Qishloq aholi


 Qishloq hodudlaridagi aholi joylashuvi shakllanishining



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

1.2. Qishloq hodudlaridagi aholi joylashuvi shakllanishining
o'ziga xos xususiyatlari
O'zbekiston hududida aholi joylashuvi shakllanishining o'ziga 
xos xususiyatlarini o'rganishda respublikadagi qishloq joylami 
spetsifik jihatlarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular, 
birinchi navbatda, ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishi va 
aholi soni bilan shartlangandir.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida qishloq xo'jalik 
hududlaridagi yerdan foydalanish tuzilmasida salmoqli o'zgarishlar 
ro‘y berdi. Bu yerda davlat sektori deyarli bekor qilindi va yerdan 
foydalanuvchilami kichiklashtirilish jarayoni kechmoqda. 
Ham 
dehqonchilik, ham chorvachilik sohalarida fermer xo‘jaliklarining soni 
kun say in oshib bormoqda.
«Hozirgi vaqtda farmer xo'jaliklari qishloq xo‘jalik mahsulotlari * 
ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarali shakli ekanini 
hayotning o'zi tasdiqlab bermoqda. Yurtimizda fermer xo'jaliklarini 
moddiy-texnik ta’minlash va moliyalashtirish 
bo'yicha bozor 
iqtisodiyoti tamoyillariga to'la javob beradigan ishonchli tizim va
12
I


mexanizmlar shakl lantiri ldi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsat- 
moqda»1.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni kichikilashtirish va 
markazlashmagan tizimga o ‘tkazish jarayoni davom etib, ko‘p 
yo'nalishli iqtisodiyot shakllanmoqda.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, respublikaning qishloq 
joylarida aholini joylashtirishni o'ziga xos xususiyatlarini o‘rganish 
o ‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lib, alohida va mustaqil ilmiy mavzu 
darajasiga ko‘tarilgan.2. 0 ‘zbekistonda qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishi ustuvor ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu masalaga 
shunchalik katta e’tibor qaratilishini ochiq-oydin e’tirof etmasdan iloji 
yo‘q.
Bugungi kunda mamlakatning 3/5 qismi qishloqlarda istiqomat 
qiladi va bu ko‘rsatkich oxirgi yillarda deyarli o ‘zgarmay kelmoqda. 
Shu bilan birga, aholi soni oshishi bo‘yicha yetarlicha barqaror 
bo'lgan ko'rsatkichlami va aholining aksariyat qismi hududiy jihatdan 
o'troq 
ekanligini 
hisobga oladigan 
bo‘lsak, 
qishloq 
aholisi 
dinamikasining alohida tipini va 0 ‘zbekiston qishloq xo'jaligi hudud- 
laridagi demografik vaziyatning o'ziga yarasha jihatlarini belgilash 
mumkin (1.2.1 -rasm).
So'nggi yillarda tug‘ilishlar darajasining biroz pasayishiga 
qaramasdan (tug'ilishlarning eng yuqori ko'rsatkichi 1991 yilda qayd 
etilgan), baribir, qishloq aholisining soni ko‘payishda davom etmoqda. 
0 ‘rtacha yillik o ‘sish 1,7% ni tashkil qilib, bugungi kunda qishloq 
aholisining umumiy soni 16087,2 ming kishini yoki 25427,9 ming 
kishidan iborat mamlakat aholisining 63,3% ni tashkil qilmoqda. 
Samarali iqtisodiy siyosat markazining baholashicha mamlakati- 
mizdagi qishloq aholisi 2010 yilga kelib 17864,9 ming kishiga, 2025 
yilda - 20875,0 ming kishiga yetadi. Hisoblangan muddatdan keyin, 
masalan, 2050 yilda esa 25320,0 mingtani tashkil qiladi. Lekin, 
respublika aholisining umumiy soniga nisbatan ulushi asta-sekin 
pasayadi va 57,8% ni tashkil1 etadi.
Shu bilan birga, qishloq aholi punktlarini shahar tipidagi aholi 
punktlari tarkibiga kiritilishi hisobiga ularning ulushi kamayib
'l.A . Karim ov Jahon m oliyaviy-iqtisodiy inqirozi. O 'zb e k isto n sharoitida uni b artaraf etishning 
yo llari v a choralari. Toshkent: « 0 'z b e k isto n » ,2 0 0 9 . - 18-bet 
: M antiqqa zid b o 'lsa ham tan olish kerak - 0 ‘zbekistonda qishloq joytardagi aholi jo y lash u v i 
uib an istik a m uam m olariga qaraganda каш o'rganilgan.
13


borayayotganini ham kuzatish mumkin. Masalan, 
1959 yilda 
0 ‘zbekistondagi qishloq aholi punktlarining umumiy soni 17,3 
mingtaga teng boMgan boMsa, 1991 yilda bu ko'rsatkich 12,9 
minggacha kamaygan, bugungi kunda e s a - 1 1 ,7 mingtani tashkil 
qiladi. 0 ‘zbekiston Respulikasi Shaharsozlik kodeksiga muvofiq 
qabul qilingan klassifikatsiyaga ko‘ra, respublikadagi 11699 ta qishloq 
aholi punktlarining yarmidan ko‘progM, ya’ni 53,3% aholi soni 1000 
tagacha boMgan kichik qishloq aholi punktlaridan iborat. Ulaming 
tarkibida aholisi 500 tagacha boMgan kichik aholi punktlari 3258 tani, 
y a ’ni 52,3% ni, aholisining soni 500 dan 1000 gacha boMgan aholi 
punktlari 2969 tani, ya’ni 47,7% ni tashkil etadi. Aholisi 1 mingdan 
3000 gacha boMgan qishloq aholi punktlari soni 4281 taga teng boMib, 
ular qishloq aholi punktlari umumiy sonining 36,6% ni tashkil etadi. 
Aholisi 3000-5000 kishini tashkil etadigan katta posyolkalar soni 890 
taga (7,6%) teng. Aholisi 5000 kishidan ko‘p boMgan yirik qishloq 
aholi punktlarining soni 301 tani, y a’ni 2,5 foizni tashkil qiladi (1- 
jadval).
$ f i 20,0 dan ortiq 
£ ) 50danorhq
14


1.2.1-rasm . 

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin