egallaydi. Masalan 
yupqa plenkali quyosh elementlarni katta miqdorda ishlab chiqarib katta maydonlarga 
yopsak katta iqtisodiy foyda olish mumkin. 
Quyosh batareyalarining xizmat muddatini oshirish 
Dala sharoitida quyosh batareyalarni bir qancha qurilmalarda sinab ko‘rilgan. 
Amaliy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra quyosh batareyalari o‘rtacha 20 yil xizmat 
qilishi mumkin. Evropa va AQSH da ishlab chiqarilgan quyosh batareyalari 25 yil 
xizmat qilgandan so‘ng 10 % ga quvvati kamayishi kuzatilgan.
Shunga ko‘ra, quyosh monokristalli modullar o‘rtacha 30 yil xizmat qiladi 
deyish mumkin. Polikristalli modullar odatda 20 yil atrofida xizmat qiladi. Amorf 
kremniydan yasalgan (yupqaplenkali va egiluvchan) modullar 7 yildan (dastlabki 
texnologiyalar asosida birinchi ishlab chiqarilganlari), 20 yilgacha (oxirgi 
texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan) xizmat qiladi.
Bundan tashqari yupqa plenkali modullar dastlabki 2 yilda 10 dan 40 % gacha 
quvvatini yo‘qotadi. Shu sababli fotoelektrik modullarning 90% bozorini kristal 
kremniyli modullar tashkil etadi. Tizimning boshqa elementlari turlicha xizmat 
muddatiga ega: akkumulyator batareyalari 2 dan 15 yilgacha, kuch elektronika qismi 
esa 5 dan 20 yilgacha xizmat muddatiga ega.

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin