ko‘rinishdagi resurslar hajmi va miqdori yetishmasligi, garchi, o 'z
ta'sirini o'tkazsada, baribir, har bir funksiyada avvalgi bosqichlarda
shakllanib
ulgurgan
resurslardan
foydaianish
yo‘nalishidan
farqlanuvchi, o ‘ziga xos yangi yo'nalishlami belgilab berilishi asosiy
va hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shahar muhitida faoliyatning noyob
va ommaviy turlari o ‘rtasida o'ziga xos «resursli» ziddiyatlar yuzaga
kelishi kuzatiladi.
Bu
ziddiyatlami
shaharga
xos
bo'lgan
ba’zi
ommaviy
funksiyaiami qishloq joylarga topshirish hisobiga bartaraf qilsa
bo'ladi. Qishloq joylarga qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash,
qishloq xo'jalik korxonalariga texnik xizmat ko'rsatish,
qurilish va
shu kabilar bilan bog'liq korxonalami ko'chirish mumkin. Qishloq
xo'jaligi bilan bevosita bog'liq bo'lmagan sanoat korxonalari,
masalan, yengil, oziq-ovqat va shu kabi sanoat tarmoqlarining
shahardagi korxonalarini filiallari va sexlari qishloqda joylashtirilishi
ham ehtimoldan xoli emas. Posyolka tashkil qiluvchi funksiyalar
qatoriga qishloq aholisiga madaniy-maishiy va kommunal xizmatlami
ko'rsatish bo'yicha faoliyatni ham kiritish lozim.
Joylashuvning hududiy darajalari:
I - ichki xo'jalik; II - xo'jaliklararo; III - tuman; IV - tuman-
lararo; V - viloyat (Qoraqalpog'iston Respulikasi); VI - viloyatlararo;
VII - umumrespublika
Joylashuv tizimlarining markazlari:
1 - umumxo'jalik; 1 A -x o 'ja lik
ichidagi ixtisoslashgan; 2 -
xo'jaliklararo;
3 - tuman miqyosidagi ixtisoslashtirilgan; 4 - tumanlararo; 5 -
viloyat miqyosidagi kompleks markazlar; 5 A -v ilo y a t miqyosidagi
ixtisoslashtirilgan markazlar;
6 - viloyatlararo: 7 -respublika miqyosidagi kompleks mar
kazlar; 7A - respublika miqyosidagi ixtisoslashtirilgan markazlar.
A -m ajb u riy tusga ega bog'lanishlar; В - joylashuvni hududiy
tashkil
qilinishining
alohida
variantlarida' mumkin
bo'lgan
bog'Ianishlari.
Qishloq aholi punktlarining posyolka tashkil qiluvchi bazasini
rivojlanish istiqbollari faqatgina noyoblik darajasi turlicha bo'lgan
ishlab
chiqarish
funksiyalaming
hududiy
differensiatsiyasini
chuqurlashib borishi bilan belgilanmaydi.
Har bir individning ishlab
chiqarishdan tashqaridagi turmush tarzi va hayotini kelgusida makon
27
bo‘yicha sikllarga ajratilishi bilan bogMiq o ‘zgarishlar ham muhim
ahamiyatga ega boMadilar.
Shahar, ayniqsa, yirik shahar muhiti insonning nafaqat emotsional
dunyosiga, balki uning salomatligiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Shahar atrof-muhitga ta’sir ko‘rsata turib, atrof-muhit tomonidan
ko'rsatilayotgan salbiy qayta ta’sirlardan aziyat chekadi. Misol
tariqasida shaharsozlik sohasida yuzaga keluvchi ziddiyat va nizolarni
keltirish mumkin: yashil o'simliklaming to'satdan nobud boMishi, suv
resurslarining yetishmasligi, muhandislik-geologik sharoitlaming
yomonlashuvi va h.k. Yirik shaharda
istiqomat qiluvchilar asab,
yurak-tomir, nafas olish yo'llari kabi kasalliklarga qishloq joylardagi
aholiga qaraganda 1,5-2,0 baravar ko‘proq duchor boMadilar. Tabiat
va iqtisodiyotning ko‘rayotgan talafotlari (buzilgan tabiiy muhitning
javob reaksiyalari, tabiatni
muhofaza qilishga sarflanayotgan
xarajatlar va h.k.) ancha salmoqli miqyosga ega. Aynan shu nuqtai
nazardan aholining qishloq joylarda joylashtirilishidagi afzalliklar
muqarrar va yaqqol namoyon bo'ladi.
Sanoat, rekreatsiya va ijtimoiy-demografik
faoliyatlarning ayrim
turlarini topshirish hisobiga qishloq hududlari funksiyalarining
kengayishi tabiiy muhitga ko'rsatiladigan salbiy ta ’simi oshirishi aniq.
Lekin, bu shart-sharoitlarda tabiiy muhitni muhofaza qilish va boyitish
bilan bog‘liq faoliyatning muayyan turlari qishloq aholisi bajaradigan
funksiyalar tarkibini toMdirib, boshqa tomondan, qishloq aholi
punktlarining shahar tashkil qiluvchi bazasi rivojlanishidagi muhim
element xizmatini o ‘tab beradi.
Umuman olganda, qishloq aholi punktlarining katta boMmagan
0
‘lchamlari va rejaviy tashkil etilishi
ulaming shaharlardan afzal
jihatlarini belgilab berishini ta’kidlash zarur. Bu yerda quyidagi
muhim afzalliklami sanab o ‘tish mumkin, demak: inshootlar va ular
tomonidan yaratilayotgan hajmlarning insonga mutanosib ekanligi,
harakatlanishning asosan piyoda bajarilishi, tabiiy muhitga bevosita
yaqinlik va uning elementlarini qishloq 'posyolkasi tuzilmasi tarkibiga
kiritilishi,
qishloq
aholi
punktining
tabiiy
landshaft
bilan
mujassamlikdagi umumiy qiyofasining o'ziga xosligi - bulaming
bare has i aholini shaharlarga xos joylashuvidagi yuqorida sanab
o ‘tilgan muammolami ma’lum darajada bartaraf qilish
va kamaytirish
imkoniyatini beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda va qishloq hududlami
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash zaruriyatini hisobga olib
turib, qishloq aholi punktlarini nafaqat respublika joylashuv
tuzilmasidagi eng ommaviy vakillari, balki yirik shaharlar aholisi va
qishloq aholisi o‘rtasidagi bogMovchi elementlar sifatida qabul qilib,
ulami imkon qadar jadalroq rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish
lozim. biroq, aholi punktlarining ushbu toifasi uchun
ijtimoiy-
iqtisodiy potensialni shunchaki oshirishga asoslangan yo'nalish
muammolami toMiq hal qilinishini ta’minlab bermaydi.
Obyektiv
voqelik joylashuvning ikki - shahar va qishloqqa xos boMgan shakllari
o'rtasida uzviy bogManish va ulaming rivojlanishida ma’lum izchillik
mavjud ekanidan dalolat beradi. Buning natijasida shahar va qishloq
aholi punktlarining funksiyalari o‘zaro boyitiladi va toMdiriladi hamda
joylashuvning tizimli ko'rinishlari shakllanadi. Shuning uchun,
qishloq aholi punktlari rivojlanishidagi asosiy yo‘nalishi, bu o'zaro
bogMiq aholi punktlari guruhlarining funksional-tuzilmaviy element-
lari orqali shakllanishidan iborat deb qaralmoqda. Bunda qishloq aholi
punktlari asosiy, ya’ni agrar-sanoat ishlab chiqarish, hordiq chiqarish,
turizm, davolash kabi funksiyalari hisobiga o'zlarining ijtimoiy-
iqtisodiy asoslarini kuchaytirish hamda gumhli joylashuv markazlari
boMgan shaharlaming yetakchi funksiyalarini toMdirish imkoniyatiga
ega boMadilar.
Dostları ilə paylaş: