Qishloq aholi


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

Takrorlash uchun savollar:
1.1.A.Karimovning ta’biri bo‘yicha O'zbekistondagi agrosanoat 
ishlab chiqarishida birlamchi qishloq xo'jalik bo‘g‘ini nimadan iborat 
boMishi lozim?
2. «Agrosanoat integratsiyasi» degan atama nimani anglatadi?
37


3. «Agrosanoat kompleksi» degan atama nimani anglatadi?
4. «Agrosanoat ishlab chiqarish» degan atama nimani anglatadi?
5. «Agrosanoat kombinati» degan atama nimani anglatadi?
6. «Agrosanoat birlashmasi» degan atama nimani anglatadi?
7. Agrarsanoat ishlab chiqarish rivojlanishiga va shahar va qishloq 
o ‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy farqlanishlami bataraf etish jarayoniga 
qaysi asosiy omil bugungi kunda to'sqinlik qilmoqda?
1.5. Shahar va qishloq aholi punktlarining o‘zaro
bogMiq ravishda rivojlanishi
Qishloq aholisini joylashtirish va qishloq aholi punktlarini rivoj­
lantirish sohasidagi jamiyatning ijtimoiy vazifalarini hal qilishdagi 
samaradorlikni oshirish zarurati urbanizatsiya jarayonini aniq maq- 
sadli boshqarilishini va joylashtirish tizimini oqilona tashkil etilishini 
talab etadi. Katta va yirik shaharlar o'sishini tartibga solish bo'yicha 
qabul qilingan umumiy yo‘nalishda qishloq joylardagi joylashuv qayta 
tashkil qilinishini shakllanayotgan aholi punktlari tizimi doirasida 
shahardagi aholi joylashuvi bilan yaqindan bogMiqligiga katta 
ahamiyat berilmoqda. Biroq, ushbu muammolar yechimini hal qilish 
bo‘yicha bajarilgan keng qamrovli tadqiqotlar shuni ko'rsatayaptiki, 
shakllanib boMgan va, aksariyat hollarda. avtonom rivojlanish yoMiga 
yo‘naltirilgan joylashuv tizimlarining samaradorligi anchayin past va 
ulardagi tarkibiy guruhlar faoliyatida o'sish kuzatilmayapti. Shahar- 
sozlik muammolari, odatda, har bir shahar yoki posyolka uchun 
alohida, boshqa aholi punktlari bilan aloqa va bogManishlami hisobga 
olmasdan turib hal qilinmoqda. Natijada. aholi punktlarining shakl­
langan tarmogM va aholi punktlarining kattaligi hamda funksional 
ixtisoslashuviga ko‘ra o ‘zaro bogMiq tarzda rivojlanish tendensiyalari 
o'rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelmoqda.
Yaqin kunlargacha urbanistika bo‘yicha aksariyat tadqiqotlar, 
garchi 
urbanizatsiya jarayoni davomida shaharlaming aloqalari 
kengayib, chegaralari yoyilib ketsada, asosan shaharlarga bagMshlanar 
edi. Rivojlanayotgan shaharlar o‘z ta’sir zonalarini faol kengaytirgan 
holda qishloq joylardagi turmushga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. 
Shuning uchun ham ulaming istiqbolli rivojlanishi masalalari yon- 
atrofdagi qishloq aholi punktlarini hisobga olib turib hal qilinishi lozim.
38


Rivojlangan ilm va ta’lim hamda ijtimoiy infratuzilmaJarga ega 
bo'lmagan qishloq aholi punktlari joylashuv tizimi va ishlab 
chiqarishning aksariyat qismi talablariga to‘liq javob bera olmaydilar 
va rivojlanish sur'atlari oshishiga to'sqinlik qiladilar. Avtonom 
joylashuvning samarasizligi ushbu tizim ijtimoiy talablarga zid ekanligi 
orqali namoyon bo'ladi. Sababi, aholi bilimliligi va madaniyati 
darajasining o ‘sishi uning mobilligini oshiradi, yashash muhiti 
yaxshilanishiga, qishloq aholi punktlaridagi infratuzilma rivojalanishi 
darajasiga nisbatan oshib boravotgan talablami rag'batlantiradi. Shu 
sababdan ham, aholining mehnat qilishi, ta’lim olishi, maishiy turmushi 
va hordiq chiqarishi mumkin bo'lgan joylaming turlicha bo'lishi 
qishloq joylardagi joylashuv tizimini istiqbolli tashkil etilishining eng 
muhim ijtimoiy mezoni sifatida qabul qilinadi.
Joylashuv tizimi rivojlanishidagi obyektiv va tarixiy jarayonning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
qonunlarga 
asoslanganligi 
aholi 
punktlari 
avtonomligi bartaraf etilishi va integratsion aloqalami rivojlanishiga 
tayanadi. Aytish lozimki, bu jarayonda integratsiyaning tabiiy 
yadrolari bo'lib o'zining ta’sir va tortish zonalariga ega bo'lgan 
shaharlar xizmat qiladi. 0 ‘z rivojlanishida tartibga solinish darajasi 
past bo'lgan aholi punktlarini o'zgartirish va ulami samarali faoliyat 
ko'rsatishiga erishish uchun kattaligi va fimksional vazifalari turlicha 
bo'lgan avtonom qishloq aholi punktlarini o'zaro bog'langan shahar 
va qishloq aholi punktlari guruhlariga aniq maqsadli ravishda 
birlashtirish eng dolzarb va muhim masala hisoblanadi. Bunda 
shaharlar va qishloq aholi punktlari o'rtasidagi turli aloqalami 
rag'batlantirish joylashuvning istiqbolli tizimlarining o'ziga xos 
jihatlari bo'lib xizmat qiladi. Bu kabi tashkillashtirishni faqat shahar 
va qishloq aholi punktlarining aholi punktlari integratsiyasi va shahar 
hamda qishloq aholisi uchun sifat nuqtai nazarida bir-biriga 
tenglashtirilgan turmush sharoitlarini yaratishga asoslangan o'zaro 
bog'langan guruhlarini shakllantirish vositasida amalga oshirish 
mumkMa'lumki, guruhli joylashuv tizimlari nazariyasi aholi kundalik 
aloqalari va aholi punktlari orasidagi hududlardan birgalikda 
foydalanish chegaralari doirasida kattaligi va fimksional vazifalari 
turlicl’a 
bo'lgan 
aholi 
punktlarining 
o'zaro 
integratsiyasiga 
asoslanKan. O 'z rivojlanishida ma’lum yo'nalishga ega bo'lib, tartibga 
solinaVotgan guruhli joylashuv tizimlari o 'z tarkibiga yangi shahar va
39


qishloq aholi punktlarini qo'shib ol ish lari mumkin. Demak, ularning 
joylashuv tizimidagi rivojlanishi, faqatgina aholi sonining o'sishi 
hisobiga emas, balki, yuqorida qayd etilganidek, asosan. shaklla- 
nayotgan joylashuv tizimlarining tuzilmaviy-funksional elementlari 
sifatida shakllanishi orqali amalga oshadi. Ushbu tizimlaming 
tuzilmaviy elementi hisoblangan qishloq aholi punktlari o'zlarining 
yetakchi funksiyalari hisobiga iqtisodiy rivojlanishning mustahkam 
asoslariga ega bo‘lishlari mumkin. Bunda, shaharlar, ayniqsa yirik 
shaharlar ta’siri zonasida, ular bilan tizimli aloqalar rahbatlantirilishi 
natijasida, mavjud qishloq joylashuvining xususiyatlari sezilarli 
darajada o‘zgaradi, sababi, qishloq aholi punktlarida yashovchi aholi 
mehnat 
qilish 
va 
malaka 
oshirish 
uchun 
yanada 
ko'proq 
imkoniyatlarga, madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish bo'yicha yanada 
qulayroq sharoitlarga, moddiy va ma’rifiy madaniyat o'choqlaridan 
bahramand boMish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega boMadi. 
Boshqacha qilib aytganda, qishloq aholisi shu mintaqada yashovchi 
shahar aholisi kabi ijtimoiy-madaniy imkoniyatlarga ega boMadi.
Natijada, qishloq aholisining ijtimoiy faolligi va harakatchanligi 
intensiv munosabatlar va aloqalar jarayoniga jalb qilish yo‘li orqali 
ortadi, bu esa, o ‘z navbatida, joylashuvning shaharga va qishloqqa xos 
shakllari o'rtasidagi farqlanishlar asta-sekin yo‘qolib borishiga xizmat 
qiladi. Shuning uchun ham, aholi punktlari o‘rtasidagi mehnat qilish 
joylariga nisbatan harakatlanishlaming ahamiyati yanada oshadi, o‘z 
mohiyatiga ko‘ra aholi joylashuvi muammosi aynan shu jihatga, ya’ni 
aholining mehnat qilish joylariga boMgan munosabati 
bilan 
belgilanadi. Bu holat aholining mayatniksimon migratsiyasi deb 
ta ’riflanadi.
Mavatniksimon m igratsiva- aholining aholi punktlari o'rtasidagi 
doimiy va tizimli ravishda amalga oshiradigan mehnat safarlari.
Qishloq aholisining shaharga jadal mayatniksimon mehnat 
safarlari shahar atrofiga qatnaydigan yoMovchi transport tarmogM 
rivojlangan hududlarda kuzatiladi, sababi, ba’zi holatlarda shahar 
yaqinidagi qishloq joylarga qatnaydigan transportdan foydalanishga 
sarflanadigan vaqt shahar ichida transportdan foydalanishga ketgan 
vaqtdan kamroq boMadi. Aholining mayatniksimon harakatlanishi 
ishlab chiqarish-iqtisodiy, tashkiliy-xo‘jalik va ma’muriy aloqalar 
bilan bir qatorda joylashuvdagi muayyan yagonalikni yuzaga keltiradi. 
Bu, ayniqsa, katta va yirik shaharlar atrofidagi zonalarda kuzatiladi -
40


bu kabi aloqalar barqarorlashgan va kundalik xususiyatga ega. 
Demak, taxmin qilish 
mumkinki, kelajakda katta va yirik 
shaharlaming ta'sir zonasida joylashgan qishloq aholi punktlaridagi 
rivojlanish jadalroq kechadi va asta-sekin aholi yashaydigan 
joylaming hududiy lokal tizimlari shakllanib boradi (1.4.1-rasm).
Shakllanayotgan joylashuv tizimlari doirasida qishloq xo‘jaligi- 
dagi ishlab chiqarishni sanoat asosida tuzish bo'yicha katta 
imkoniyatlar paydo boMadi, natijada, faqat qishloq xo‘jaligi bilan 
bogMiq ishlab chiqarishga asoslangan qishloq aholi punktlarining soni 
asta-sekin qisqarib, qishloq aholisi mehnat sharoitlari shahardagi 
sharoitlarga yaqinlashib boradi. Bu tizimlaming shakllanishi bilan 
birga shaharlar va qishloq aholi punktlari o‘rtasida o'zaro bog‘- 
liqliklaming yangi turi paydo boMa boshlaydi. Transport infira- 
tuzilmasining rivojlanishi, shaharlarga yondosh boMgan qishloq 
xo‘jalik hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga shahardagi ta’lim va 
madaniyat 
maskanlaridan 
yaqindan 
foydalanish 
imkoniyatini 
ta’minlagan holda, shahar va qishloq muhitlaridagi madaniy-ijodiy 
sharoitlami 
barobarlashtirishga 
xizmat 
qiladi. 
Bunday 
holat 
rivojlangan sari mayatniksimon migratsiya shaharga xos turmush 
tarzini qishloqda faol tatbiq etuvchi muhim omilga aylanib borayot- 
ganidan va uning kelgusidagi rivojlanishi urbanizatsiya jarayonining 
ajralmas qismiga aylanib borishidan dalolat beradi. Mayatniksimon 
migratsiya joylashuv muammosi nuqtai nazarida shaharlik boMmagan 
aholining ommaviy joylashgan hududlari chegaralarini aniqlash orqali 
shaharlaming ta’sir zonalarini aniqroq belgilash uchun imkon 
yaratadi. Bu, o ‘z navbatida, ushbu hududlarda eng qulay turmush 
sharoitlarini yaratish uchun amalga oshiriladigan tadbirlami oqilona 
rejalashtirilishi va taqsimlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qishloq aholisining mahalliy miqyosdagi harakatchanligidagi 
ijobiy sifatlami qayd etgan holda, uzoq masofalarga qilgan safarlari 
aksariyat hollarda vaqtning asoslanmagan sarflanishiga va «yoM 
charchogM»ni keltirib chiqarishini, natijada migrantlardagi mehnatga 
boMgan layoqatni pasaytirishini ham nazarda tutish lozim. Shu 
sababdan, aholi puntklari tizimiga kiruvchi aholining shahar-markazga 
yetib olish uchun sarflaydigan vaqtning yoM qo‘yilgan maksimal 
sarflanishini shahardan tashqarida yashovchi aholi joylashuvidagi 
olislikni baholash mezonlaridan biri sifatida qabul qilish mumkin. Bu 
mezon turlicha boMib, shahar-markazining kattaligi va funksional
41


vazifalariga bog'liq. Bu vaqt chegarasidan tashqarida yashaydigan 
qishloq aholisi uchun yashash joyida yoki o'zaro bog'langan 
joylashuv tizimidagi quyi bo'g'inini hosil qiluvchi eng yaqin mehnat 
markazlarida ishlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Qishloq aholisini ijtimoiy-madaniy nuqtayi nazardan jalb qiluvchi 
tayanch punktlari sifatida respublikadagi tuman markazlarini e ’tirof 
etish mumkin. Qishloq joylar bilan o'zaro bog'lanishlar qatorida tu­
man tashkil etuvchi mahalliy aloqalar tizimiga kiruvchi mayatnik- 
simon migratsiyani ham qayd etish lozim. Tuman markazlariga 
nisbatan yopiq mehnat balansi xos bo'lib, ular mahalliy aloqalar 
asosida rivojlanib, yondosh joylashgan qishloq aholi punktlaridagi 
aholini jalb qiladilar. Ular o'zaro bog'liq aholi punktlari tizimining 
quyi tabaqasini - ma’muriy tumanlar doirasida yuzaga keladigan 
joylashuvning mahalliy tizimlarini shakllantiradilar.
Respublikaning eng aholisi ko'p voha hududlaridagi shaharlar 
zichligi va ular ichidagi eng yiriklaridagi maydonning kengaytirilishi 
sanoat ishlab chiqarish korxonalari joylashuviga ham ta ’sir qiladi va, 
aksariyat hollarda, bunday korxonalar shahar tashqarisida, uning yon- 
atrofida 
joylashtiriladi. 
Ilmiy 
adabiyotda 
bu 
kabi 
holatlar 
«suburbanizatsiya» deb nomlanadi. Qishloq xo'jaligida band bo'lm a­
gan aholisining soni nisbatan ko'p bo'lgan suburbanizatsiyalashgan 
hududlar maydonining kengaytirilishi yirik va katta shaharlar atrofida 
urbanizatsiyalashgan zonalarni vujudga keltirib, qishloq xo'jalik va 
sanoat o'rtasidagi ishlab chiqarish, qishloq va shahar aholisi 
o'rtasidagi mehnat va madaniy-maishiy aloqalami rivojlantirish uchun 
mustahkam baza yaratib beradi.
Qishloq joylardagi joylashuvning respublikada shakllangan 
tizimini o'rganish va uning rivojlanish tendensiyalarining tahlili 
qishloq aholi punktlarining sifat nuqtayi nazaridan o'sishi boshqa 
omillar bilan birga shahar aholi punktlari tarmog'i tuzilmasining 
rivojlanish darajasiga ham bog'liq ekanligini ko'rsatdi. Ana shu 
rivojlanish darajasi qancha yuqori bo'lsa, shakllanayotgan joylashuv 
tizimlarining rivojlanishi ham shunchalik yuqori bo'ladi. Shu 
sababdan qishloq joylardagi joylashuvni o'zgartirish sharoitlariga 
yondoshuv tabaqalashgan, ya’ni har bir mintaqadagi shart-sharoitlami, 
ko'rilayotgan hududdagi miqyosi hamda rivojlanganlik darajasi 
turlicha, tuman va shahar markazlari mavjudligini hisobga olgan holda 
bo'lishi zarur. Aytib o'tilgan omillarga bog'liq ravishda miqdoriy va
42


sifatiy o ‘zgarishlar, qishloq aholi punktlarini kattaligi va bajaradigan 
funksiyalari bo‘yicha tabaqalanishi amalga oshiriladi, rejalashtirilishi 
va me’moriy qiyofasi takomillashadi.
Shunday qilib, shahar va qishloq aholisi joylashtirilishining o‘zaro 
bog'liq va bir-birini toMdirib turuvchi ikkita tizim osti tuzilmalaridan 
tashkil topgan tizimlarining mavjudligi quyidagilarni amalga oshirish 
imkoniyatini yaratadi:
ishlab chiqarish kuchlarini ham shaharlar ichida, ham qishloq 
hududlarida optimal ravishda joylashtirish va kompleks rivojlantirish;
o ‘z tarkibida shahar va qishloq aholi punktlari mavjud boMgan 
joylashtirilishning yagona ratsional strukturasini tashkil qilish;
o‘zaro bogMiq aholi punktlaridagi ijtimoiy-madaniy infratuzil- 
maning maqsadga muvofiq ravishda joylashtirilishini ta’minlash;
qishloq hududlaridagi aholi punktlari o‘rtasida yetakchilarini 
aniqlash va muayyan mintaqaning ishlab chiqarish salohiyati hamda 
mavjud joylashtirish tizimining rivojlantirilganlik darajasidan kelib 
chiqqan holda ularning asosiy turlarining rivojlantirish bo'yicha 
yo'nalishlarini belgilash;
aholi punktlaridagi shakllanayotgan tizimlaming funksional- 
rejaviy tashkil etilishini va ularning asosiy elementlari hisoblanuvchi 
qishloq punktlarini takomillashtirish.
Yuqorida bayon etilgan holatlar respublikaning qishloq joylari- 
dagi aholi punktlarini shaharsozlik nuqtayi nazarida rivojalantirish 
jarayonida yetarlicha keng doiradagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalami hal 
qilish bo‘yicha yechimlami ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin