Qishloq aholi


-rasm. O'quvchilar harakatlanishi va qishloq aholi punktlari



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

3.5.2-rasm. O'quvchilar harakatlanishi va qishloq aholi punktlari
bo'yicha maktablar joylashtirilishining taxminiy sxemasi
109


Qishloqdagi tibbiyot m uassasalarining tarmogM quyidagilardan 
iborat: feldsher-akusherlik punktlari, ambulatoriyalar, qishloq vrachlik 
punktlari, poliklinika yoki am bulatoriyalari boMgan kasalxonalar. Ular 
tuman, viloyat, respublika sogMiqni saqlash m uassasalarining umumiy 
tarmogM bilan uzviy bogManganlar.
Qishloq aholisiga tibbiy xizmat ko'rsatish tarmogMni tashkil 
qilishning asosiy vazifasi - qishloq aholi punktlaridagi barcha aholiga 
tibbiy yordam ko'rsatish.
Shakllanayotgan ishlab chiqarish munosabatlari va joylashuv 
hususiyati tibbiy xizmat ko'rsatish tarm og'ida quyidagi tibbiyot 
m uassasalari tashkil etilishini taqozo qiladi:
Aholisining soni 100-200 kishi bo'lgan barcha qo'rg'onchalarda 
shifokorlar (terapevt, akusher, pediatr, tish texnigi) istiqomat qiladigan 
«turar-joy-tibbiy punkt». Shu binoning o 'z id a umumiy analizlar 
laboratoriyasi, 1-2 o'rinli statsionar va dorixona ko'zda tutilishi lozim.
Aholisining soni 600 dan 2000 kishigacha bo'lgan posyolkalarda 
keng qam rovli tibbiy xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan qishloq 
vrachlik punktlari tashkil qilinishi zarur. Bu muassasa qoshida 
dorixona, bir nechta o'rinli statsionar va m aslahatxona bo'lishi kerak.
A holining umumiy soni 3000 kishidan ortiq b o'lgan qishloq aholi 
punktlarida tarkibida poliklinika, tug'ruqxona, 
laboratoriya va 
dorixona bo'lgan uchastka kasalxonalari tashkil qilinishi lozim.
Bolalar salomatligini mustahkamlash uchun qulay iqlim va tabiiy 
sharoitlarga ega bo'lgan joylarda sog'lom lashtirish maskanlari
kattalar uchun esa - dam olish uylari, profilaktoriylar qurish zarur.
Asosiy posyolkalarda dalada m ehnat qilayotgan aholiga tibbiy 
xizm at ko'rsatish (ham profilaktik, ham tez tibbiy yordam) uchun 
k o'chm a tibbiy punktlari ko'zda tutilishi lozim.
Har bir chorvachilik xo'jaligida veterinariya xizmati punktlari 
(laboratoriya va dorixonasi bilan) tashkil qilinishi kerak.
Qishloq aholi punktida istiqomat qiluvchi barcha aholi tibbiy 
yordam ko'rsatilishi bilan ta’minlanishi zarur, infeksion, onkologik va 
shu kabi o g 'ir kasalliklar bilan o g'rigan kishilar tuman yoki viloyat 
m arkazidagi ixtisoslashgan kasalxonalarda davolanadilar.
Qishloqda tibbiy yordam ko'rsatishning ana shunday tizimini 
yaratilishi natijasida aholi punktidagi har bir shifokor o 'z mijozlarini 
tug'ilganidan boshlab kuzatish im koniyatiga ega bo'ladi.
110


Undan tashqari, tibbiyot muassasalarini bunday tarm og'ining 
tashkil qilinishi ishga layoqatli aholi uchun qo ‘shimcha ish o ‘rinlari 
yaratib beradi.
Quyida qishloq aholi punktida tibbiy xizmat ko‘rsatishning 
taxm iniy sxemasi keltirilgan (3.5.3-rasm).

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin