Takrorlash uchun savollar:
1. Qishloq joylardagi aholini joylashtirishdagi eng muhim ijtimoiy
mezon deb qaysi holatlar hisoblanadi?
2. Joylashuv
rivojlanishining
obyektiv-tarixiy
jarayonidagi
ijtimoiy-iqtisodiy izchillik nimadan iborat?
3 . 0 ‘zaro bogMangan shahar va qishloq aholi punktlari guruhlari
shakllanishining mohiyati nimalardan iborat?
4. Joylashuv tizimidagi shahar va qishloq aholi punktlari, aholi
soni ko‘payishidan tashqari, yana nimalar, qaysi omillar hisobiga
rivojlanishi mumkin?
5. Shakllanayotgan
joylashuv
tizimlari
uchun
tuzilmaviy-
funksional elementlar sifatida e ’tirof etilayotgan shahar va qishloq
aholi punktlarining vujudga kelishidan qanday natijalami kuzatish
mumkin?
6. «Mayatniksimon migratsiya» atamasi nimani anglatadi?
46
7.Rivojlanayotgan transport infratuzilmasi shahar yaqinida joy-
lashgan qishloq joylarda yashovchi ahoiini nimalar bilan ta’minlaydi?
8. Shahardan tashqaridagi aholi punktlari tizimiga kiruvchi
aholining shaharga qatnashida joylashuv uzoqligini baholashda qaysi
mezon qabul qilingan?
9. Shahar va qishloq aholisi joylashtirilishining o ‘zaro bogMiq va
bir-birini toMdirib turuvchi ikkita tizim osti tuzilmalari tashkil topishi
jarayonida muayyan shart-sharoitlar yuzaga keladi. Ushbu shart-
sharoitlar nimalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratib
beradi?
1.6. Qishloq turmush tarzining o ‘zgarishi
O'zbekiston aholisining taxminan yarmisi qishloqda yashaydi va
mamlakat ravnaqi va farovonligi aynan qishloq kelajagiga bogMiq.
Davlatimiz rahbari ham qishloqda yangitdan shakllanayotgan mulkiy
munosabatlarga,
o ‘rta
sinf vakillari - mulkdorlar,
tadbirkorlar,
ishbilainonlarga bejizga alohida urg'u bermagan.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish tuzilmasi
bo‘yicha yalpi ko‘rsatkichlarda dehqon xo'jaliklarining ulushi 63,7%
ni (2010 yil yanvar-dekabr oylarida - 62,9% ni), fermer xo‘jalik-
larining ulushi - 34,1% ni (2010 yil yanvar-dekabr oylarida -
35,0% ni), qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi - 2,2% (2010 yil
yanvar-dekabr oylarida - 2,1% ni) tashkil qilgan.
Statistika bo‘yicha 2008 yilning 1 oktabr holati bo'yicha
0 ‘zbekistonda 218 mingta fermer xo‘jaligi ishlagan. Ular tarkibida 1,7
mln.dan ortiq kishi ish bilan band boMgan, har bir xo'jalikka o'rtacha
hisobda 27 gektardan yer maydoni to‘g‘ri kelgan. Dehqon
xo‘jaliklarining umumiy soni taxminan 4,6 mln.ga teng boMgan.
So‘nggi yillarda fermer va dehqon xo‘jaliklari 0 ‘zbekiston agrar
sektorining asosiy ishlab chiqarish kuchiga aylandilar. Statistikaga
ko‘ra, 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 65 foizi dehqon
xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgan. Fermerlarning ulushi 33,1% ni tashkil
qilgan, qolgan qismi esa shirkatlar tomonidan yetishtirilgan.
Avvalgi yillarda boMgani kabi qishloqda sanoat ishlab chiqarish
va qurilishni rivojlantirish, ixcham qayta ishlash korxonalarini
47
yaratish, xizmat ko'rsatish va servis sohasini takomillashtirish
bo'yicha davlat dasturi qabul qilinadi.
Qishloqni qayta qurish qishloq aholisi turmush tarzini, y a’ni
aholining tashqi muhit bilan belgilanadigan faoliyat turlari va qishloq
aholisining o'ziga xos xususiyatlarini birlashtiruvchi tizimni o'zgartir-
masdan turib amalga oshmaydi. Amaliyot va ilmiy tadqiqotlar shuni
ko'rsatdiki, qishloq turmush tarzi quyidagi asosiy faoliyat turlaridan
iborat: ijtimoiy ishlab chiqarishdagi mehnat, shaxsiy tomorqadagi
mehnat, maishiy faoliyat, ta'lim va malaka oshirish bilan bog'liq
faoliyat, madaniyat va hordiq chiqarish sohasidagi mashg'ulotlar,
jamoatchilik ishi.
Ijtimoiy
ishlab
chiqarishdagi
mehnat.
Mehnat
sohasida
qondiriladigan ehtiyojlar, odatda, mehnatdan qoniqish darajasi va
korxonani, ish o'm ini, kasbni o'zgartirish imkoniyati (yoki uning
yo'qligi) bilan belgilanadi. Mehnatdan qoniqmaslik, birinchi navbatda,
mehnat sharoitlari bilan va, ikkinchi navbatda. mehnatning mazmuni
bilan bog'liq. O'zbekistondagi qishloq mehnatkashlarining mehnat
sharoitlari bugungi kunda yengil emas - odamlar ko'p vaqtlarini ochiq
havoda, noqulay muhitda o'tkazishga majburlar: qishloq xo'jalik
mashinalarining konstruksiyasi doim ham respublikadagi iqlimiy
sharoitlami hisobga olmaydi va ishlash uchun yetarlicha qulay emas;
xo'jaliklaming hammasida ham texnikani ta'mirlash uchun tegishli
sharoitlar yaratilmagan; ishlab chiqarish uchastkalari (dala shiypon-
lari, ta’mirlash ustaxonalari, chorvachilik fermalari va b.) yetarlicha
jihozlanmagan va ularda mehnat qilish uchun tegishli sharoitlar
yaratilmagan. Sanab o'tilgan kamchiliklaming barchasi ishchilaming
samarali mehnat qilishi va dam olishini tashkil qilishga to'sqinlik
qiladi.
Respublikadagi qishloq mehnati mazmunining o'ziga xos xusu-
siyati-jism oniy mehnatning aqliy mehnatdan ustunligi. Sotsiologlar
' tomonidan Farg'ona, Jizzax va Qashqadaryo'viloyatlarida o'tkazgan
tadqiqotlariga ko'ra, qishloq aholisining deyarli 90% jismoniy qo'l
mehnati bilan band ekan. Yana bir alohida jih a t-ish c h ila r orasida
noprofessional mehnat bilan shug'ullanadiganlar sonining ko'pligi.
Bir tomondan, professional mehnatni talab etmaydigan ish o'rinlari
ko‘p bo'lsa, ikkinchi tomondan - maxsus m a’Iumotga ega bo'lgan
ishchilar kam. Aytish lozimki, bu ko'proq ayollarga taalluqli.
48
Ishchi laming taxminan 25% maxsus kurslar yoki kasb-hunar ta'lim
muassasalarida tahsil olgan. Ishchilaming shu darajadagi ma'lumotga
ega boMishi malakali mehnat bilan, xususan, mexanizator bo‘lib
ishlash uchun yetarli hisoblanadi. Undan tashqari, qishloqlarda
aksariyat hollarda bir smenali ish kuni joriy etilgan bo'lib, deyarli
butun kun davomida mehnat qilinadi; ish turlarining deyarli barchasi
m avsum iy-bu qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining o‘ziga xosligi
bilan bogMiq (yoz va kuz fasllarida ish haddan tashqari ko‘p, qishda
esa - bo‘sh vaqt bemalol); dam olish kunlari va mehnat ta’tillaridan,
odatda, foydalanilmaydi (sabablari - ishchi kunlari bo‘yicha belgilan-
gan minimumni majburiy tarzda bajarish va shaxsiy tomorqa
xo'jalikni qarovsiz qoldirmaslik). Lekin, umuman olganda, qishloq
mehnatkashlarining o ‘z faoliyatlari va mehnatlariga boMgan muno-
abatlari ijobiy hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida industrial lash tirish jarayonini yanada jadal-
lashtirish - ijtimoiy ishlab chiqarishdagi mehnatni takomillashtirish
bo'yicha asosiy yo‘nalish boMib xizmat qiladi. Bunda nafaqat ishlab
chiqarish, balki qishloqdagi ijtimoiy muammolar ham hal qilinadi.
Ishlab
chiqarish
uchastkalari,
qishloq
xo‘jalik
komplekslari
rekonstruksiyasi, obodonlashtirilishi, mehnat rejimining tartibga
solinishi, ishning mavsumiy boMishini bartaraf etilishi, mehnatning
a\ tomatlashtirilishi va mexanizatsiyalashtirilishi, malakali ishda band
boMgan ishchilar ulushini ko'paytirish, qishloq xo'jalik texnikasiga
sifatli xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqilishi, rivojlanishi hayotga tatbiq etilishi zamr.
Shaxsiy tomorqa xoMaligidaei mehnat. Zamonaviy sharoitlarda
shaxsiy tomorqa xo‘jaligi obyektiv zarurat boMib, u qishloq joylardagi
oilalaming iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish
manbalaridan biri
hisoblanadi. Shaxsiy tomorqaga ega boMgan har bir uy xo‘jaIigi
yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish orqali oila
budjetiga qo‘shimcha mablagMar kiritadi yoki bu kabi mahsulotlami
savdo tarmogMdan sotib olmaslik hisobiga pullami iqtisod qiladi. 0 ‘z
shaxsiy xo'jaligini yuritish - qishloq turmush tarzining afzalliklaridan
biri boMib, katta, hattoki ko‘p bolali oilalarga, ijtimoiy mehnat orqali
topayotgan daromadlari nisbatan kam boMsada, shaxsiy tomorqa
yordamida topayotgan mablagMari evaziga yetarlicha to‘q va farovon
hayot kechirish imkoniyatini yaratadi.
49
O'zbekistonda sabzavot, kartoshka, chorva mahsulotlarini ishlab
chiqarishda shaxsiy tomorqa xo‘ja!iklarining ahamiyati katta. MDH
mamlakatlaridan farqli oMaroq chorvachilik mahsulotlarini ishlab
chiqarishda
respublikadagi
tomorqa
xo‘jaliklarining
salmog‘i
yuqoriroq. Aynan chorvachilikka mehnat sarflarining asosiy ulushi
(74% gacha) to‘g‘ri keladi. Shaxsiy tomorqa xo‘jaligidagi mehnat
o ‘ziga xos jihatlarga ega, awalambor bu mehnat ko‘p tarmoqli bo‘lib,
turli mehnat qurollari va moslamalarga, tegishli bilim va ko‘nik-
malarga ega boMishni taqozo qiladi. Shu bilan birga, bu mehnat
deyarli mexanizatsiyalashmagan - asosiy ish qo‘l mehnati bilan
bajariladi. Shuning uchun ham bunday mehnat uchun ko‘proq kuch va
vaqt sarflanadi. Bu vaziyat yaylov va o ‘tloqlar, yem-xashak, suv
yetishmasligi tufayli yanada murakkablashib, shaxsiy tomorqa
xo‘jaligini vuritishda qo‘shimcha qiyinchiliklami keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, qishloq aholisi o‘zining tomorqasida qondiradigan
zaruriy ehtiyojlar xilma-xilligi va xo‘jalikning moddiy bazasi, uni
tashkil qilish va yuritishga sarflanadigan mehnat, energiya va
mablag‘lar o ‘rtasida sezilarli ziddiyatlar mavjud. Bu ziddiyatlami
shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarga dehqon, fermer va jam oa xo‘jaliklari
tomonidan ko‘rsatiladigan yordam (bu xo‘jaliklarning shaxsiy
tomorqa xo‘jaliklar bilan kooperatsiyasi, sug‘orish uchun suv, kichik
mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlash, xarajatlari kelgusi hosil
hisobiga qoplanadigan konsentrat yemlar, yem-xashak yetkazib berish
bo'yicha aniq tizim joriy etilishi) hisobiga bartaraf qilish mumkin.
Oilaviy pudrat asosida ishlayotgan xususiy fermalar, uchastkalar,
sexlar, tomorqa uchastkalariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan
tashkilotlar rivojlanadi.
Bu tadbirlaming uzviy ketma-ketlikda amalga oshirilishi
natijasida shaxsiy tomorqadagi mehnat mazmunan o'zgaradi: moddiy
ehtiyojlar asta-sekin psixologik ehtiyojlar bilan almashinib boradi,
iqtisodiy zarurat o'm ini zavqli mehnat bosadi. Bularning hammasi
bo‘sh vaqt budjetini ko‘paytirish, ijtimoiy mehnatga qo‘shimcha
rezervlar jalb qilinishi imkoniyatini beradi, shaxsning barkamol
rivojalanishi uchun sharoitlar yaratiladi. Bu jarayon posyolkalar rejali
tuzilmalaridagi
o‘zgarishlar bilan
kechadi,
xususan,
tomorqa
uchastkalar maydoni qisqaradi, ularning ishlab chiqarish tuzilmasi
50
o'zgaradi, yordamchi xo‘jaliklar - xususiy fermalar, sexlar, oilaviy
yoki ijara pudratiga asoslangan uchastkalar tashkil qilinadi.
Maishiv foolivat. Maishiv faoliyatning o'ziga xos jihatlari ijtimoiy
maqsadlarga ko'ra turlicha mashg'ulotlardan (uy-joy, ovqatlanish,
sog'liq-salomatlik, tegishli sanitariya holatni ushlab turish, uy
jihozlarini (mebel, kiyim-bosh, poyafzal va b.) tutish, madaniy-
maishiy muassasalar xizmatlaridan
foydalanish bilan
bog'liq
yumushlar) iborat.
Uy-joy masalasi maishiy sohadagi eng muhim ehtiyojlardan biri
hisoblanadi. Odatda, alohida xususiy uy-joyga ega bo'lish ko'pchilik
tomonidan asosiy muammo sifatida tan olinadi. Sababi, aynan
shunday uyda inson o 'z oilasi mustaqilligini ta’minlagan mulkdor deb
his qiladi. Undan tashqari, o'ziga tegishli uy va tomorqa uchastkasida
xo'jalik yuritish qulay, uyni o'zgartirish va qayta qurish egasining
xohishiga ko'ra amalga oshiriladi. Qishloqdagi uy-joylaming aksariyat
qismi kommunal qulayliklarga ega emasligini, ularda gaz va ichimlik
suv ta'minoti, markaziy isitish tizimi, kanalizatsiya va issiq suvning
yo'qligini inkor qilib bo'lmaydi. Qishloq aholisi maishiy ehtiyojlarini
qondirish maqsadida shaharliklarga qaraganda ko'proq vaqt va mehnat
sarflaydilar. Bunday holatni uy mehnatining asosiy turlari yetarlicha
mexanizatsiyalashtirilmagani bilan ham izohlasa bo'ladi. Garchi, ba’zi
maishiy texnika bilan ta’minlanganlik darajasi ortib borayotgan
bo'lsada, baribir, suv keltirish, o'tin tayyorlash, chorva mollariga yem
tayyorlash kabi mehnatning og'ir turlari, asosan, qo'lda va ko'p vaqt
sarflangan holda bajariladi. Bugungi kunda qishloq aholisiga suv
ta'minoti, kanalizatsiya, chorva mollari uchun yem-xashak, uyni
isitish uchun o'tin va boshqa yoqilg'i turlarini tayyorlash, sabzavot,
ho'l meva hosilini yig'ish, uni qayta ishlash kabi ishlar uchun maxsus
texnika vositalari nihoyatda zarur.
Maishiy faoliyatdagi muammolaming boshqa turlari uy jihozlarini
tutish va o'ziga qarash (kir yuvish, kiyim-boshni tozalash, maishiy
texnikani ta’mirlash, tana gigiyenasi va tashqi qiyofa estetikasi) kabi
ehtiyojlami qondirish bilan bog'liq. Yuqorida sanab o'tilgan
ishlaming asosiy qismi qishloq oilasining ichida bajariladi. Aksariyat
hollarda qishloq uchun an’anaviy hisoblangan turmush tarzi va oilaviy
tuzilma shakllari maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari tomonidan
berilayotgan takliflardan ustunroq hisoblanadi. Shu sababdan, maishiy
51
xizmatlarga boMgan talab va ehtiyojlar aytarli yuqori darajada emas.
Sotsiologik
tadqiqot
natijalari
shuni
ko'rsatayaptiki,
qishloq
aholisining ijtimoiy mehnatdagi ishtiroki bo'yicha past ko‘rsatkichlar
uy xo'jaligidagi bandlik bilan izohlanar ekan (Andijon viloyatining
qishloq joylarida va Paxtaobod shahrida istiqomat qiluvchi aholining
(jami 96,5 ming kishi) 47,7% asosan uy xo‘jaligida mehnat qiladi).
So‘rovda qatnashganlaming 74% (erkaklaming 70% va ayollaming
75%) agar tegishli sharoitlar yaratilsa, ijtimoiy mehnat sohasida
ishlash istagini bildirganlar).
Qishloqqa xos turmush tarzining an’anaviy tizimini o‘zgartirish
qishloq uchun shakllangan va bugungi kunda mavjud boMgan maishiy
ehtiyojlardan sifatliroq maishiy xizmatlami taqdim etishni rivojlantirish
yoMi bilan amalga oshirish mumkin. Buning uchun maishiy xizmat
ko‘rsatish obyektlari sonini keskin oshirish va ulami imkon qadar tezroq
ishga tushirish talab qilinadi. Uy-joy qurilishi bilan birga xizmat
ko‘rsatishning mintaqaviy tizimini yaratish hozirgi kunning eng dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Bunda mahalliy muhandislik tarmoq-
larini (isitish tizimi, suv ta’minoti va kanalizatsiya), gazlashtirish,
telefonlashtirish tizimlarini yaratish katta ahamiyatga ega.
TaMim sohasidagi faoliyat. Maktab taMimi va mehnat bilan band
boMgan qishloq aholisini o'qitishning muhimligi, birinchidan,
ishlovchilar orasida bilim va malakasi ayrim ish turlari uchun yetarli
boMmagan toifa mavjudligi, ikkinchidan, maxsus bilimlami talab
qiluvchi mehnat turlarini bajaradigan ishchilaming yo‘qligi bilan
izohlanadi. Bu ikki masalani qisman hal qilish uchun ishchilami
o'qitish, ulaming bilimlarini oshirish, ya’ni o ‘qish va tahsil olishni
qishloq aholisining turmush tarziga kiritish zarur. Yuqorida qayd
etilganidek, qishloq aholisi o ‘rtasida maMumotga boMgan talab
darajasi yuqori emas, sababi, qishloq mehnatiga avtomatlashtirish va
mexanizatsiyalashtirish vositalarining tatbiq etilishi yetarli darajada
emas, natijada, asosan qoM mehnati orqali bajariladigan ishlar ulushi -
katta. Bu muammoning yana bir e’tiborli jihati, bu o ‘quv muassasalari
( 0 0 ‘YU, kasb-hunar kollejlari va sh.k.) va qishloq mehnatkashlari
yashaydigan va ishlaydigan joylari o'rtasidagi transport aloqalari
yaxshi yoMga qo‘yilmaganidir. Ma’lumot olishga boMgan ehtiyoj sust-
ligini qishloq turmushidagi ko'pgina qiyinchiliklar (uy-joy muammo-
lari, og‘ir mehnat, shaxsiy tomorqada ishlash tufayli bo‘sh vaqtning
52
kamligi va h.k.) ta'lim olish masalalarini ikkinchi darajaga surib
qo‘yganligi bilan tushuntirish mumkin. Ana shu omillar qishloqdagi
noxush an’ana, ya’ni bir vaqtning o'zida ham ishlash, ham o‘qishga
boMgan intilish yo‘qligini kelib chiqishiga sabab boMgan.
TaMim
sohasidagi
faoliyatning takomillashtirilishi,
birinchi
navbatda. qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarishda industrializatsiya
jarayonlari jadallashtirilishiga bogMiq. Qishloqda yangi texnikaning
paydo boMishi, qoM mehnati ulushining qisqartirilishi maxsus bilimlar-
ga ega boMishni talab qiladi. Yangi texnika va avtomatlashgan tizim-
lami boshqarish bilan bogMiq yangi kasblar paydo boMadi. Umumiy va
o ‘rta maMumotning o'zi kamlik qilishi mumkin, natijada, qishloq
aholisida yangi bilimlarga boMgan ehtiyoj kuchayadi. Qishloq joylarda
litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot insti-
tutlarining boMimlari va filiallari tarmoqlarini kengaytirish va rivojlan
tirish, qishloq va shahar orasidagi transport kommunikatsiyalarini tako-
millashtirish katta ahamiyatga ega. QoM mehnatini mexaniziyalash-
tirish hisobiga qishloq aholisining bo‘sh vaqti ko‘payadi va malaka
oshirish, yangi bilimlami egallash uchun sharoitlar yaxshilanadi.
Hordiq. Hordiq chiqarish sohasida ehtiyojlaming, asosan, uch turi
qondiriladi: psixologik va fiziologik barqarorlikni tiklash, o ‘zini o‘zi
ifodalash, ma’naviy ozuqa olish. Bugungi kunda qishloqqa nisbatan
ishlatiladigan «bo‘sh vaqt» iborasi o‘ziga xos, g‘ayrioddiy mazmunga
ega. Bu yerda hordiq chiqarish funksiyasini bajaruvchi mehnat turlari
(uy yumushlari, uy-joy ta’miri va b.) va dam olishning qishloq uchun
an’anaviy hisoblangan turlarining ahamiyati nazarda tutiladi.
Madaniy-ma’rifiy tusga ega vaqt o ‘tkazishdagi rang-baranglik
doirasining torligi, qishloq aholisi, shaharlikiardan farqli oMaroq,
muzey, ko‘rgazmalarga deyarli tashrif buyurmasligi, dam olish bilan
bogMiq mashg'ulotlaming, aksariyat hollarda, saviyasi past boMishi
qishloqdagi hordiq chiqarishning o‘ziga xos jihatlaridir.
Qishloq aholisi bo‘sh vaqtini, odatda, uy yumushlari bilan shug'ul-
lanishga, teleko'rsatuvlami tomosha qilishga sarflaydi. Hordiq
chiqarishning faol turlariga, masalan, sport bilan shug‘ullanish,
kutubxona, klublarga borish, madaniy tadbirlarda ishtirok etishga vaqt
juda kam ajratiladi. Dala ishlari mavsumida bo‘sh vaqt deyarli
boMmaydi - ish rejimi, aksariyat hollarda, kunduzi va bir smenali qilib
belgilangan, ogMr qoM mehnati tufayli kechga borib charchoq
53
1
alomatlari yaqqol namoyon bo'ladi. Qishda, dala ishlari tugaganidan
so‘ng, bo‘sh vaqt ko‘proq bo‘lsa-da, qishloqdagi madaniy-ma’rifiy
obyektlar soni cheklanganligi sababli dam olish tadbirlarini to'laqonli
o'tkazish imkoniyatini bermaydi. Undan tashqari, shaxsiy tomorqadagi
mehnat uchun sarflanadigan mehnat va vaqt, maktabgacha ta’lim
muassasalar ishining yetarli darajada emasligi hisobga olinadigan
bo'lsa, nima sababdan qishloq aholisida bo‘sh vaqtni madaniy hordiq
chiqarishga bo'lgan talab sust ekanligini tushunish mumkin.
Qishloqdagi maishiy-madaniy xizmat ko'rsatish tizimi, ijtimoiy
muassasalar qurilishining jadal rivojlantirilishi, aholi savodxonligi va
madaniyatining oshirilishi madaniy muloqotga, ma’rifiy tadbirlarni
o'tkazishga bo'lgan talab va ehtiyojlar shakllanishiga ko'mak beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari, sport inshootlarining qurilishi,
qishloq aholi punktlariga muhandislik kommunikatsiyalarini o'tkazish
qishloq aholisi turmush tarzi yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
O'zbekistondagi qishloq aholisining an’anaviy turmush tarzi
o'ziga xos xususiyatlarga ega. Agrosanoat integratsiyasining izchil
rivojlanishi, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlaming
yangi shakllari paydo bo'lishi an’anaviy qishloq hayotidagi o'zga-
rishlarga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. O'zgarishlaming yuqorida sanab
o'tilgan yo'nalishlari asta-sekin yangi ijtimoiy qadriyatlar, yangicha
fikrlashga olib keladi. Bu holat esa, o 'z navbatida, shahar va qishloq
o'rtasidagi mavjud tafovutlar izchillik bilan yo'qolishiga sabab
bo'ladi. Qishloq hayotida sodir bo'layotgan ijtimoiy jarayonlami
to 'g 'ri hisobga olinishi esa - qishloq qiyofasini tubdan o'zgartirish
masalasini hal qilishga yordam beradi.
T a k ro rla s h uchun sav ollar:
l.O lim lam ing fikricha 0 ‘zbekistonda qishloq xo'jaligidagi asosiy
muammo nimadan iborat?
2 .0'zbekistonda qishloq xo‘jaligidagi asosiy muammoni hal
qilinishiga sotsiologlaming tavsiyasiga ko‘ra qaysi omillar ta’sir
ko‘rsatishi mumkin?
3 .Qishloq turmush tarzi tarkibiga faoliyatning qaysi turlari kiradi?
4. Ijtimoiy ishlab chiqarishdagi mehnatning o ‘ziga xos xususi
yatlari nimalardan iborat? Ulaming rivojlanishi qay tarzda kechadi?
54
S.Shaxsiy tomorqa xo'jaligidagi mehnatning o'ziga xos xususi
yatlari nimalardan iborat? Ulaming rivojlanishi qay tarzda kechadi?
6. Bugungi kundagi maishiy faoliyatning qanday o'ziga xos
xususiyatlari mavjud? Ulaming rivojlanishi qay tarzda kechadi?
7.Ta’lim va malakani oshirish bilan bog'liq faoliyatning bugungi
kundagi o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Ulaming
rivojlanishi qay tarzda kechadi?
8. Maishiy faoliyatning bugungi kundagi o'ziga xos xususiyatlari
nimalardan iborat? Ulaming rivojlanishi qay tarzda kechadi?
9. Madaniyat va dam olish sohasidagi mehnatning bugungi kunda
qanday o'ziga xos xususiyatlari mavjud? Ulaming rivojlanishi qay
tarzda kechadi?
55
П bob. JO Y L A S H T IR IS H N IN G H U D U D IY -IY ER A R X IY A
T U Z IL M A S IN IN G S H A K L L A N IS H I
2.1. A holi p u n k tla rin in g ijtim oiy-iqtisodiy in tegratsiyasi
Bugungi kunda shaharsozlik va loyihalash sohasida yangicha,
yanada kattaroq miqyoslarda fikrlashga o ‘tish aholi punktlarining
joylashuv tizimlaridagi samarali rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi
bilan bogMiq masalalar majmuasini hal qilishning eng muhim sharti
boMib qolmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va shaharsozlik
sohasida loyihalashtirish obyektlari sifatida alohida qishloq aholi
punktlari bilan bir qatorda
Dostları ilə paylaş: |