Qishloq aholi


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

Takrorlash uchun savollar:


o ‘ta notekis taqsimlangan. Bu kabi qishloqlarning eng katta nisbiy 
ulushi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Buxoro viloyat- 
larida kuzatiladi. Va, aksincha, 
eng yirik qishloq aholi punktlari 
Namangan, Andijon, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridan 
jamlangan.
Ishlab chiqarishning va, birinchi navbatda. qishloq xo'jaligidagi 
ishlab chiqarishning rivojlanishi, shuningdek qishloq turmushidagi 
ijtimoiy omillaming yaxshilanishi respublikadagi qishloq joylashuvi 
areallarini yetarli darajada saqlab qolish imkoniyatini beradi. Agrar- 
sanoat integratsiyasi sharoitlarida esa bu holat ham iqtisodiy, ham 
ijtimoiy jihatlarda 
ayniqsa 
dolzarb 
hisoblanadi. 
Agrosanoat 
komplekslari keng rivojlanishida mavjud aholi punktlaridagi aholi 
konsentratsiyasi miqyoslari umuman oshib boradi. Bu esa, o ‘z 
navbatida, kichik qishloq aholi punktlari sonining ma'Ium darajada 
qisqarishiga olib keladi.
Qishloq joylashuvi konsentratsiyasi masalasining dolzarbligi va 
murakkabligi kichik qishloq aholi punktlari sonining qisqarish 
sur’atlari juda past bo‘lib, muammoning umumiy miqyosiga umuman 
mos kelmaydi. Biz tomondan o ‘tkazilgan tahlil natijalari shuni 
ko‘rsatdiki, so'nggi 15 yil ichida qishloq aholi punktlari sonining 
qisqarishi bir yilda 0,6% ni tashkil qilgan. T a’kildash lozimki, bu 
ko'rsatkich oxirgi yillarda yanada pasaygan. Lekin, muammo faqat 
kichik qishloqlar soni qisqarishini past sur’atlariga taqalmaydi, 
qishloq aholisining shaharlarga ko'chib o‘tishi o‘ta tartibsiz va 
nobarqaror ekanligi ham salbiy ta’sirga ega. Agar bir necha yil aw al 
shaharga asosan kichik qishloq aholisi ko‘chib ketayotgan bo'Isa, 
hozir katta qishloq aholi punktlaridan, ba’zida, istiqbolli sanalgan 
aholi punktlaridan ham odamlar ko‘chib ketayapti. Yirik qishloq aholi 
punktlaridan aholining chiqib ketish sur’atlari kichik qishioqlardagiga 
qaraganda jadalroq kechmoqda, sababi, kichik qishloqlarda qolgan 
aholining aksariyat qismi yoshi katta fuqarolardan iboratdir.
Kichik qishloq aholi punktlari sonini qisqartirish bo‘yicha 
tadbirlar muhimligini baholab turib, yuzaga kelgan vaziyatni o ‘ta 
jiddiy muammo sifatida qabul qilish shart emas. Birinchidan, kichik 
qishloq aholi punktlari soni ko‘paygandek tuyulsada, bu ko‘rsatkich 
aytarli katta emasligini va bu kabi qishloqlar, asosan, mavsumiy 
ekanligini nazarda tutish zarur. Ikkinchidan, kichik va mayda 
(«istiqbolsiz») qishloqlar sonining qisqarishi muammo bo‘lib turgan
64


boMsada, ishlab chiqarishga taalluqli bo'lmagan qurilish obyektlari, 
odatda, qishloq xo‘jalik korxonalarining markaziy posyolklarida 
jamlanishi lozim. Bunday sharoitlarda qishloq aholi punktlari sonini 
barqarorlashtirish masalasini rivojlanishning zarur bosqichi deb qabul 
qilish mumkin. Ana shu bosqichda respublikadagi joylashuv 
tarmog‘ini kelgusida yanada faolroq tartibga solish uchun zamin 
yaratiladi. 
Uchinchidan, 
qishloq joylardagi 
kichik joylashuv 
tizimlarining mavjudligini ba’zi hollarda (ayniqsa, urbanizatsiya 
darajasi yuqori boMgan hududlarda) ijobiy holat deb baholash 
mumkin. Sababi, aynan shunday kichik aholi punktlarida shahardan 
tashqarida dam olish, dala hovlilarini qurish va rekreatsiyaga boMgan 
ehtiyojlar qisman boMsada, lekin qondiriladi. Qishloq xo‘jaligi va 
sanoatning uzviy bogMiq tarzda mavjud boMishi sharoitlarida qishoq 
aholi punktlarini shahar va qishloq joylashuvining yagona tizimdagi 
integratsiyasi ancha jiddiyroq masala hisoblanadi. Bu masala ikki 
tarkibiy qismga boMinadi: markaz tashkil qiluvchi markazlari 
tarmoqlarining rivojlantirish va zichlash hamda ushbu markazlami 
chekka 
qishloqlar 
bilan 
bogManishini 
ta’minlovchi 
transport 
kommunikatsiyalari tizimini rivojlantirish (2.2.1-rasm).
Markaz tashkil qiluvchi vazifalami bajarayotgan shahar aholi 
punktlarining shakllangan tarmoqlarini tahlil qilish davomida bugungi 
holat miqdoriy jihatdan nisbatan yaxshi ekanligi to‘g‘risida xulosa 
chiqarish mumkin. Turli iyerarxiya darajasidagi markazlaming 
viloyatlar bo'yicha (differensiallashgan) tahlilida umuman boshqacha 
manzara namoyon boMadi. Bunday yondoshuvda joylashuv bir tekisda 
emasligi va markaz tashkil etuvchi markazlar tarmoqlar soni kamligi 
yaqqol ko'zga tashlanadi.
« 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida aholi joylashuvining bosh 
sxemasi»da keltirilgan maMumotlarga ko'ra joylashuvning guruhli 
shakllaridagi eng yuqori darajaga ega markazlari - yirik shaharlar 
(aholisi 500 mingdan ortiq boMgan) bilan qondirilganligi bo'yicha 
holat nisbatan yaXshi ekan. Agar yirik shaharlaming viloyatlar 
kesimida bir tekisda taqsimlanmaganligi hisobga olinsa, yuqori daraja- 
dagi markazlar bilan ta’minlash masalasi yanada murakkablashadi 
(Toshkent, Samarqand va Farg'ona vodiysidagi viloyatlar bundan 
istisno). Angren-Olmaliq va Bekobod o'rta darajadagi tizimlari 
joylashgan Toshkent viloyati, shuningdek guruhli joylashuvning 
o'rtacha darajasiga ega Shahrisabz guruhiga ega Qashqadaryo
65


viloyatini hisobga olmasa, qolgan viloyatlarda o‘rta darajadagi 
markazlar (aholi soni 100 mingdan 500 minggacha bo'lgan shaharlar) 
bilan holat ham xuddi shunday.
Joylashuvning Guliston guruhiga ega Sirdaryo viloyatidan 
tashqari qolgan boshqa viloyatlarda guruhli joylashuvning o'rtacha 
tizimlari faqat o ‘z viloyat markazlariga egalar.
Aholisining soni 100 ming kishigacha bo'lgan quyi darajali 
guruhli joylashuv tuzilmalarida holat nisbatan yaxshi hisoblanadi (3- 
jadval). Respublikaning aksariyat viloyatlarida shakllangan bu 
ko'rsatkichni nisbatan yaxshi deb qabul qilsa bo'ladi. Lekin, bu 
vaziyatni bir xil baholash ham noto'g'ri bo'ladi, sababi, bu kabi 
markazlar tarkibidagi aksariyat aholi punktlari tizim tashkil etuvchi 
maqomiga ega emaslar. Agar ulami istisno qiladigan bo'lsak. u holda 
respublikaning ko'pgina viloyatlari va tumanlarida tizim tashkil 
etuvchi mahalliy markazlar yetishmasligi ayon bo'ladi, vaholanki, 
aynan shunday markazlar qishloq hududlardagi joylashuv tizimlarini 
takomillashtirishda juda muhim ahamiyatga egalar.
Bugunning o'zidayoq ana shu holat quyi ma’muriy tumanlardagi 
ishlab chiqarish bazasini samarali rivojlantirishga va ulardagi ijtimoiy- 
madaniy potensialni hududlar bo'yicha tashkil etilishiga to'sqinlik 
qilmoqda. 
Shuning uchun 
ham, 
bu 
ma’muriy tumanlaming 
posyolkalararo markazlari tarkibi va joylashuvini asoslash hamda 
tizim tashkil etuvchi funksiyalarni ular o'rtasida taqsimlash qishloq 
hududlardagi joylashuv tizimini rekonstruksiya qilishning bugungi 
kundagi asosiy vazifalaridan biri bo'lib kelmoqda. Bu mahalliy tizim 
tashkil etuvchi markazlar sonini mexanik tarzda ko'paytirishni 
anglatmaydi. Bunda, birinchi navbatda, mavjud yirik qishloqlar va 
kichik shaharlami rivojlantirish, ulami amaldagi tizim tashkil qiluvchi 
markazlarga o'zgartirish masalasini hal qilish zarur. Mahalliy tizim 
tashkil etuvchi markazlar zichligi yetarlicha yuqori bo'lgan holatlarda, 
asosiy vazifa ular orasidan eng istiqbolli deb topilganlarini 
rivojlantirishni asOslashdan iborat bo'ladi.
Qishloq hududlarini tizim tashkil qiluvchi markazlar bilan 
ta ’minlashga bevosita aloqasi bo'lgan yana bir holat ham muhim 
hisoblanadi. Agrar-sanoat integratsiyasi jarayonlarini jadallashtirish va 
qishloq aholisiga madaniv-maishiy xizmat ko'rsatish tizimini 
rivojlantirish zarurati quyi darajadagi markazlar - qishloq xo'jalik 
korxonalari guruhi qoshidagi qishloq aholi punktlari darajasida
66


tegishli fimksional aloqalar uchun shartli markazlar vazifasini 
bajaruvchi posyolkalaming istiqbolda rivojlantirish va ular tarmog‘ini 
kengaytirish masalasi hal qilinishini talab qiladi.
Turli miqyosga ega tizim tashkil etuvchi markazlar haqida so‘z 
yuritilganida, guruhli joylashuvning yirik va o ‘rta tizimlari markaz- 
larini rivojlantirish muammosi, garchi, qishloq hududlardagi joylashuv 
tizimlarini tashkil qilish bilan bog‘liq masalalarga bevosita va 
yaqindan bog'liq bo'lsada, ular doirasidan chiqib ketishini ta’kidlash 
zarur. Guruhli joylashuvning kichik tizimlari markazlari va nisbatan 
katta bo'lmagan qishloq aholi punktlarining markazlari masalasi quyi 
ma’muriy tumanlardagi joylashuv tarmoqlarini rivojlantirishga to'g'ri- 
dan-to‘g ‘ri bog'liq bo'lib, qishloq hududlardagi joylashuv tizimlarini 
rivojlantirish muammosining bir qismi sifatida qabul qilinadi.
Turli miqyosdagi tizim tashkil qiluvchi markazlami kengaytirish 
va yetarli darajada zich bo'lgan tarmoqlarini tashkil etish bilan bir 
qatorda qattiq qoplamali yo'llar sonini ko'paytirish ham qishloq aholi 
punktlarining yagona tizimga integratsiyalanishi uchun muhim 
omillardan hisoblanadi. Transportning alohida tumanlar va aholi 
punktlarini rivojlanishidagi roli hammaga ma’lum. Shuning uchun, 
transport va qishloq joylar urbanizatsiyasi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik 
tahliliga alohida to'xtalmasdan ta’kidlash mumkinki, transport 
tizimidagi taraqqiyot qishloq joylardagi urbanizatsiya jarayonining 
barcha jabhalariga ta’sir ko'rsatadi. Y o'llar tarmog'i zichligi 
qanchalik yuqori va harakatlanish vositalari qanchalik takomillashgan 
bo'lsa, qishloq joylaming moddiy-texnika bazasi va ishlab chiqarish 
darajasi shunchalik rivojlangan bo'ladi.
Agrar-sanoat integratsiyasi - transport kommunikatsiyalari rivoj- 
lanishini rag'batlantiruvchi va jadallashtiruvchi omillardan biri. 
Buning dastlabki shartlari -dehqonchilik va sanoatning uzviy mujas­
samligi sharoitlarida hududning alohida eiementlaridagi fimksional 
yagonalik (ham texnologik, ham ijtimoiy-iqtisodiy) darajasining 
ortishi, yuk va yo'lovchi tashish miqyoslarini oftayotgani, muhan- 
dislik kommunikatsiyalami rivojlantirish uchun moddiy resurslaming 
o'sishi hisoblanadi.
Qishloq aholi punktlarini joylashuvning yagona tizimiga kiritilishi 
nafaqat miqdoriy, balki sifatiy jihatlarga ham ega. Agar miqdoriy jihat 
joylashuvning mahalliy tizimlari uchun optimal parametrlarni 
(istiqbolli 
qishloq 
aholi 
punktlarining 
soni, 
markazlar 
va
67


kommunikatsiyalar joylashuvining zichligi) o ‘matishdan iborat boMsa, 
sifatiy jihat - aloqalami o‘zgartirish, ulami takomillashtirishdan iborat 
boMadi. Bugungi kunda qishloq aholi punktlarini yaxshi transport 
tarmoqlari va ishonchli harakatlanish vositalari yordamida shaharlar 
bilan bogMash kamlik qiladi. Shahaming qishloq aholisiga ta’siri 
faolroq boMishi talab etilmoqda. Bu tadbirlaming barchasi aholini 
joylashtirishga bevosita aloqasi bor, ulami amalga oshirilishi 
agrosanoat komplekslaridagi qishloq aholi punktlari tarmog‘ini tashkil 
etishga sezilarli o ‘zgartishlar kiritishi mumkin.
Demak, agrar-sanoat integratsiyasi sharoitlarida qishloq joylar­
dagi aholi punktlarini joylashtirish muammosi hal qilishning asosiy 
yo‘nalishlarini quyidagi uchta vazifadan iborat butunlikda ko'rilishi 
zamr: kichik va mayda qishloqlardan iborat joylashuv tizimlari sonini 
qisqartirish, mahalliy tizim tashkil qiluvchi markazlami rivojlantirish, 
transport kommunikatsiyalari tarmogMni kengaytirish va zichlash- 
tirish. Turli hududlarda o‘ziga xos mujassamlikda, turli miqyos va 
mutanosiblikda mavjud bu vazifalar respublikaning mintaqalarida 
qishloq aholisining joylashuvi bilan bogMiq muammolar dolzarbli- 
gining turli darajasini belgilab beradilar. Kichik qishloqlar soni ko‘p 
va bu kabi aholi punktlar soni qisqarish sur'atlari past boMgan hamda 
tizim tashkil qiluvchi markazlar tarmogM siyrak va transport 
kommunikatsiyalar zichligi yuqori boMmagan mintaqalarda bu 
muammo o ‘ta dolzarb hisoblanadi. Bunday vaziyat respublikaning 
kam o'zlashtirilgan hududlarida - QoraqalpogMston Respublikasining 
sharqiy qismi, Buxoro va Navoiy viloyatlarining shimoliy hududlari, 
Qashqadaryo viloyatining markaziy qismlarida kuzatiladi. Shu bilan 
birga, shunday mintaqalar borki, u yerda qishloq aholisini joylashtirish 
muammosi ancha yengil ko'rinishga ega. Bu kabi hududlar sirasiga 
Farg‘ona vodiysidagi viloyatlami kiritish m u m k in -u yerda yirik 
qishloq aholi punktlarining tarmogM shakllangan boMib, mahalliy 
markazlar tizimi ancha rivojlangan va transport kommunikatsiyalari 
bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori hisoblanadi. Uchta vazifadan 
iborat butunlikdagi muammolami hal qila turib, quyi ma’muriy tizim- 
lar (joylashuvning mahalliy tizimlari) chegarasida istiqomat qilishning 
eng qulay sharoitlariga erishish masalalarini ham hal qilish mumkin.
Bizning 
baholashimizga ko‘ra, aynan shunday joylashuv 
tizimlarida qishloq aholisi tarkibining 75% gacha boMgan ulushi
68


yashaydi1, bu holat esa, o ‘z navbatida, ushbu muammoni yanada 
chuqurroq tahlil qilishni talab etadi.
2.2.1-rasm. Aholi p u n ktlari tarm o g 'i tuzilmaviy holatlari
2003 yilda «O 'zq ish lo qlo yih a» instiuiti xodimlari tomonidan bevosita M .U m arov rahbarligi va 
bevosita ishtirokida o'tlcazilgan qishloq aholi punktlarini ro'yxatdan o'tkazish natijalaridan 
olingan ma'lumot

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin