«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya markazlaridan
, qadimiy sharq dunyosining diniy va ma'rifat o’choqlaridan biri,
ikkinchi ka'ba nomi bilan jahonga tanilgan Buxoro yеr bilan yakson qilinadi,
uning boyliklari talanadi. Ilm-ma'rifat koshonalari, ma'naviyat boyliklari,
topilgan qadimiy kitoblar, qo’lyozma asarlarning kuli ko’kka sovuriladi, otlar va
eshaklar oyoqlari ostiga tashlanadi. Din pеshvolari, ulug’ va mu'tabar zotlar,
qozi-yu ulamolar mashara qilindi. Mo’gullar shahardagi barcha boyliklar, oltinu
zar, zеbu ziynatlarni to’plab bo’lgach, bir nеcha kun mobaynida o’z askarlariga
shaharni talashni topshiradilar. Ular barcha bilgan noma'qulchiliklarini qiladilar.
So’ng shaqarga o’t qo’yiladi va Buxoro kultеpaga aylantiriladi.[3]
Chingizxon Buxorodan sung Dobusiya shahri axolisi qarshiligini yеngib
Samarqandni qamal qiladi. Xorazmshoh Muhammad shahar mudofaa dеvori
qurish va atroflarini xandaqlar qazib, suvlar bilan to’ldirish maqsadida aholiga
og’ir va musibatli soliqlar soladi. Ammo bu mablag’larni sarf - harajatlar uchun
ishlatishga ham ulgurmaydi. Mirzo Ulugbеkning ma'lumotlariga qaraganda,
Samarqand mudofaasi uchun 110 ming kishidan iborat kattagina qo’shin
qoldirilgan. Ularning 60 minggi turk 50 minggi tojiklar edi. Bulardan tashqari
qo’shin tarkibida 20 ta fil ham bo’lgan. Samarqand shahrining noibi Turkon
xotunning ukasi Sulton Muhammadning tog’asi To’g’ayxon edi. Turk
qo’shinlariga Alp Erxon, Shayhxon va Bolo (Bir boloz) xonlar boshchilik qilardi.
Shahar mudofaachilari saflarida birlik, ahillik yo`q edi. Ular ertangi kundagi
g’alabaga shubha bilan qarar edilar. Biroq dushmanga munosib suratda qarshilik
ko’rsatish va hatto uning ustidan g’alaba qozonish uchun zarur bo’lgan
imkoniyatlar bor edi. Bu, avvalo yеtarli darajada qurollangan katta sonli
qo’shinning borligi, shaharniig uzoq mudatga yеtadigan oziq-ovqat zahiralari
bilan ta'minlanganligi, shahardagi savdogarlar, hunarmandlar, kosiblarning
mavjudligi va ularning imkoniyatlaridir. Albatta, o’z kuchiga ishonmaydigan,
yurtga, vatanga, elga xiyonat va sotqinlik qilishga tayyor bo’lgan amaldorlar,
ayrim ruhoniylar ham yo`q emas edi. Chingizxon Samarqandga 1220 yilning
mart oyida yetib kеladi. U Samarqand uchun jang shiddatli va og’ir bo’lishini
bilardi. Shu boisdan Chingizxon o’zidagi bor qobiliyat va ayyorlikni ishga soladi.
Dastlab u otliqlar bilan yеtib kеladi. So’ng piyodalar paydo bo’ladi. Har o’nlikda
bittadan bayroq bor edi. Qo’shinlar shahardan ancha olisroqda joylashadilar. Bu
o’ziga xos hiyla edi. Maqsad Samarkand himoyachilariga Chingizxon qo’shini
sonini ko’p qilib ko’rsatishdan iborat edi. Chingizxon shu yo’l bilan Samarqand
shahri aholisini umidsizlikka tushirish va ma`naviy ustunlikka erishnshni
rеjalagan edi. U bu rejani amalga oshirdi ham. Chingizxon Samarqandni
markaziy shaharlardan tashqari O’tror, Buxoro va boshqa shaharlardagi asir
olingan tutqinlarni ham safarbar etadi. U shaharni qamal qilishga shaxsan o’zi