Qishloq aholi


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

Takrorlash uchun savollar:
1. Qaysi ijtimoiy-iqtisodiy masalalami hal qilinishi qishloq aholi 
punktlari rivojlanishi bilan bogMiq?
2. «Qishloq joylar» atamasi deganda nimani tushunamiz?
3. «Qishloq aholisi» degan atama nimani anglatadi?
4. «Qishloq aholi punkti» degan atama nimani tavsiflab beradi?
5. «Qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritishga ixtisoslashgan» va 
«qishloqda joylashgan boMsada, qishloq rto‘jaligi faoliyatini yuritishga 
ixtisoslashmagan» aholi punktlari, «Agroindustrial posyolkalar» 
tipologik alomatlar bo‘yicha qanday ta’riflanadilar: mehnat va 
iste’mol sohalaridagi ustuvor funksiyalari yoki joylashuv tizimlaridagi 
tutgan o ‘mi va roli bo‘yichami?
6. Joylashuvning ichki xo'jalik tizimi deganda nimani tushu­
namiz?
29


7. Joylashuvning birlashma tizimi degan tushuncha nimani 
anglatadi?
8. Tuman miqyosidagi joylashuv tizimini ta'riflab bering.
9. Shahar va qishloq o ‘rtasidagi ziddiyatlami qaysi asosiy 
choralami ko‘rish hisobiga bartaraf qilish mumkin?
10. 
Qishloq aholi punktlarini rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalish 
nimalardan iborat?
1.4. Agrar-sanoat integratsiyasi qishloq joylar
urbanizatsiyasi va ulardagi ishlab chiqarish baza
mustahkamlanishining omili
Umuman qishloq hududlami va, xususan, qishloqdagi joylashuv 
tizimini zamonaviy bosqichda rivojlantirishning eng muhim dastlabki 
shartlari va omili sifatida agrar-sanoat integratsiyasi xizmat qilishi 
lozim. 
Ma’lumki, sanoatning dehqonchilikdan ajratib olinishi 
muayyan tarixiy davrda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda 
ulkan ijobiy rolni o'ynagan mehnat taqsimlanishi natijasida ro‘y 
bergan. Aynan mehnatning taqsimlanishi odamlar jamiyati uchun 
yakka tartibdagi hunarmandchilikka asoslangan ishlab chiqarishdan 
hozirgi 
sanoat miqyosidagi 
ishlab chiqarishga sakrab o'tish 
imkoniyatini yaratib bergan. Shu bilan birga bizga ma’lumki, 
mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi qishloq va shaharda istiqomat 
qiluvchilar mehnatidagi farq va o ‘ziga xos xususiyatlari mavjud 
boMgani sababli qishloq aholisi va shahar aholisi turmush 
sharoitlaridagi farqlanishni yanada chuqurlashtirgan. Bu esa, o‘z 
navbatida, ba’zilaming ma’naviy rivojlanishi va boshqalaming 
jismoniy rivojlanishi asoslarini baravarlashtirishga olib kelgan.
Shundan kelib chiqqan holda, 0 ‘zbekistonda iqtisodiy islohotlami 
o ‘tkazishning hozirgi bosqichida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish 
bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligini isloh qilishga alohida e’tibor 
qaratilgan. Bunday holatni qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog'liq sanoat tarmoqlarining 
0 ‘zbekistonning bugungi kundagi iqtisodiyotidagi ahamiyati va tutgan 
o ‘mi bilan izohlash mumkin. Iqtisodiy munosabatlar rivojlanishi va 
qishloqdagi boshqaruvni tashkil etish tizimining chuqur tahlili asosida 
ularni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurati aniqlandi, natijada agrar- 
sanoat integratsiya jarayonini kuchaytirish lozimligi belgilab olindi.
30


Bu esa, o ‘z navbatida, qishloq joylaming faol urbanizatsiyasiga turtki 
bo'lib xizmat qilishi ham ayon bo'ldi. 
Mamlakatimiz Prezidenti
I.A.Karimov aynan shu holatga urg‘u bergan holda, o‘z ishlarida 
quyidagi fikmi ta’kidlagan: «Qishloqdagi boshqaruv tuzilmasini 
o ‘zgartirish jarayonida birlamchi qishloq xo'jalik bo‘g‘ini qanday 
bo'lishi aniq-ravshan namoyon bo'ldi. B u -fe rm e r xo'jaliklarini 
birlashtirib, ularga xizmat ko‘rsatuvchi, ularning faoliyatini muvofiq- 
lashtirib, moddiy-texnik ta’minot, texnik va agrokimyo xizmat 
ko‘rsatish masalalarida ko'maklashuvchi kooperatsiyadir. Fermer 
xo'jaliklari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tashkil qilinishining asosi 
bo'lib xizmat qilishi prinsipial ahamiyatga ega, ularning samarali 
faoliyat 
ko‘rsatishi 
uchun 
esa 
keng 
tarmoqlangan, 
kuchli 
infratuzilma - agrofirmalar, 
mashina-traktor 
parklari, 
tamirlash 
ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta 
ishlovchi kichik korxonalar va shu kabilar bo'lishi shart».Bunda 
respublikadagi agrar siyosatning «O'zining yechimi topilishi bo'yicha 
uzil-kesil qaror qabul qilinishini talab etuvchi strategik yo‘nalishi 
deganda, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari - sanoat va xizmat 
ko'rsatish sohasiga hozir qishloq xo‘jaligida band bo'lgan ortiqcha 
ishchi qo'llarni jalb qilish ko'zda tutiladi. Shuning uchun qishloq 
joylarda 
zamoviy 
texnologiyalarga 
asoslangan 
mobil 
kichik 
korxonalami ochish hisobiga yangi ishchi o ‘rinlahni tashkil etish 
ustuvor vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Bu kabi korxonlar nafaqat 
qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlashga, balki kasanachilikka 
asoslangan, ko‘p mehnat talab qiluvchi ishlab chiqarishga va xalq 
hunarmandchiligiga ixtisoslashgan bo'lishi mumkin».
Biroq, tashkiliy jihatdan o'zgarishlar o'tkazilganiga, iqtisodiy 
imtiyozlar va rag'batlar taqdim etilishiga qaramasdan «xo'jaliklar 
ichidagi ishlab chiqarish munosabatlari sust o'zgarmoqda, qishloq 
xo'jaligini samarali faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashish uchun jalb 
qilingan yondosh tarmoqlar bilan o ‘zaro aloqalar mexanizmi yaxshi 
ishlab chiqilmagan»-deb ta’kidlaydi lslom Abdug‘anievich. Shuning 
uchun ham «islohotlaming mazkur bosqichida umuman qishloq 
xo'jaligi va agrosanoat kompleksida amalga oshiriladigan chuqur 
o ‘zgarishlar tuzilmaviy siyosatning eng muhim ustuvor yo‘nalishi 
hisoblanadi. Bu o'zgarishlar oziq-ovqat muammosini hal qilishga, 
qishloq xo‘jalik xomashyosini yanada chuqurroq qayta ishlashga va 
qishloqda ixcham kichik korxonalar tashkil qilinishiga, qishloqdagi
31


ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, qishloq 
aholisining turmush darajasini oshirishga qaratilishi lozim». Buning 
uchun «qayta ishlash tarmoqlarini texnik qayta jihozlash, ulami 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta'minlash, sifatli va 
raqobatbardosh iste'mol tovarlarini 
ishlab chiqarishning toMiq 
texnologik sikllarini yaratish lozim. Alohida e’tibor eng muhim 
qishloq xo‘jalik ekinlari - paxta, ipak, kanop, meva-sabzavot va 
uzumchilik 
mahsulotlarini 
chuqur 
qayta 
ishlanishiga, 
yengil 
sanoatning qishloq xo‘jaligi bilan uzviy bogMangan ishlab chiqarish 
korxonalarini rivojlantirishga qaratilishi zarur.»
Agrar-sanoat 
ishlab 
chiqarishni 
rivojlantirish 
vazifasining 
dolzarbligi 2009 yil qabul qilingan «Qishloq rivojlanishi va farovon- 
ligi yili» Davlat dasturida ham ta’kidlab o ‘tilgan, xususan, «dastuming 
asosiy vazifasi - qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni jadal 
rivojlantirish, meva-sabzavot va chorva mahsulotlarini qayta ishlash 
bo‘yicha zamonaviy texnika hamda texnologiyalar bilan jihozlangan 
ixcham 
korxonalarni 
tashkil 
etish 
chora-tadbirlarini 
amalga 
oshirishdan iborat»'degan fikrga alohida urg‘u berilgan.
Qishloq 
xo‘jalik 
va sanoat 
ishlab 
chiqarishining 
uzviy 
mujassamligi qishloq aholisi faoliyatining barcha sohalarida, shu 
jumladan hududiy tashkil etilishida ham chuqur sifatiy o ‘zgarishlami 
anglatadi. Avvambor, quyi ma’muriy tumanning joylashuv tarmog‘i 
rivojlanishida tizim tashkil etuvchi tendensiyalar kuchayadi. Agar, 
ishlab chiqarishni an’anaviy tashkil etilishida qishloq xo‘jalik xom- 
ashyosini qayta ishlash sanoati, odatda, shaharlarda jamlanib, xom- 
ashyo zonalaridan ajratilgan holda joylashtirilgan boMsa, agrar-sanoat 
integratsiyasi qoMlanilganilgan taqdirda tegishli sanoat potensialining 
asosiy qismi qishloq joylarga, quyi ma’muriy tuman hududiga 
ko‘chiriladi. Bu mavjud mahalliy ishlab chiqarish markazlarini 
faollashtiradi va yangilari tashkil etilishini rag‘batlantiradi. Bunday 
aholi punktlari o ‘ziga xos tizimni yaratib, uning doirasida asta-sekin 
yangi tipdagi aholi punktlariga aylanib boradilar.
11 K arim ov I.A . O 'z b e k isto n iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirilishi yo lida. T . -
« 0 ‘zbekiston». 1 9 9 5 .- 2 1 8 -b .
11 K arim ov I.A . O 'z b e k isto n iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirilishi y o 'lid a. T . -
« 0 ‘zbekiston», 1 9 9 5 .- 2 1 9 - b .
13 
L A .K arim ov. Jahon m oliyaviy-iqtisodiy inqirozi. O 'z b e k isto n sharoitida uni bartara f 
etish n in g y o 'lla ri v a choralari. T oshkent: « 0 ‘zbekiston», 2009. - 3 8 -b e t
32


Ta'kidlash lozimki, eng salmoqli ijtimoiy-iqtisodiy va demografik 
rivojlanishga hududiy agrar-sanoat komplekslarining markazlari -
ko'p funksiyali yirik agroindustrial aholi punktlari ega bo'ladilar. 
Ular, odatda, o'zlarining tizim tashkil etuvchi ahamiyatlarini kuchay- 
tirilishiga ko'maklashib, kelgusidagi ijtimoiy-demografik rivojlanish 
uchun zarur bo'lgan iqtisodiy impulsni ta’minlab va istiqbolda 
ulaming har birini quyi ma’muriy tuman «poytaxti»ga aylanishini 
shartlab bergan 
holda tuman 
markazlari 
funksiyalarini ham 
bajarishlari mumkin. Natijada, bu kabi poytaxt va u bilan o ‘zaro aloqa 
qiluvchi sobiq avtonom qishloq aholi punktlaridan iborat yaxlit 
joylashuv tizimi shakllanib boradi. Bunga ko‘p jihatdan quyi 
ma’muriy tumanning tizim tashkil qiluvchi joylashuvlararo aloqalari 
tuzilmasi va hududiy tashkil etilishidagi o'zgarishlar ko'maklashadi. 
Bu kabi o'zgarishlar natijasida an’anaviy ishlab chiqarishda tarqoq, 
ekstensiv va nobarqaror bo'lgan quyi ma’muriy tumanlar agrar-sanoat 
integratsiyasi sharoitlarida ichki markazlarga yo'naltirilgan, lokal, 
maksimal intensiv va barqaror birliklarga aylanadilar.
Bu sharoitlarda ishga layoqatli qishloq aholisining bandlik turi 
bo'yicha taqsimlanishi ham sifat nuqtayi nazarida yaxshi tomonga 
o'zgaradi. Aholining bir qismi sanoat korxonalarida band bo'Isa, 
ikkinchi qismi - qishloq xo'jaligi va aholi puntlari o'rtasidagi 
madaniy-maishiy xizmat ko'rsatishda mehnat qiladi. Ishga layoqatli 
aholining bir qismi yilning turli davrlarida ham qishloq xo'jaligida, 
ham sanoatda ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi, bu esa, o 'z navbatida, 
ishga layoqatli qishloq aholisining «ortiqcha» qismini bandligi bilan 
bog'liq muammolarni sezilarli darajada hal qilishga yordam beradi.
Dehqonchilikning sanoat bilan birlashtirilishi, qishloq xo'jalik va 
sanoatdagi mehnat orasidagi farqlanishlami asta-sekin bartaraf etilishi 
agrosanoat integratsiyasining asosiy ilmiy prinsipi hisoblanadi. 
Qishloqning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini bugungi kundagi 
asosiy yo'nalishlari, bu xo'jaliklararo kooperatsiya va agrosanoat 
integratsiyasidir.
M.P.Vasilenko bergan ta'rifga ko'ra, «Agrosanoat integratsiyasi», 
bu: »yagona xo'jalik organizmida industrial metodlar va vositalar 
yordamida olib borilayotgan ixtisoslashtirilgan qishloq xo'jalik va 
sanoat ishlab chiqarishlarini rivojlantirishning rejali tartibga solinishi, 
shuningdek ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini 
oshirish va shaxsning har tomonlama barkamol rivojlanishi maqsadida
33


qishloq xo'jalik va sanoatda ishlaydigan odamlar faoliyatini 
birlashtirish jarayonidir.»
Agrosanoat kompleksi, V.R.Belenkiy ta’rifiga ko'ra, «bu o'zaro 
birlashgan, lekin tashkiliy va iqtisodiy jihatlardan mustaqil bo'lgan 
qishloq xo'jalik va sanoat korxonalari.» Aynan shunday tashkiliy 
birlashmada shahar va qishloq o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda 
madaniy-maishiy farqlanishlami bartaraf qilish, bir vaqtning o'zida 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlami takomillashtirish va agrar ishlab 
chiqarishda ishlovchi mehnatkashlar uchun xuddi shahardagidek va, 
hattoki, undan ham yaxshiroq turmush va mehnat sharoitlami yaratish 
barobarida qishloqni qayta qurish uchun qulay sharoitlar mavjud 
bo'ladi.
Agar yuqorida keltirilgan ta'rifga asoslanadigan bo'lsak, agrar- 
sanoat integratsiyasi shakllarining xarakteristikalari, birinchi navbatda, 
qishloq xo'jalik va sanoatning uzviy birlashishi darajasini aks 
ettirishlari lozim. Bu talabga quyidagi atamalar to'plami javob beradi: 
«Agrar-sanoat ishlab chiqarish», «Agrar-sanoat kompleksi», «Agrar- 
sanoat kombinati», «Agrar-sanoat birlashmasi».
«Agrar-sanoat ishlab chiqarish»atamasi qishloq xo'jalik va sanoat 
integratsiyasining barcha shakllarini qamrab oladi va ushbu holatda 
faqat qishloq xo'jalik va sanoat ishlab chiqarishi mujassamligi amalga 
oshirilganini anglatadi.
«Agrar-sanoat kompleksi» va «Agrar-sanoat kombinati»atamalari 
aw algi tushunchani aniqlashtirib, birinchi holatda qishloq xo'jalik va 
sanoatning uzviy mujassamligi kooperatsiya aloqalariga, ikkinchi 
holatda esa - kombinatsiyalanishga asoslanganini anglatadi.1
«Agrar-sanoat kompleksi» - bu o'zaro birlashgan, lekin tashkiliy 
va iqtisodiy jihatdan mustaqil bo'lgan qishloq xo'jalik va sanoat 
korxonalari hisoblansa, «Agrar-sanoat kombinati» - vagona ishlab
14 
K ooperatsiya -- m a m u riv -x o 'ia lik iihatdan m ustaqil b o 'lg an korxonalar rcsurslarm ing hajm i 
b o 'y ic h a yirik ishlam i, m uayyan turdagi m ahsulotlam i ishlab chiqarishni, ishlab chiqarishning 
m urakkab texnologiyalarini am alga oshirishni, xizm at k o 'rsatish b o 'y ic h a yirik ishlab chiqa- 
rishlam i tuzishni birgalikda bajarish uchun qism an yoki to 'liq birlashtirilishi; k ooperatsiya -
alohida ko rxonalar o 'rta sid a doim iy v a jad al ishlab chiqarish aloqalam i tashkil etishni anglatadi.
K om binatsivalash - bitta korxonada xom ashyoni ishlashning izchil bosqichlari (m asalan, 
rudadan c h o 'y a n e ritib olish va c h o 'y a n d an p o 'la t tayyorlash, va keyinchalik p o 'la td a n tayyor 
m ahsulot ishlab chiqarish) yoki asosiy ishlab chiqarish uchun yordam chi hisoblangan turlaridan 
(m asalan, chiqindi yoki q o 'sh im ch a m ahsulotlam i ishlash; upakovka predm etlarini ishlab 
chiqarish v a h.k.) iborat sanoatning b ir nechta taim o g 'in i birlashtirish.
34


chiqarish korxonasi bo'lib, uni boshqarish, rejalashtirish va moliya- 
lashtirish uniumiy rahbariyat tomonidan amalga oshiriladi.
«Agrar-sanoat birlashmasi»atamasi quyi ma’muriy tuman, tuman- 
lar guruhi yoki viloyatda faoliyat yuritayotgan va tashkiliy jihatdan 
mustaqil bo'lgan agrar-sanoat kombinatlari guruhi birlashganida 
ish latiladi.
Mamlakatning turli tumanlarida va jamiyat rivojlanishining turli 
bosqichlaridagi agrar-sanoat integratsiyasining jadalligini tavsiflash 
uchun qishloq xo'jalik va sanoatning uzviy mujassamligini to'rtta 
asosiy bosqichini ko'rsatish Iozim.
Birinchi bosqich - qishloq xo'jaligidagi texnik, iqtisodiy va 
tashkiliy darajalarda siljishlar- uning jadal ixtisoslashuvi, mexa- 
nizmlar bilan jihozlanish darajasi ortgani, ishlab chiqarish kon- 
sentratsiyasi ortgani bilan ta’riflanadi. Tarqoq va yoyilgan tarzda 
joylashtirilgan ixtisoslashgan xo'jaliklar o'm iga ishlab chiqarish 
yo'nalishi bir tusga ega bo'lgan uzluksiz qishloq xo'jalik zonalari 
shakllanadi. Qishloq xo'jalik xomashyosini birlamchi ishlaydigan va 
qayta ishlaydigan xo'jalik ichidagi korxonalar keng rivojlanadilar. 
Xo'jaliklararo 
ahamiyatga 
ega 
sanoat 
korxonalari 
alohida 
komplekslarga guruhlanadi, ularning xom ashyo zonalari bilan 
aloqalari kengayadi va kuchayadi. Bu bosqichdagi integratsiyaning 
asosiy shakli, bu - kooperatsiya, tuman miqyosidagi va tarkibida 
xo'jalik ichi tipidagi agrar-sanoat kombinatlari bo'lgan agrar-sanoat 
komplekslarining rivojlanishi.
Ikkinchi bosqich uchun - nafaqat qishloq xo'jalik va sanoat ishlab 
chiqarishning texnik-iqtisodiy imkoniyatlaming oshirilishini. balki 
ular orasidagi aloqalarning murakkablashuvini ham e ’tirof etish zarur. 
Kooperatsiya o'm iga kombinatsiyalanish jarayoni keladi, agrar-sanoat 
kombinatlari alohida qishloq xo'jalik korxonalari doirasidan chiqib, 
borgan sari kattaroq hududlarni. quyi tuman ma’muriyatigacha 
bo'lgan miqyoslami qamrab ola boshlaydi. Ushbu bosqich uchun, bir 
tomondan, agrar-sanoat kombinatlaming tor sohali tuzilmasi xos 
bo'lsa, ikkinchi tomondan e sa -sa n o a t bilan faqat qishloq xo'jalik 
xomashyosini qayta ishlash bo'yicha integratsiyasi asosiy yo'nalish 
bo'lib xizmat qiladi.
Uchinchi bosqich - integratsiyalashgan ishlab chiqarishning tex­
nik-iqtisodiy jihatdan yanada yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Agrar 
sektorda sanoat miqyosidagi yirik komplekslar ustuvor mavqega ega
35


boMadilar, kombinatsiyalashtirish jarayoni qishloq xo‘jalik va qayta 
ishlash sanoatining bitta emas, balki bir nechta tarmog'i bo‘yicha 
amalga oshiriladi. Tuman va tumanlararo ahamiyatga ega agrar-sanoat 
kombinatlari va birlashmalar keng tarqaladilar. Lekin, bu bosqichga 
ham faqat qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash liniyalarining 
integratsiyasi xos boMib, sanoat ishlab chiqarishining boshqa tarmoq- 
larining ishtiroki ko‘p boMmaydi.
To‘rtinchi bosqich qishloq xo'jalik va sanoat ishlab chiqarish 
o ‘rtasidagi uzviy bogMiqlikni tubdan farqlanuvchi vazifalari va prin- 
siplari bilan ajralib turadi. Agar aw algi bosqichlarda asosiy e’tibor 
ishlab chiqarish integratsiyasiga qaratilgan bo'lsa (bu m a’noda qishloq 
xo‘jaligi bilan kooperatsiya asosida birlashadigan va kombinatsiya- 
lashadigan sanoat tarmoqlari sonining cheklanganligi o'zini oqlashini 
tushunsa boMadi), to'rtinchi bosqichda alohida individlami faoliyat 
turlari almashib turishini va odamlami har tomonlama barkamol 
rivojlanishini ta’minlovchi qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalariga 
xos faoliyatlaming integratsiyasi ustuvor ahamiyatga ega bo'ladi. 
Tuman va tumanlararo ahamiyatga ega agrar-sanoat kombinatlari 
faoliyat yuritishi ushbu bosqich uchun xosdir. Bu kabi kombinatlar 
tarkibida texnologik jihatdan qishloq xo'jaligi bilan bevosita bogMiq 
boMmagan sanoat korxonalari ham faoliyat ko'rsatadilar.
Agrar-sanoat integratsiyaning sanab o'tilgan bosqichlari muayyan 
xronologik ketma-ketlikka ega boMsalarda, ulaming bir vaqtning 
o'zida birgalikda, lekin boshqa-boshqa hududlarda kechishini ham 
inkor qilib boMmaydi. Hozirgi kunga kelib birinchi bosqich eng ko‘p 
tarqalgan hisoblanadi. Intensiv dehqonchilikning qulay tabiiy-iqlimiy 
sharoitlarga ega deyarli barcha mintaqalarda quyi ma'muriy 
tumanlaming hududiy agrar-sanoat komplekslari tarmog'i shakllangan 
boMib, ayrim hududlarda xo‘jalik ichi va xo‘jaliklararo tipidagi agrar- 
sanoat kombinatlari ham tashkil etilgan.
Qishloqni qayta tuzish bo‘yicha mutaxassislar (V.V.Musatov) 
flkricha, «sanoatga asoslangan agrar ishlab chiqarish + joylashtirish» 
tizimidagi asosiy muammo, bu mexanizatsiyalashgan agrar ishlab 
chiqarishning yangicha xarakteri va o‘zidan o ‘zi shakllangan, 
aw aldan tarqoq xususiyatga ega boMib kelgan qishloq joylardagi 
joylashuv shakli o ’rtasidagi obyektiv ziddiyatlami hal qilishdan 
iboratdir. Agrosanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi hamda shahar 
va qishloq o ‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy farqlanishlami
36


bartaraf qilinishiga aynan shu omil to'sqinlik qiladi. Bu muammoni 
hal qilish uchun qishloq xo‘jaligi yangi sanoatga asoslangan holda va 
yirik hududiy qishloq xo‘jalik korxonalarini tashkil etish orqali qayta 
tuziladi. Bunga erishish uchun tuman markazlari, posyolkalar va 
qishloqlami o ‘zgartirish, qishloq joylashuvining yangi shakllarini 
yaratish zarur. Tabiiy muhitga, transport aloqalari va bogManishlarga 
asoslangan yagona rejaviy tuzilmaga birlashtirilgan yangi qishloq 
aholi punktlaridagi mehnat va dam olish obyektlari yagona ishlab 
chiqarish-istiqomat qilish tuzilmalarini shakllantiradilar. Shunday 
qilib, qishloq xo'jaligidagi ishlab chiqarishni qayta tashkil qilish va 
qishloq joylar urbanizatsiyasi quyidagi o ‘ta muhim jarayonlaming 
o‘zaro ta’sirida aks ettirilishi lozim. Ularning biri qishloq xo‘jaligidagi 
ishlab chiqarishda band boMgan aholi turmushining barcha jabhalarini 
qamrab olgan holda, qishloq muhitining moddiy shakllarini 
rivojlantirishdan, asosiy sifatiy ko'rsatkichlarini shahar standartlari 
darajasiga yetkazishdan iborat boMadi. Shahardan tashqaridagi 
hududlar urbanizatsiyasining boshqa jihati - ular tarkibiga shaharga 
xos boMgan elementlami uzviy ravishda kiritish. Bu yerda sanoat 
ishlab chiqarishini, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligiga xizmat 
ko‘rsatuvchi korxonalami (qishloq xo‘jaJik xomashyosini qayta 
ishlash, qishloq xo‘jalik korxonalariga texnik xizmat ko‘rsatish, 
qurilish bazasini kuchaytirish va h.k.) rivojlantirish nazarda tutiladi. 
Aynan shunday sanoat negizida aholi punktlari o‘rtasidagi yangi 
ishlab chiqarish markazlari - kichik shaharlar va shahar tipidagi 
posyolkalar-qishloq joylardagi shahar madaniyati va shaharga xos 
turmush 
tarzi 
o ‘choq!ari 
faollashadi 
va 
shakllanadi. 
Bunga 
infratuzilma, shuningdek chekka qishloqlar va shaharlar orasidagi 
aloqani ta’minlovchi ommaviy axborot vositalari rivojlanishini ham 
kiritish mumkin. Ta’kidlash lozimki, shahardan tashqaridagi hududlar 
urbanizatsiyasining aynan shu jihati bugungi kunda muhim ahamiyat 
kasb etmoqda.

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin