Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Quyosh fotoelektrik stansiyalarining energetik manbalari



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

6.2. Quyosh fotoelektrik stansiyalarining energetik manbalari 
Quyosh panellari ishonchli elektr energiyasi manbasi bo‘lishi uchun u tizimda 
qo‘shimcha elementlar bilan ta’minlanishi zarur: kabellar, tizimning turiga (tarmoq 
bilan bog‘langan FES, avtonom, rezerv) bog‘liq ravishda struktura, elektron invertor, 
akkumulyator batareyalari to‘plami va zaryad-razryad kontrolleri. Bunday tizim 
butunligicha quyosh fotoelektrik sistema yoki quyosh stansiyasi deb nomlanadi. 
Fotoelektrik sistemalarning 3 ta asosiy turi mavjuddir: 


140 

Odatiy holda alohida uylarning elektr ta’minoti uchun qo‘llaniladigan avtonom 
FES 

Tarmoq bilan bog‘langan FES 

Rezerv FES 
 
Avtonom fotoelektrik tizimlar 
Avtonom fotoelektrik tizimlardan markazlashtirilgan elektr ta’minoti mavjud 
bo‘lmagan joylarda foydalaniladi. Sutkaning tungi vaqtlarida energiya ta’minoti va 
quyosh yaxshi nur sochmagan vaqtlar uchun akkumulyator batareyasi (AB) zarur. 
Avtonom fotoelektrik tizimlar alohida uylarning elektr ta’minoti uchun tez-tez 
qo‘llaniladi. Kichik tizimlar asosiy yuklamani ta’minlashi mumkin (yoritish manbai, 
ba’zan televizor yoki radio), o‘ta quvvatli tizimlar suv nasosi, radiostansiya, 
muzlatgich, elektrojihozlar va boshqalar. Bunday tizim quyidagilardan tashkil topgan 
(6.2-rasm).
Tarmoq bilan ulangan quyosh fotoelektrik tizimlari 
Markazlashtirilgan elektr ta’minot manbalari mavjud bo‘lsa ham, gohida toza 
elektr energiya manbaidan foydalanishga hoxish bo‘ladi, bunda quyosh panellari 
tarmoq bilan ulangan bo‘ladi. Yetarli miqdordagi quyosh panellari bir biri bilan 
ulanganda yuklamaning bir qismi uyda quyosh elektr energiyasidan ta’minlanishi 
mumkin. Tarmoq bilan ulangan fotoelektrik tizimlar odatda bir yoki bir nechta 
panellardan va invertor, kabellar, qo‘llab-quvvatlovchi tizim va elektrik yuklamadan 
iborat bo‘ladi (6.3-rasm).


141 
6.2-rasm

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin