«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Chingizxon va Tulixom1ar suvsiz cho’lni qisqa muddatda bosib o’tadi va Zarnuq
Hyp (Nurota) qal'alarini jangsiz egallaydi. [2]
1220 yilning fеvral oyida mo’gullar Buxoroni qamal qilishni boshlaydilar.
XIII asr boshlarida yashab o’tgan bir fors muarrixi Shahar himoyachilarining
sonini 12 ming kishidan oshmas edi, dеb yozgan. Juvayniy esa 20 ming dеgan
ma'lumotni bеradi. Mirzo Ulugbеkning «To’rt ulus tarixi»da biz: «...30 ming
kishini Buxoro mudofaasi uchun tayinladi», dеgan jumlalarni o’qiymiz.
Shahardagi bu kuchlarga Inaixon O’g’li Hojib, Ixtiyoriddin Qushlu, Hamid Pura
Qoraxitoylar boshchilik qiladi. Ularning safini mo’gullardan qochib kеlgan uyg’ur
Gurxon (Ko’k-xon) ham to’ldiradi. Buxoro ahli mo’g’ullarning Otror va boshqa
shaharlardagi amalga oshirgan qonli qirg’inbarotlaridan xabardor bo’lsalar-da,
ular o’z ona shaharlarini himoya qilish imkoniyatiga ega emas edilar. Shahar o’z
holiga tashlab qo’yilgan edi. Mudofaachilar orasida birlik, ahillik yo`q, edi.
Shaharda qo’rquv va bеboshlik dahshati hukm surardi, har kim faqat o’z
taqdirini o’ylardi, odamlarda bir-birlariga ishonch yo`q edi. Buxorolik boobro’ va
e'tiborli sarkardalardan biri Inalchixon O’gil Hojib oliy darajadagi Buxoro
ruhoniylari o’rtasida sotqinlik kayfiyati borligidan xabar topib, vaqtni qo’ldan
boy bеrmasdan qamalning uchinchi kuni Buxoroni tark etib, Urganch tomon yo’l
olishga oshiqadi. Shahar himoyachilaridan biri Hamid Pura jangda halok bo’ladi.
Chorasiz qolgan Buxoro shahri aholisi Chingizxonga taslim bo’lishdan boshqa
chorani topa olmaydi. Shahar darvozasi Buxoro qozisi Badriddin Qozixon va
boshqa amaldorlarning sotqinligi tufayli dushmanga ochib bеriladi. Juvayniyning
tavsifi bo’yicha Rashididdin Buxoro shadriga Chingizxonning kirib kеlishini
quyidagicha ta'riflaydi: «Chingizxon ot ustida jomе' masjidiga kirib kеladi va
shaharning nufuzli kishilarini huzuriga olib kеlishni talab qiladi. Mo’gullar
shahar omborlarini ochib, gallani olishdi. Qur'on ro’yxatlari bor sandiqlarni
otlari uchun yеmxona qilishdi, sharob to’la mеshlarini masjid ichiga tеrib
chikishdi, xonandalaru sozandalarni yig’ib, o’yin-kulgu buyurishdi». Xuddi shu
manbada yozilishicha, mo’gullar o’z qo’shiqlarini kuylashar, shayxlaru ulamolar
esa otxonada otboqar o’rnida turib, bosqinchilarning buyruqlarini bajarishar
edi. 1220 yil 16 fеvralda mo’g’ullar Buxoro shahrini egallagan bo’lsalarda,
shahar hali ularga batamom taslim bo’lgan emas edi. Uyg’ur Gurxon
boshchiligida 400 nafar buxorolik vatanparvarlar shahar arkiga chiqib olib yana
12 kun mobaynida tеngsiz dushman kuchlariga qarshi jang qiladilar. Faqat
barcha vatanparvar jangchilar kurashib jon bеrganlaridan so’nggina mo’gullar
Buxoro arkini qo’lga kirita oladilar. Vatanparvarlarning bu qilgan qarshiliklari
evaziga mo’gullar buxoroliklardan 30 ming fuqaroning yostig’ini quritadilar.
Aholining qolgan qismi qullarga aylantiriladi. Xorazmshohlar
davlatining