U O ‘K: 9 1 1 .3 7 (0 7 5 )
KBK 60.7
T a q r i z c h i i a r :
Q .li.M u h a m e d ja n o v - arxitektura fan lari nom zodi, professor;'
YI.KLMirzayev - arxitektura fanlari nom zodi, dotsent.
ISBN 978-9943-990-56-2
О «Fan va teinologiya» nashriyoti, 2015.
KIRISH
Aholining, ayniqsa, qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi aholi-
ning sharoitlarini yaxshilanishi respublikamizning agrar sektorida
jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sodir etilishini nazarda tutadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mazkur muammoga
doimo jiddiy e’tibor qaratib kelgan va shuning uchun ham 2009
yilning
«Qishloq rivojlanishi va farovonligi yili»
deb e’lon qilinishi
bejiz etnas'. Alohida e’tibor qaratilishi lozim boMgan amallaming
mazmun-mohiyati va eng muhim yo‘nalishlari qabul qilingan Davlat
dasturida aniq va ravshan belgilab bergan. Dasturdagi «alohida e’tibor
qaratish lozim boMgan navbatdagi eng muhim vazifa - qishloqda
turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o ‘zgar-
tirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq keng koMamli chora-tadbirlarni amalga oshirish. ijtimoiy soha
va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish,
mulkdoming, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o ‘mi va
ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, fermer xo‘jaliklari rivojini
har tomonlama qoMlab-quvvatlashdan iboratdir»2.
Bu dastumi amalga oshirish uchun bugungi kunda iqtisodiyotning
agrar sektori rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator kamchi*
liklami. xususan, qishloq hududlarida aholi joylashtirilishining shakl-
lanib ulgurgan strukturasidagi mavjud kamchiliklarga (aholining
siyrak joylashishi, yoyilganlik, aholi punktlarining bir-birlaridan va
qishloqlararo industrial va madaniy markazlardan uzoqda joylashgan-
ligi) barham berish lozim. Mehnat resurslaridan oqilona boMmagan
tarzda foydalanish qishloq hududlaridagi ishlab chiqarishning texnika-
viy, texnologik va tashkiliy darajasini o ‘shirish bo‘yicha samaradorlik
pasayishiga sabdb boMmoqda; qishloq hududlaridagi kichik aholi
punktlarining son jihatdan ko'pligi xizmat ko'rsatish sohasining
rivojlanishini cheklab qo'ymoqda; aholi punktlarining yakkalanib qol-
ganligi va markaziy shaharlardan uzoqda joylashganligi xo'jaliklararo
'
«Qishloq hayoti» gazetasi, 200 8 ,6dekabr. (147-148). - 1-bet.
2I.A.KarimovJahon nioliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf ctishning
yo’llari v i choralari Toshkent: « 0 ‘zbekiston», 2009. - 41-bet
3
hamda tarmoqlararo kooperatsiya jarayonlarining sust borishiga,
qishloq aholisining shahar madaniyati va shahar turmush tarziga
moslashish imkoniyatlari pasayishining asosiy sababchisi sifatida
e’tirof etilayotgani sir emas.
Yuqorida sanab o'tilgan kamchiliklarni bartaraf etilishi mehnat
resurslaridan foydalanish doirasining kengaytiriIishini, xizmat ko'rsa-
tish sohasining shahar madaniyatiga xos bo'lgan ilg'or standartlarga
asoslangan shaklda taqdim etilishini, yuqori darajadagi umumiy va
professional ta’lim olish uchun zarur boMgan imkoniyatlar yaratilishi-
ni, bo'sh vaqtdan oqilona tarzda foydalanishni nazarda tutadi. Shuning
uchun ham, funksional ravishda yo'naltirilgan aholi punktiarining
Respublikaning qishloq hududlarida maqsadli ravishda rivojlantirilishi
ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishi va aholi joylashtirilishini
takomillashtirish bilan bog'liq boMgan eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalar sirasiga kiradi. 1.A.Karimov ham ana shu jihatlarga urg‘u
bergan ho Ida, xususan, quyidagi: «Qishloqni yangilash va qayta qurish
chora-tadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani
jadal rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega. Bu hozirgi agrar siyo-
satning g ‘oyat muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Kommunal va
muhandislik tizimlarining keng tarmog'ini yaratsak, qishloqda
yashovchilaming ijtimoiy hayotini tubdan yaxshilasakkina butun
qishloq xo'jaligini sifat jihatdan yangi darajaga ко'tar ish, unga
industrial tus berish mumkin.» - degan fikrni aytib o'tadi. Shu bilan
birga qishloqning eng dolzarb muammolaridan biri, ya’ni qishloq
xo‘jalik ishlab chiqarishidagi ortiqcha mehnat resurslarining industrial
sohalarga, servis va maishiy xizmat ko'rsatish sohasiga jalb qilinish
masalasi hal qilinadi»1.
Ana shu masalalarning hal qilinishida shaharsozlik faoliyatiga
katta ahamiyat beriladi, sababi hayot faoliyati va fazoviy shakllaming
uyg'unligi, ulaming o'zaro muvofiq va monand bo'lishi aynan
shaharsozlik vositalari yordamida amalga oshiriladi. Shaharsozlikning
ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy bogMiqligi va amaliyligi qishloq
aholisini joylashtirishda inson uchun zarur boMgan
yashash
sharoitlarining yirik hududiy tuzilmalar miqyosida yo‘lga qo'yilishida,
tartibga solinishida ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Aholi punktlari
tarmoqlarining joylashtirish tizimini shakllantirishga yo‘naltirilgan
'l.A -K arim ov.
O'zbckiston
iqtisodiy islohotiar chuquriashtirilishi y o 'lid a .
T. -wO'zbekiston».
1995. - 68-69-bedar.
4
rivojlantiri 1 ishi respublikada aholini joylashtirish bo'yicha amalga
oshirilayotgan o'zgarishlarning zamonaviy konsepsiyalari uchun asos
boMib xizmat qilishi zarur. Tizimli ravishda tashkil etilgan ushbu
jarayon aholi joylashtirilishida shahar va qishloq o ‘rtasida mavjud
boMgan tafovutni bartaraf qilinishining yangi yoMlarini belgilash
uchun imkoniyat yaratib beradi.
Aholini joylashtirish bir martalik tadbir emas, aksincha, uzluksiz
davom etuvchi va o ‘z mohiyatiga ko‘ra ancha murakkab boMgan maj-
muaviy jarayondir. Ishlab chiqarish va aholining yashash sharoitlarini
jadal sur'atlarda rivojlanishi o ‘zgarishlar bo‘yicha o'tkaziladigan
tadbirlaming uzluksiz boMishini talab etadi. Aynan shu jadallik,
aksariyat hollarda. aholini joylashtirish strukturasiga nisbatan qo‘yila-
digan talablar tez-tez o zgarib turishiga hamda ushbu strukturaning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning erishilgan darajasiga muvofiq holga
keltirishga undaydi. Bu jarayonning murakkab kechishi xususida
shuni aytish mumkinki, aholini joylashtirish bo'yicha rekonstruksi-
yaning ushbu bosqichida qishloq hududlaridagi aholi punktlarining
deyarli barchasi qamrab olinadi, bu esa, o‘z navbatida ularda amalga
oshiriladigan qayta qurish ishlari keng miqyosda o'tkazilishini
anglatadi.
Gumanizm ideallariga asoslangan yangi munosabatlar shaklla-
nishining eng muhim yo‘nalishlarini belgilamay. shahar va qishloq
o ‘rtasida haligacha mavjud boMgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy-
maishiy tafovutlami bartaraf etmay turib qishioqni va, umuman,
qishloq aholisining turmush tarzini o'zgartirib boMmaydi. Shuning
uchun ham shaharsozliknining, ya’ni qurilish va foydalanish nuqtai
nazarida qulay va tejamkor qishloq turar-joy uylarini barpo etilishi
juda katta ahamiyatga ega.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish hajmlarini sanoat va qishloq
xo‘jaligiga asoslangan holda oshirilishi aholi punktlarini o ‘zgartirish-
dagi ijtimoiy va shaharsozlik jihatlarga chambarchas bogMiqdir.
Ushbu muammoni hal etish uchun davlat tomonidan juda katta
mablagMar ajratilmoqda. Ulardan foydalanishning samaradorligi
loyihaviy yechimlaming qanchalik oqilona boMishi va aniq shart-
sharoitlarga qanchalik mos kelishi bilan shartlanib beriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida mavjud boMgan tabiiy, ijtimoiy-
demografik va boshqa shart-sharoitlar qishloq qiyofasini o'zgartirish
uchun yetarlicha dastlabki shartlami yaratish imkonini beradi.
5
0 ‘zbekistondagi qishloq aholi punktlarini rejalashtirish va qurish
bo'yicha umumiy masalalar 0 ‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy
ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlari tomonidan chop etilgan ishlarda
keng yoritilgan. •
Shu bilan birga, 0 ‘zbekistonda qishloq aholi punktlarini ommaviy
loyihalashtirish va qurish, shuningdek o ‘quv me’moriy loyihalash
amaliyotida bunday keng koMamli ishlarning o‘ziga xos jihatlari
yetarlicha hisobga olinmagan. Boshqa mintaqalar uchun oqilona va
eng maqbul boMsada, 0 ‘zbekiston sharoitiga umuman mos kelmaydi-
gan rejalashtirish prinsiplaridan foydalanishga bir qator misollarni
keltirish mumkin. Bu holat mamlakatimizdagi qishloq joylami loyiha
lashtirish va qurishdagi hududiy o ‘ziga xosliklami umumlashtirishga
va, natijada, yashash uchun noqulay va me’moriy jihatdan mavhum
bo'lgan aholi puntklari qurilishiga olib kelmoqda.
0 ‘zbekistonda qishloq posyolkalarining me’moriy-rejali tuzilma-
larini shakllantirish bo’yicha salmoqli va qimmatli tajriba jamlangan.
0 ‘tgan o‘n yilliklar davomida respublikamizning bir qator yetakchi
loyiha tashkilotlari (Uzshaharsozlik LITI, TashZNIIEP, Uzgiprosel-
stroy, Uzagromejxozproyekt, ToshPI, 0 ‘zbekiston Davlat arxitektura
va qurilish qo‘mitasi va uning qurilish va arxitektura bo'yicha viloyat
bo‘limlari; 0 ‘zbekison fanlar akademiyasi
falsafa va huquq
institutining sotsiologiya sektori, 0 ‘zbekiston FA qishloq xo'jaligi
iqtisodi instituti, 0 ‘zbekiston FA Arxeologiya instituti, ToshDU,
SamDU, TQXIMI va boshqa) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar
aholi joylashtirilishini shakllantirish va qishloq aholi punktlarini rejali
tashkillashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin bu tadqiqotlar
0 ‘zbekiston Milliy universiteti, 0 ‘zbekiston Agrar universiteti, TAQI,
« 0 ‘zagrosanoatIoyiha»
MCHJ,
« 0 ‘zshaharsozlikLITI»
OAJ,
SamTAQI kabi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy o ‘quv muassasalari
tomonidan yanada rivojlantiriIdi.
0 ‘zbekiston Respublikasida bosh loyihaning «donalab» ishlab
chiqishdan qishloq fuqarolar yig'ini hududini me’moriy-rejali
tashkillashtirish loyihasini (HMRT) kompleksli ishiab chiqishga qara-
tilgan uzviy ketma-ketlikdagi ishlar olib borilmoqda. Unda qishloq
fuqarolar yig‘ini hududidagi barcha qishloq aholi punktlarining
sxematik bosh rejalari ishlab chiqilib, yer resurslari, uy-joy fondi,
6
ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalardan oqilona foydalanish
masalaiari hal qilinmoqda.
Lekin, ta’kidlash zarurki, arxitektura va qurilish yo‘nalishi
bo‘yicha ta’lim sohasida yuqorida qayd etilgan jarayonlar yetarlicha
yoritilmagan. Bugungi kunda 0 ‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan oliy
o‘quv muassasalarida Hududning me’moriy-rejali tashkillashtirish
(HMRT) va qishloq aholi punktlarini me’moriy-rejali tashkillash-
tirishga bag‘ishlangan utnumiy va ixtisoslashtirilgan axborot hamda
o'quv materiallari yetishmaydi. Zarur materiallar ko‘p sonli kitoblar,
maqolalar, axborot varaqlari va satrlarida tarqoq holda berilgan,
bunday holat axborot yig‘ish va uni o ‘rganishda m a’lum qiyinchi-
liklami tug'diradi. Undan tashqari, bu kabi axborot oqimida talabalar
bosh g‘oyani ilg‘ab olishlari, o‘qilgan materiallami umumlashtirishlari
(aksariyat hollarda hajm katta bo'lgani sababli), turli tashkilotlaming
axborot tusiga ega hamda ilimiy materiallarini o‘zaro bog'lashlarida
jiddiy muammolarga duch kelmoqdalar.
Mazkur o'quv qo'llanmasida mavjud materiallami umumlash-
tirishga. qishloq posyolkalarini 0 ‘zbekiston qishloq fuqarolar yig'ini
tuzilmasidagi me’moriy-rejali tashkil etilishining asosiy prinsiplarini
aniqlashga harakat qilingan. Bunda TAQI va SamDAQI kabi o'quv
muassasalaridagi kurs va diplom loyihalari doirasida talabalar
tomonidan bajarilgan ilmiy-eksperimental ishlanmalarga alohida
e’tibor qaratilgan.
QoMlanmadagi materiallar arxitektura ixtisosi bo'yicha tahsil
olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Axborot materiali sifatida
faoliyati qishloqni o ‘zgartirish bilan bog'liq bo'lgan mutaxassislar
uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
7
|