Takrorlash uchun savollar:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng
uning qishloq xo'jalik hududlaridagi yerdan foydalanish tuzilmasida
qanday muhim o ‘zgarishlar ro‘y berdi?
2. O'zbekistonning qishloq hududlaridagi turli joylashuv tizimlari
qaysi sharoitlarga bogMiq ravishda shakllangan?
3. Qishloq aholisi dinamikasining qanday o ‘ziga xos xususiyatlari
mavjud va 0 ‘zbekistonning qishloq xo'jalik hududlaridagi demografik
vaziyat uchun qaysi jihatlar xos?
4. 0 ‘zbekistondagi qishloq aholi punktlari sonining so‘nggi
yillarda barqaror kamayib borishi qaysi sabablarga ko‘ra sodir
boMmoqda?
5. 0 ‘zbekistondagi qishloq hududlarda joylashuvning har xil
turlarga ajratilishi negizida qaysi sabablar yotadi?
6. Vohaga xos joylashuvning qanday o ‘ziga xos xususiyatlari
bor?
7. Markazlashgan (o‘choqli) joylashuvning qanday o ‘ziga xos
xususiyatlari bor?
8. Aholi zichligi va aholi puntklari tarmog'ining zichligi
o'rtasidagi bog'liqlik qaysi jihatlami aks ettiradi?
9 .0 ‘zbekistondagi integrallashgan qishloq-shahar joylashuvini
shakllantirish uchun asosni qaysi omillar yaratadi?
22
U . Aholining zamonaviy joylashtirilishi tuzilmasidagi
qishloq aholi punktlari
Yuqorida
qayd
etilganidek.
0 ‘zbekistondagi
zamonaviy
joylashtirish tuzilmasi elementlari ichida eng ko‘p sonli guruhni
qishloq aholi punktlari tashkil etib, bugungi kunda ulaming umumiy
soni deyarli 11,7 mingtaga yetgan. Ishlab chiqarish obyektlari va
aholining aksariyat qismi yirik shaharlarda jamlangan boMsada,
respublika tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishni mustahkamlash va qishloq hududlarda sanoat
obyektlarini joylashtirish, dam olish va turizmning umumrespublika
tizimini shakllantirish, transport va aholi punktlari o ‘rtasidagi
kommunikatsiyalami rivojlantirish, shahar va qishloq aholisining
turmush sharoitlari o ‘rtasidagi tafovutni kamaytirish kabi iqtisodiy va
ijtimoiy masalalami hal qilinishi qishloq aholi punktlarining
rivojlanishi bilan bog‘liq.
Qishloq aholi punktlarining Respublikada mavjud boMgan
umumiy joylashuv tuzilmasida faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishidagi
o ‘ziga xos jihatlarini tavsiflashdan aw al shallardan tashqaridagi
hududlar, ya’ni qishloq joylar, qishloq aholisi va qishloq aholi
punktlari
funksiyalarining
spetsifikasi
bilan
bogMiq
ayrim
tushunchalar bo‘yicha aniqlashtirishlami berish lozim.
Demak, «qishloq joylar» atamasi shahaming rasmiy chegaralari
tashqarisida joylashgan va u yerda nafaqat yoyilgan holdagi ommaviy
ishlab chiqarish funksiyalari, balki jamiyat a’zolarining ruhiy va
jismoniy kuchlarini keng miqyosda tiklash vaziflari ham amalga
oshiriladigan hududlarga nisbatan ishlatiladi.
«Qishloq aholisi» atamasi deganida bu sharoitlarda nafaqat o ‘ziga
xos ishlab chiqarish funksiyalari bilan band boMgan jamiyatning bir
qismi, balki sogMomlashtirish maqsadlarida va emotsial hamda stressli
yuklamalardan xoli boMish uchun vaqtlarining ko‘p qismini qishloq
joylarda o'tkazadigan kishilar ham tushuniladi.
«Qishloq aholi punkti» atamasi, birinchi navbatda. aholi punktini
hududiy tuzilmadagi joylashishini tavsiflab beradi va joylashuvning
periferiyasiga taalluqli ekanini anglatadi. bu holat istiqomat qiluvchi
aholi tarkibi, ulaming gavjumligi, aholi punktlari o‘rtasidagi
aloqalarning intensivligi va mazmunida aks ettiriladi.
23
«Qishloq» tushunchasi umumiy ta’riflanishga mansub bo'lib,
qishloq joylarda yashovchi aholining hududiy tarqoqlashgan va turli
shakldagi faoliyatini o‘zida mujassamlashtirgan funksiyalarga ega
aholi punktini anglatadi.
«Qishloq aholi punkti» tushunchasining batafsil yoritilishi qishloq
aholi punktlarining mavjud turlarini quyidagi tipologik alomatlar
asosida guruhlarga ajratishni talab qiladi:mehnat va iste’mol soha-
laridagi ustuvor funksiyalar joylashuv tizimlaridagi o ‘mi va roli.
Birinchi alomat bo'yicha barcha qishloq aholi punktlari qishloq
xo'jaligi faoliyatini yuritishga ixtisoslashgan, qishloqda joylashgan
bo'lsada, qishloq xo'jaligi faoliyatini yuritishga ixtisoslashmagan va
agroindustrial aholi punktlariga ajratiladilar. «Qishloq xo'jaligi
faoliyatini yuritishga ixtisoslashgan» va «qishloqda joylashgan
bo'lsada, qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritishga ixtisoslashmagan»
aholi punktlari - qishloq aholi punktlarining ishlab chiqarishning
qaysi turiga ixtisoslashtirilganini aniqlashtirib beradigan tushuncha-
lardir. Birinchi holatda, bu aholisi asosan qishloq xo‘jaligida band
bo'lgan aholi punktlari bo'lsa, ikkinchi turdagi qishloq aholi
punktlaridagi aholi qishloq xo'jaligi sohasida mehnat qilmaydigan va
hududiy jihatdan tarqoq bo'lgan boshqa funksiyalarni (madaniy-
maishiy xizmat ko'rsatish sohasi, rekratsion resurslarga xizmat
ko'rsatish, transport xizmatlarini ko'rsatish va h.k.) amalga oshirish
bilan shug'ullanadi. «Agroindustrial posyolkasi» degan tushuncha
avvalgi turdagi aholi punktlarining asosiy jihatlarini o'zida mujassam
lashtirgan bo'lib, posyolokaning o'zi qishloq joyda sanoatni, birinchi
navbatda, qishloq xo'jalik xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslash
gan korxonalami rivojlantirish asosida shakllantiriladi.
Qishloq aholi punktlarining sanab o'tilgan turlari ikkinchi alomat
bo'yicha ishlab chiqarish va iste’mol sohalarida har xil ma’muriy-
boshqaruv funksiyalarini bajarishi mumkin. Misol uchun, agroin
dustrial aholi punktlari, aksariyat hollarda. bir vaqtning o'zida tuman
markazi, qishloq yig‘ini markazi va qishloq xo'jalik korxonasining
markazi funksiyalarini bajaradi. Qishloq xo'jaligini yuritishga ixtisos
lashgan aholi punktlari - qishloq xo'jalik korxonalarining markaz-
la ri-q u y i ma’muriy tumanlar markazi bo'lishlari ham mumkin.
Qishloq xo'jaligiga ixtisoslashmagan aholi punktlari ham, aksariyat
hollarda, o ‘z funksiyalarini tuman markazi funksiyalari bilan birga
bajaradilar.
24
Qishloq aholi punktlari ma’muriy tuman doirasida ichki xo‘jalik,
birlashrna va tuman miqyosidagi tizimlarga birlashtiriladilar.
Ichki xoMalik tizimini alohida qishloq xo‘jalik korxonasi qoshida
shakllangan va ijtimoiy-iqtisodiy va shaharsozlik rivojlanishning
umumiy jihatlari bilan bog‘langan aholi punktlari tashkil etadilar.
Ushbu tizimdagi aloqalar eng barqaror, doimiy, qo‘p qirrali va
intensiv hisoblanadilar.
Birlashrna tizimi - bir nechta qishloq xo‘jalik korxonalari qoshi-
dagi va qishloq xo‘jaligi xomashyosini xo‘jaliklararo qayta ishlash,
shuningdek joylashuvning muvofiq darajasida aholi punktlari o‘rtasida
madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish asosida birlashtiriluvchi aholi
punktlarining tarmog‘idan iborat. Bunda tizim tashkil qiluvchi
funksiyalarni ishlab chiqarish bazasi va xizmat ko‘rsatish funksiyalari
eng rivojlangan markaziy posyolkalardan birini bajaradi.
Quyi
ma’muriy tumanlardagi
iovlashtirish tizimi
vanada
murakkabroq hududiy majmua bo‘lib, undagi funksiyalar, sharoitlar
va rivojlanish jarayonining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Quyida
aholi punktlarining hududiy tashkil qilinishidagi joylashuvning lokal
ichki xo‘jalik doirasidan to umumrespublika miqyosidagi tizimgacha
murakkablashib borayotganini aks ettiruvchi sxema kehirilgan (1.3.1-
rasm).
Qishloq aholi punktlari rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
nimalardan iborat? Respublikada kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
o ‘zgarishlar sharoitida qishloq o ‘z zimmasiga qaysi funksiyalarni
olishi mumkin? Ushbu savollarga javobni qishloq hududlardagi
joylashuv tizimi rivojlanishidagi spetsifik jihatlami hamda yirik sha-
harlardagi joylashuvga qaraganda afzalliklarini qisqacha tavsiflagan
holda javob berishga harakat qilamiz.
Agar, shahar shakllangan kundan boshlab turmush va faoliyatning
noyob, tobora murakkalablashib borayotgan shakllarini yaratish va
jamlash funksiyalarini o‘z zimmasiga olgan bo'lsa. qishloq ana shu,
shahar sharoitida shakllangan turmush tarzini kengayishi va
tarqalishini ta’minlaydi. Shahar uchun an’anaviy hisoblangan
funksiyalarni qishloqda qayta taqsimlanishi, birinchi navbatda,
istalgan shahar muhitining resurslari cheklangan bo‘lib, ijtimoiy
faoliyatning faqatgina ma’lum (ham miqdor, ham sifat nuqtai
nazarida) turlarining jamlanmasini talafot va yo‘qotishlarsiz amalga
oshirishni ta’minlay olishi bilan shartlanadi. Shu sababli, zarur resurs-
25
Joylashuvning iyerarxiya tuzilmasi
va joylashuv tizimlarining turli
darajalari orasidagi bog‘lanishlar
modeli
Joylashu
vning
hududiy
daraja
lari
Joylashuvning
muvofiq turlari
Joylashuvning
viloyat va
tumanlararo tizimlari
Joylashuvning
tumanlar bo'yicha
tizimlari
Joylashuvning
respublika va
viloyatlararo tizimlari
Dostları ilə paylaş: |