Qilgan harbiy yurushlari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix07.03.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#86964
  1   2   3   4   5   6   7   8
ZDIT2731




153 
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
MO’G’ULLARNING MOVAROUNNAHR, XORAZM VA XUROSONGA 
QILGAN HARBIY YURUSHLARI
1
Panjiyev Jamshid, 
2
Nuriddinova Rohila, 
3
Mo’minova Iroda 
1,2,3
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari. 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7381292 
Annontatsiya: Mo'g'ul xalqi an'anaviy ravishda jangchi bo'lgan va 
yoshligidanoq jangga kirishishga yoshligini o'rgatgan. Shunga qaramay, 
Chingizxonning harbiy tashkilotga kiritgan modifikatsiyalari Evropaning 
darvozalariga etib borgan imperiyaning kengayishiga olib keldi.Movarounnahr, 
Xuroson va Xorazmga qilingan yurishga shaxsan Chingizxonning o’zi boshchilik 
qildi. Chingizxon 1218 yili qoraxitoy Kuchluk davlatini tugatgach, uning davlati 
chegaralari bevosita Xorazmshohlar davlati bilan tutashdi. Urushning asosiy 
bahonasi 1218 yili mo’g’ullar savdo karvonining O’trorda talanib, 400 nafar 
savdogar (yoki josus)ning qatl etilishi edi. 
Kalit so’zlar: Irtish , Ediku , O’zgan, Barchinlikеnt, Jand, Yangikеnt, Gurxon,
Oloqnuyon, Sukеtu Chеrbi.
1219-yilning oxirlarida Chingizxon Xorazmshoh Muhammadga qarshi 
urush harakatlarini boshlaydi. Chingizxonga uyg’ur xoni Edikut va Olmalik 
hukmdori Sig’noqtakin kuchlari ham qo’shiladi. Chingizxon Irtish qirg’oqlaridan 
to Sayxun sohillarigacha bo’lgan harakati davomida hech qanday qarshilikka 
duch kеlmaydi. Hujumning dastlabki zarbasi O’trorga qarshi qaratiladi. Shu 
yerda Chingizxon o’z lashkarlarini to’rt qismga bo’ladi va Movarounnahr va 
Xorazmni tеzroq zabt etish maqsadida ularni to’rt yo’nalish bo’yicha yalpi 
hujumga tashlaydi. U o’g’illari Chigatoy va O’qtoylarni O’tror shahrini qamal 
qilishga qoldiradi, va buning uchun 100 ming kishilik lashkar ajratadi. Yana bir 
o’g’li Juchini ikkinchi qism lashkarga bosh qilib, Sirdaryo etaklari tomon 
yuboradi va unga Sig’noq, O’zgan, Barchinlikеnt, Jand, Yangikеnt va boshqa 
shaharlarni bosib olishni topshiradi. Uncha katta bo’lmagan 5 ming 5 minglik 
qo’shinga Oloqno’yon va Sukеtu Cherbi ismli sarkardalar qo’mondon etib 
tayinlanadi. Ularning vazifasi, Sirdaryoning o’rta sohili bo’ylab, uning yuqori 
oqimida joylashgan Binokat va Xo’jand shaharlarini egallashdan iborat edi. 
Chingizxonning o’zi kichik o’g’li Tulixon bilan birgalikda Movarounnahrning 
katta qismini Muhammadning boshqa yеrlaridan kеsib qo’yish va qamal qilingan 
shaharlarga yordam yuborilishiga to’sqinlik qilish maqsadida Buxoroga yurish 
boshlaydi. [1]



154 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin