Qishloq aholi



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

7-jadval
Qishloq aholi punktlarining toifasi
Aholi soni, kishi
Yirik
3000-5000 va ko'proq
Katta
1000 dan 3000 gacha
O'rta
200 dan 1000 gacha
Kichik
100 gacha
87


Xo'jalik ichidagi joylashuv tizimini takomillashtirish quyidagi 
prinsiplar asosida amalga oshirilishi lozim:
-tarixiy qaror topgan aholi punktlarini, ularning istiqboldagi 
funksiyalarini hisobga olgan holda, imkon qadar saqlab qolish;
-markaziy aholi punktlari: xo‘jaliklar markazlari, ishlab chiqarish 
bo'linmalari, fermer xo‘jaliklari va qo‘rg‘onchalami belgilab berish;
-kommunikatsiyalar va asosiy (markaziy) posyolkalar - ishlab 
chiqarish va madaniy-maishiy obyektlar jamlangan joylar atrofiga 
qishloqlami guruhlashni takomillashtirish yo'li bilan qishloqlararo 
aloqalami kuchaytirish vositasida yagona joylashuv tizimini shakl- 
lantirish;
-joylashuv tuzilmasini shakllantirish bo‘yicha rekonstruksiya 
chora-tadbirlarini amalga oshirish ketma-ketligini belgilash;
-mehnat va madaniy-maishiy aloqalar yo'nalishlarini belgilash; 
-mehnatkashlaming ish joylariga qatnashi uchun eng kam vaqt 
sarflanashini, shuningdek, aholiga madaniy-maishiy xizmat ko'rsa- 
tishni rivojlantirish va ular dam olishi uchun qulay shart-sharoitlami 
ta ’minlash;
-amaldagi sanitariya-gigiyena, tabiatni muhofaza qilish va boshqa 
me’yorlar hamda talablarga rioya qilish;
-yangi qishloq aholi punktlarini qurish uchun hudud 2-3 ta 
maydoncha uchun tabiiy va sanitariya-gigiyenik xarakteristikalari, ular 
o'zlashtirilishining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, jumladan qishloq 
xo'jalik yerlarini muomaladan chiqarish bilan bogMiq yo'qotishlar 
hisobga olingan tahlil va taqqoslashlar asosida tanlanishi lozim;
Yangi qurilish uchun rekonstruksiya amalga oshirilayotgan 
sharoitlarda ichki hududiy zaxiralar: bo‘sh yerlar va eski imoratlar 
bilan band maydonlar, aholi istiqomat qilish joylaridan ishlab 
chiqarish binolari chiqarilganidan keyin bo'shagan yer uchastkalari, 
xo'jalik maqsadlarida foydalanilganidan so'ng tartibga solingan 
(rekultivatsiya qilingan karyerlar, sug'orish va drenaj tarmoqlarini 
tartibga solinishidan keyin tuptoq bilan to'ldirilgan handaq va 
transheyalar); muhandislik tayyorgarlikdan noqulay holatga kelgan 
yerlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Hovlilar (oilalar) soni, odatda, oilaning o'rtacha tarkibidan kelib 
chiqqan 
holda 
belgilanadi 
(13-14-jadvallar), 
agar 
qaysidir 
xo'jaliklarda jiddiy chetlanishlar bo'lsa (farqlanish viloyat bo'yicha
88


o'rtacha ko'rsatkichlardan 23% dan ko'prog'ini tashkil qilsa), u holda 
oilaning mavjud o ‘rtacha tarkibi qabul qilinadi.
Uy xo'jaligiga qarashli tomorqa yer maydonining o'lchamlari 
jamoa xo‘jaligi (qishloq xo‘jalik korxonasi) ustavida belgilangan 
normalarga muvofiq qabul qilinadi.
Posyolka (turar-joy va ishlab chiqarish zonasi)ning umumiy 
maydonini har bir uy xo‘jaligiga qarashli tomorqa yerlarining umumiy 
maydoniga quyidagi koeffitsiyentlami qo‘llab turib aniqlanadi: 
-tomorqa uchastkasining oMchami 0,08 ga boMsa - К = 2,0-2,5; 
-tomorqa uchastkasining oMchami 0,09-0,15 ga boMsa - К = 1,8-2,0; 
-tomorqa uchastkasining oMchami 0,16-0,20 ga boMsa - К = 1,3-1,5; 
Ushbu koeffitsiyentlaming yuqori chegaralari qishloq xo'jalik 
korxonasining markazi hisoblangan aholi punktlari, shuningdek yangi 
sug'orish hududlarda yangi tashkil etilgan xo'jaliklar maydonini 
belgilashda, quyi chegaralari esa-esk id a n mavjud xo'jaliklar va 
yordamchi qo'rg'onchalar maydonlarini belgilashda qoMlaniladi.
Posyolkalar uchun ajratilayotgan hudud uning aholi istiqomat 
qiluvchi maydonidagi barcha elementlami, ulami hududiy jihatdan 
rivojlanishini hisobga olgan holda joylashtirish uchun yetarlicha 
oMchamlarga ega boMishi kerak.
A holi istiq o m at qiluvchi h u d u d n i hisoblash
__________________________________________

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin