74
R, = 10-25km; 30-45 min
R .= 10-25km; 3 0 4 5 min
R„= 10-25km; 30-45 min
2.3.1-rasm. Joylashuvning hududiy-iyerarxiya tuzilmasi modeli
75
Joylashuvning mahalliy tizimining rejali tuzilmasida mahalliy
markazning intensiv mehnat va madaniy-maishiy ta’sir zonasidan
tashqari taxminan 15-25 km radiusda ikkinchi zona ham shakllanish
ehtimoli ham bor. Bu zonada ham mahalliy markazning madaniy-
maishiy ta’siri seziladi.
Hozirgi kunda mahalliy markazning intensiv ta’siri zonasida
joylashgan qishloq aholi punktlari jadal rivojlanishini va ikkinchi
zonadagi qishloq aholi punktlaridag aholi soni barqarorlashganini
kuzatish mumkin. Bu holatni markazga yaqin joylashgan aholi
punktlari markazdan uzoqdagi aholi punktlariga qaraganda ko'proq
qulayliklarga ega boMishlari bilan izohlash mumkin. Ular, odatda,
aholisini yo‘qotmaydi, aksincha, bunday aholi punktlaridagi aholi soni
ko'payadi. Undan tashqari, tuman markazlari ta’sir zonaiaridagi
joylashuvga nisbatan yirik posyolkalar ulushining ortishi, qishloq
xo‘jalikka ixtisoslashmagan aholi punktlari sonining ko‘payishi,
aholining xo‘jaliklar qoshidagi posyolkalarda ko'proq jamlanishi,
ixtisoslashgan obyektlar (parrandachilik fermalari, chorvachilik
komplekslari, issiqxona xo'jaliklari va h.k.) qoshidagi qishloq aholi
punktlari tarmoqlarining shakllanishi kabi tendensiyalar xosdir.
Joylashuvning mahalliy tizimlari shakllanishi bosqichida ikkinchi
zonadan tashqarida, tumanning chekka hududlarida joylashgan qishloq
aholi punktlarining soni qisqarish tendensiyasiga ega boMadilar.
Kelgusida bu tendensiya shunday holatga olib kelishi mumkinki,
joylashuvning amaldagi zonasi butun tuman yoki tumanlar guruhi
maydonidan kichikroq boMib qoladi. Shakllangan joylashuvning u
yoki bu tumandagi sharoitlari va rivojlanishiga ko'ra joylashuvning
maxsus zonasini ajratish mumkin va maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ana
shu zonadan tashqarida o ‘ziga xos xususiyatlarga ega zonalar
shakllanishi mumkin. Masalan, bu zonalarda aholi doimiy istiqomat
qilishi uchun o‘rinlar soni kam boMishi mumkin. Ushbu zonalarda
turar-joy binolari deyarli boMmagan ishlab chiqarish obyektlari
rivojlanadilar. Joylashuvning mahalliy tizimlarini rejali tuzilmasida
alohida joylashuv zonalarini ajratish loyihalash amaliyotida mahalliy
markazga nisbatan hisoblangan joylashuv radiusining o ‘rtacha
ko'rsatkichlari masalasini ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi.
Tuman markazlari yaqinidagi qishloq aholi punktlarining
rivojlanish tendensiyasi, xususan, hatto kichik posyolkalarda ham
aholi sonining o ‘sishi shuni ko‘rsatayaptiki, mahalliy markazning
76
intensiv ta’siri mavjud boMgan sharoitlarda lokal hududiy joylashuv
birliklarining elementlari boMgan qishloqlami oMchamlari sezilarli
ahamiyatga ega boMmaydi, ba'zi holatlarda esa ancha kichik ham
boMishi mumkin. Joylashuv zonasining chekka qismlari esa, aksincha,
yetarlicha yirik elementlardan shakllanishi lozim, bu zonalarda
mahalliy markazda band boMgan aholi ulushi markaziy zonadagiga
qaraganda ancha kamroq boMib, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi
tarkibiga davriy xizmat ko‘rsatish muassasalarining ba’zilari kiritiladi.
Shunday qilib, mahalliy tizimlarning rejali tuzilmasida, kelgusida
esa, lokal hududiy joylashuv birliklarida ham intensiv joylashuv
zonalari hamda faqat xo'jalik nuqtayi nazarida o ‘zlashtiriladigan
zonalar shakllanib boradi.
Joylashuvning mahalliy tizimlarini rejali tuzilmasi shakllanishi
ularning chegarasida yagona kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil
etilishi bilan uzviy bogMiq. Bugungi kunda qishloq hududlaridagi
kommunikatsiyalar tarmogM (yoMlar, aloqa, elektr ta ’minot, gaz va
suv ta’minoti, kanalizatsiya) yaxshi rivojlanmagan. Hattoki, ba’zi
tuman
markazlarida ushbu tarmoqlaming rivojlanish darajasi
zamonaviy talablarga javob bermaydi. Qishloq aholi punktlarida esa
gaz va suv ta'minoti tarmoqlari rivojlanishi endi boshlanayapti.
Qishloq joylardagi
yoMlaming
aksariyat
qismi
asfalt
bilan
qoplanmagan. ularda harakatlanish vaqt va mablagMar ortiqcha
sarflanishiga
sabab
boMmoqda.
Yagona
kommunikatsiya
infratuzilmasini rivojlantirish xo‘jaliklami o ‘zgartirish va mahalliy
miqyosidagi joylashuv tizimlarini tashkil qilish uchun asosiy yo‘nalish
hisoblanadi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib joylashuvning mahalliy
tizimlari tuzilmasini shakllantirishning quyidagi asosiy jihatlami (ular
markazlarni rejali tashkil etishning muhim omillari sifatida ham
ko‘rilishi mumkin) ajratish mumkin:
asosan ma’muriy tuman yoki tumanning bir qismi (lokal hududiy
joylashuv birliklari) chegaralarida shakllanuvchi o ‘zaro bogMiq aholi
punktlari rivojlanishidagi ishlab chiqarish, transport, ijtimoiy-madaniy
va boshqa omillari yagonaligini ortishi mahalliy tizimlar hamda
ularning markazlarini tuzilmaviy-rejali tashkil qilish masalaiarini hal
qilish zaruratini, ularning hududiy rivojlanishi xususiyatlari va
yo‘nalishlarini belgilashni. turar-joy hududlarini, agrar-sanoat va agrar
korxonalarni, xizmat ko‘rsatish va dam olish markazlari va alohida
77
muassasalarni, transport va muhandislik obyektlarini joylashtirish
masalalarini nafaqat alohida aholi punktlari va markazlar, balki butun
tizimning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi nuqtayi nazarida shartlab
beradi;
joylashuvning mahalliy tizimlari hududlarini markaziy aholi
punktiga nisbatan mintaqaviy zonalash markaz va boshqa aholi
punktlari tuzilmasini belgilab beruvchi muhim omil vazifasini
bajaradi;
transport, aloqa va qishloqlararo muhandislik kommunikatsiyalari
tarmoqlaridan tashkil topgan yagona mahalliy kommunikatsiya
infratuzilmasi tizim markazi va uning tashqi zonasi tuzilmasida,
barcha tizimlar kelishilgan holda rivojlanishi va hududlardan samarali
foydalanish maqsadida, ushbu infratuzilmaning asosiy va chiziqli
obyektlari uchun tegishli zona va uchastkalar ajratish yo'li bilan uni
maxsus reja asosida tashkil etilishini talab qiladi;
joylashuvning mahalliy tizimlari uchun xos bo'lgan tarqoq rejali
tuzilmaiar sharoitlarida ushbu tizimning ijtimoiy-iqtisodiy samarador-
ligining zarur darajasini ta’minlash uning asosiy iqtisodiy va ijtimoiy
madaniy potensialini joylashuv zonasining markazida jamlanishini
nazarda tutadi. Qishloqlararo kommunikatsiyalar zichligi yuqori
bo'lgan sharoitlarda madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish obyektlari va
ko'p mehnat talab qiluvchi yoki kommunikatsiya infratuzilmasi bilan
yaqindan bog'langan ishlab chiqarish obyektlari aynan shu markaziy
hududlarda joylashtiriladi.
T a k ro rla s h uchun sav o llar:
1. Joylashuvning mahalliy tizimlarini fimksional va rejali tuzil
malari shakllanishining qaysi jihatlari muhim hisoblanadi?
2. Mahalliy markaz va istiqbolli qishloq aholi punktlarining
fimksional tuzilmalari murakkablashishi va takomillashishiga qaysi
omil ko'maklashadi?
3. Istiqbolli joylashuv, joylashuvning mahalliy tizimlari va aholi
punktlarining rejali tashkil etilishiga qaysi tendensiyalar bevosita ta’sir
ko'rsatadi?
4. Joylashuvning shakllanayotgan mahalliy tizimlarining shahar-
sozlik nuqtayi nazaridagi yaxlitligini va istiqbolda ularga asoslangan
yangi, shaharsozlik nuqtai nazarda yagona tu zilm aiar-lo k al hududiy
78
joylashuv birliklari paydo boMishini qaysi tendensiyalar shartlab
beradi (2.3.1-rasm)?
5. «Loterwdegan atama nimani anglatadi?
6. Tuman markazining «intensiv ta’sir zonasi» degan tushuncha-
ning mohiyati nimadan iborat?
7. Tuman markazining ikkinchi ta ’sir zonasi qanday ta ’riflanadi?
2.4. Q ishloq fu q a ro la r y ig ‘ini - jo y lashtirish b o 'yicha m ahalliy
tizim larin in g tuzilm aviy elem enti («loter»)
0 ‘zbekiston
Respublikasining
«Fuqarolaming
o‘zini
o‘zi
boshqarish organlari to‘g ‘risida»gi Qonunida shaharchalar, qishloqlar
va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi. qishloqlardagi
hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlari fuqarolaming o ‘zini
o ‘zi boshqarish organlari deb belgilangan.
0 ‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarga jamiyat va davlat
ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqlarini amalga oshirishda
ko'mak beradilar, o‘z hududidagi ijtimoiy va xo‘jalik masalalarini hal
qilish, madaniy-ommaviy tadbirlami o‘tkazish maqsadida fuqarolami
birlashtiradi, 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 0 ‘zbekiston Res-
publikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, Xalq deputatlari
kengashlari va hokimlar qarorlarini ijro etishda davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlariga yordam beradi.
0 ‘zini o ‘zi boshqarish organlari hududiy prinsip asosida tashkil
etiladilar.
Fuqarolar yig‘ini:
fuqarolar yig‘inining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini,
tegishli hudud doirasida obodonlashtirishga, ko'kalamzorlashtirishga
va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini
tasdiqlaydi;
fuqarolar yig‘ini kengashi raisi (oqsoqoli) va maslahatchilari
faoliyatining asosiy yO‘nalishlarini
belgilaydi,
ulaming yillik
hisobotlarini eshitadi;
o‘z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun
ixtiyoriylik asosida aholi, mulkchilikning turli shakllari asosida
faoliyat yurituvchi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar mablagMarini
yig‘ish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
79
pul mablagMari sarflanishini nazorat qiladi, zarur hollarda taftish
komissiyasini tuzadi va u to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
o‘z hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik
faoliyati subyektlarini, shu jumladan sartaroshxonalar, poyabzal
ta ’mirlash va tikish bo‘yicha ustaxonalar, xalq hunartnandchiligi
sexlarini tashkil etish masalalarini ko'rib chiqadi;
ma’muriy-hududiy birliklar, mahallalaming chegaralarini o ‘zgar-
tirish, mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va boshqa obyektlarga nom
berish va ularning nomini o ‘zgartirish haqida tegishli davlat
organlariga iltimosnomalar kiritadi;
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarga muvofiq boshqa
vakolatlami amalga oshiradi.
Posyolka, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini rais (oqsoqol)ning
shaxsiy tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratilishi,
to ‘g‘risidagi taqdimotlarini tasdiqlaydi;
Posyolka, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini 0 ‘zbekiston Respub
likasi qonunchiligiga muvofiq yer ajratish bilan bogMiq boshqa
masalalami ham hal qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida aholisining soni 5 ming kishidan
ortiq boMgan 228 ta, aholisining soni 5 ming kishigacha boMgan 808
ta qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlari ro‘yxatga olingan.
Ш bob. Q IS H L O Q F U Q A R O L A R Y IG 'IN I HU DU DINI
M E ’M O R IY -R E JA V IY T A S H K IL E T IS H
3.1. Q ishloq fu q a ro la r v ig'in ini kom pleks h u du diy -rejali
tashk il etilishning d a stla b k i s h a rtla ri
2012 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasida
10700 daii ortiq qishloq aholi punktlari mavjud. Ularning aksariyat
qismi tarixiy shakllangan aholi punktlari hisoblanadi. Biroq, so'nggi
o'n villikda chorvachilik fermalari, boshqa ishlab chiqarish obyektlari
qoshida bir qancha mayda qishloq aholi punktlari paydo bo'lib, ular
tartibsiz, bosh rejasiz tashkil qilindi. Lilarda obodonlashtirish ish lari
amalga oshirilmaydi, kundalik xizmat ko'rsatish va maktab ta’limi,
tibbiy va kommunal-maishiy xizmat muassasalari qurilmaydi. Bunday
vaziyat xavotirli bo'lib, unga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Undan tashqari,
bu qishloq aholi punktlarida obyektlaming bosh rejasiz qurilishi yer
resurslaridan samarasiz foydalanish kabi salbiy holatlarga olib keladi.
Bosh rejalami «donalab» ishlab chiqish bo'yicha ko'p yillik
amaliyot shuni ko'rsatayaptiki, alohida qishloq aholi punkti uchun
bosh reja ishlab chiqilishida bir qator eng muhim masalalar hal
qilinmay qolib ketar ekan. Bunday masalalar qatoriga quyidagilarni
kiritish mumkin:
-alohida qishloq aholi punktini loyihalashtirish va qurilishi butun
hudud va qishloq fuqarolar yig'ini obyektlari bilan o'zaro
bog'lanishlarsiz ko'rib chiqiladi;
joylashuv va ish joylashtirish, butun qishloq fuqarolar yig'ini
bo'yicha ijtimoiy va muhandislik infratuzilmani shakllantirish;
-yer tuzish, yo'l tarmog'i va ishlab chiqarish obyektlari bo'yicha
xo'jalik ichidagi ishlanmalami hisobga blish mezonlari yo'q;
-qishloq xo'jaligi va ishlab chiqarish faoliyatining boshqa turlarini
istiqbolli rivojlantirishni amalga oshirish bo'yicha iqtisodiy asoslar va
real imkoniyatlar;
butun
qishloq
fuqarolar yig'inidagi
obyektlami
oqilona
joylashtirish va bir qator boshqa muammolar.
81
Shu sabablarga ко'га, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda
yangi metodlarga o ‘tish zarurati yuzaga keldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2009 yil 26
yanvar 1046-son qarori bilan tasdiqlangan «Qishloq rivojlanishi va
farovonligi yili» Davlat dasturida qishloq qiyofasini sifat jihatdan
yaxshilash, rivojlanish va arxitektura - reja asosida qurilish bosh
sxemalariga muvofiq qishloq aholi punktlari qurilishi, qishloqdagi
turar-joy va ijtimoiy soha obyektlari namunaviy loyihalar bo'yicha
barpo etilishini nazarda tutuvchi qishloq aholi punktlarining
arxitekturaviy rejalashtirilishini tashkil etish va qishloq qurilishini
loyihalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish ko'zda tutilgan.
2012 yil 1 yanvar holatiga ko'ra 0 ‘zbekiston Respublikasida 1509
ta qishloq fuqarolar yig‘ini mavjud boMib, ularning tarkibida jami
11820 ta qishloq aholi punktlari bor.
Qishloq aholi punktlarini qisqa muddatiarda va kam xarajatlar
bilan, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi rivojlanishini, qishloq
infratuzilmasini yaxshilashni hisobga olgan holda shaharsozlik
hujjatlari bilan ta’minlash uchun bosh rejalami «donalab» ishlab
chiqishdan qishloq fuqarolar yig‘ini hududini me’moriy-rejali
tashkillashtirish (HMRT) bo‘yicha kompleks loyihasini ishlab
chiqishga o ‘tish zarur. Ushbu loyihada qishloq fuqarolar yig‘ini
hududidagi barcha qishloq aholi punktlarining sxematik bosh rejalari
ishlab chiqiladi, yer resurslaridan oqilona foydalanish, uy-joy fondi,
ijtimoiy va muhandislik infratuzilma masalalari hal qilinadi.
HMRT loyihasi - kompleks shaharsozlik hujjati boMib, har bir
aholi punktining rivojlanish istiqbollari yechimi uchun asos bo'lib
xizmat qiladi. U qishloq fuqarolar yig‘ini yoki qishloq xo'jalik
korxonasining butun hududi, jumladan qishloq aholi punktlari, ishlab
chiqarish hududlari, muhandislik inshootlari uchastkalari, qishloq
xo'jalik yerlari va sh.k. uchun ishlab chiqiladi. Bu hujjat ijtimoiy-
iqtisodiy zarurati tasdiqlanmagan obyektlar qurilishini istisno qiladi
va, nihoyat, qishloq fuqarolar yig'ini hududining me’moriy-rejali
tashkillashtirish loyihasi ushbu yig‘in hududida joylashgan barcha
qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqishdan
arzonroqdir.
82
Ishlab chiqarish obyektlari va fermer xo'jaliklarining xo'jaliklar
ichidagi tarmog'ini shakllantirish.
Ishlab chiqarish obyektlarining joylashtirilishi ishlab chiqarishga
oid faoliyatni puxta iqtisodiy tahlil etish asosida va qabul qilingan
joylashtirish tizimiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ishlab chiqarishga moMjallangan obyektlarning ixtisoslashuvi
qishloq xo‘jaligi korxonasining xo‘jalik faoliyati yo‘nalishlarini
(paxtachilik, g'allakorlik, sholikorlik, bog‘dorchilik, chorvachilik va
boshq.) hisobga olgan holda belgilanadi.
Atrof muhitga zararli chiqitlami va ifloslantiruvchi moddalami
chiqarish manbalari hisoblangan texnologik jarayonlarga ega ishlab
chiqarish obyektlari aholi istiqomat qiluvchi hududlardan sanitariya
himoyalash mintaqalari (zonalari) bilan ajratilishi lozim.
Ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun uchastkalarni ajratishda
aholi punktlarini sanitariya himoyalash zonalarini tashkil etishni
hisobga olish zarur.
Ishlab chiqarish obyektlarining xo‘ialiklar ichidagi tarmog‘ini
shakllantirish. Ishlab chiqarish va xo‘jalik qurilishini joylashtirishda
quyidagi shart-sharoitlami hisobga olish zarur:
-qurilish va foydalanishga minimal xarajatlar sarflanishi imko-
niyati;
-qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni tashkil etishning qulayligi va
tejamliligi;
-aholiga xizmat ko‘rsatishning qulayligi va tejamliligi;
•ishlab chiqarish boshqaruvining qulayligi.
Ishlab chiqarish va xo‘jalik qurilishi uchun uchastkalarni tan-
lashda ishlab chiqarishni xo‘jalikning istiqbolli rejalariga muvofiq
kengaytirilishi imkoniyatlari hisobga olinib, zaxira hududlari bo‘lishi-
ni ko'zda tutish lozim.
Ishlab chiqarish-texnik alomatlarga ko‘ra barcha Xo'jalik imorat-
larini quyidagilarga bo'linadi:
a)
ta'mirlash-xo’jalik uchastkalari. ularning tarkibiga qishloq
xo‘jalik mashinalariga xizmat ko‘rsatish, garajlar, otxonalar, moddiy
boyliklar saqlanadigan omborxonalar va shu kabi obyektlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |