xonalar qurilgan hovlining yopiq
hajm i; yozgi xonalar vazifasini
bajaruvchi tepasi ochiq hovli
hajm larining pog'onali tuzilishi
5.2.18-rasm. S am arqan d
shahridagi xalq turar-joy binosi.
O 'lch o v - Dmitriyev V .N . 1940y
5.2.19-rasm .Qo‘ r g ‘oncha turidagi 2 qavatli turar-joy binosi.
T u ra r -jo y tuzilmasining o‘ ziga xos xususiyati F a rg 'o n a d a gi uy-
jo y d a b o'lgan i kabi - obodonlashtirilgan va yashil o ‘sim liklar
ekilgan katta hovli; xon alar hovli perim etri b o 'y la b qu rilgan ; yozgi
xonalar - ayvonlar, uzum ishkom lari va hk.
5.2.20-rasm. Q o ‘ r g ‘oncha turidagi 1 qavatli tu rar-joy binosi,
qoplam an in g b ir qismi armotsement q ob iqlard an bajarilgan
(qo plam a texnologiyasi -p ro fe s so r S.R .R azzoqov, S a m D A Q I)
248
5.3. Jam oat m arkazin i shakllantirish va xizmat ko'rsatish
m uassasalari tarm o g 'in i tashkil etish
Xizmat ko'rsatish sohasini takomillashtirish qishloq aholi
punktlarini o'zgartirishning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Bun
da qishloq jamoat binolarining rejali tuzilmasi va tipologiyasini
qishloqlararo xizmat ko'rsatishning yagona tizimi - ijtimoiy, shahar
sozlik, kompozitsion nuqtayi nazarda ratsional bo'lgan posyolkaning
jamoat markazini tashkil qilish asosida shakllantirish ko'zda tutiladi.
Qishloqlararo xizmat ko'rsatish tizimi. Qishloq xo'jaligini sanoat
asosida
yuritishga
o'tish,
transport
va
aloqa
vositalarini.
kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlanishi, joylashuv tizimlarining
shakllanishi, madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish sohasidagi ilmiy-
texnik taraqqiyot qishloqlararo xizmat ko'rsatish tizimi yaratilishi
uchun asosiy dastlabki shartlar bo'lib xizmat qildilar. Qishloq
fuqarolar yig'ini hududida shakllanayotgan joylashuvning yangi
tizimida bunday o'zgarishlami amalga oshirish real voqelik sifatida
qabul qilinmoqda. Joylashuvning bunday tizimi shahar va qishloq
uchun yagona joylashuv tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Demak, qishloq joylardagi xizmat ko'rsatish tizimi ham shahar va
qishloq aholisiga xizmat ko'rsatish bo'yicha yagona tizimning bir
qismi bo'lishi kerak. Bu tizim shu sohaning barcha korxonalari va
muassasalarining birlashishi asosida qurilib, aholi punktlariga (ular
qayerda joylashishidan qat’ i nazar) bir maromda xizmat ko'rsatilishini
ta’ minlashi lozim. Madaniy-maishiy xizmat ko'rsatishni tashkil etish
bo'yicha taklif etilayotgan tizim to'g'risidagi ma'lumotlar III bobning
(«Qishloq fuqarolar yig'ini hududini me’ moriy-rejali tashkil etish»)
3.5-bandida berilgan.
Jamoat markazi. Qishloq aholi punktining jamoat markazi
aholining ijtimoiy va ishbilarmonlik faoliyati jamlanadigan joy va
shahar tashkil etuvchi bosh element hisoblanib, posyolkaning
me’ moriy-hajmiy kompozitsiyasi va konturini belgilab berishda katta
rol o'ynaydi. Jamoat markazi ma’ muriy boshqaruv, savdo-maishiy,
madaniy-ma’ rifiy va boshqa funksiyalami bajaradi.
O'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, jamoat markazlarini
loyihalashda quyidagi holatlami hisobga olish kerak ekan:
249
•markazning kompozitsion tizimi uzviy bog'lanishga ega
bo'lishiga;
•xizmat ko‘ rsatishning qulay va oqilona tashkil etilishiga;
•markaz funksional vazifalariga muvofiq aniq zonalashtirilishi,
hajmlar talqinidagi asimmetriyalik, shakllar, kontur va landshaft
tuzilishidagi uyg'unlikka rioya qilinishiga;
-arxitektura, tabiat va san’at sintezi;
-markazdagi bino va inshootlar qurilishida miqyoslilik, modullik,
uslubning yagona bo'lishi, shakllar va hajmlar uyg'unligiga.
Jamoat markazi hududining funksional jihatdan oqilona tashkil
etilishida uni aniq belgilangan vazifalar (ma’ muriy, madaniy-ma'rifiy,
savdo-maishiy, ta'lim muassasalari, dam olish va sport) bo'yicha
boMingan holda yagona rejaviy-hajmli zona yaratilishiga e ’tibor
qaratish lozim (5.3.1-rasm).
Madaniy-tomosha zona tarkibiga, odatda,
qishloq klubi,
kutubxona, choyxona kabi obyektlar kiradi. Faoliyat ko'rsatish
xususiyatlari va 0 ‘ zbekistonning issiq iqlimi bunday muassasalarga
kechki salqinda tashrif buyurilishini shartlab beradi. Shu sababdan
zona hajmi ham sutkaning aynan shu vaqtiga mos bo'lishi kerak:
uning maydoni ochiq xarakterga ega bo'lib, imkon qadar suvli yuza
(hovuz, fawora va h.k.) tashkil qilinishi lozim, shoxlari yoyilgan
daraxtlar bo'lmasligi darkor, kechki salqinni saqlashi va yaxshi
shamollatilishi, yetarli darajada chiroqlar va yoritiladigan reklamaga
ega bo'lishi lozim. bu zona posyolka tuzilmasida ustuvor mavqega ega
bo'lishi zarur.
Ma’ muriy zona qishloq fuqarolar yig'ini ma’ muriyati binosi,
agrofirma birlashmasining boshqaruvi, aloqa bo'limi, omonat kassasi,
ATS binolaridan tarkib topib, kundalik mehnat faoliyatining markazi
sifatida asosan ertalab va kunduzi ishlaydi. U shoxlari keng daraxtlar.
bostirma va galereyalar yordamida quyosh nurlaridan maksimal
himoyalangan bo'lishi zarur. Undan tashqari, ma’ muriy zonada qulay
transport kirish yo'li, avtomobil turargohi tashkil etilib, bu zona ishlab
chiqarish zonasi bilan qulay bog'langan bo'lishi lozim.
Savdo-maishiy zona tarkibiga oziq-ovqat va sanoat-xo'jalik
mollari do'konlari, maishiy xizmat ko'rsatish kombinatlari, umumiy
ovqatlanish korxonalari (oshxona, kafe va h.k.) kiradi. Bu zonaga
250
odamlar asosan ertalab va kunduzi tashrif buyurishadi, shuning uchun
unga qo'yiladigan talablar ma'muriy zonadagi kabi boMadi.
Memorial zona jamoat markazida ham, park yoki posyolkaning
bosh ko‘ chasidagi uchastkalaming birida joylashtirilishi mumkin.
Qayerda boMishidan qatM nazar bu zona va posyolka ansambli
o'rtasida kompozitsion bogMiqlik boMishi zarur.
0 ‘ zbekistonning har bir mintaqasida qishloq posyolkalarining
jamoat markazlari joylashtirilishida, ulaming funksional-rejali va
me’ moriy-hajmiy tashkil etilishida o ‘ ziga xos xususiyatlar mavjud.
Tekisliklardagi vohalarda markaz eng qulay, mikroiqlim yaratish
imkoni beruvchi, hudud aeratsiyasi yetarlicha boMgan va binolami
issiqdan himoya qilinishini ta’ minlaydigan uchastkada joylashtirilib,
posyolkadagi ustuvor holatni egallashi lozim.
Jamoat markazidagi mikroiqlim sharoitlami yaxshilash maqsadida
uni yashil daraxtzorlar yaqinida, park bilan birlashtirib yoki park
tarkibida joylashtirish kerak. Suv manbalari yonida joylashgan jamoat
markazini suv yuzalari bilan uyg‘ un tarzda bogManishi maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Mikroiqlim sharoitlarini yaxshilash uchun qoplamalar yuzasini
sezilarli darajada qisqartirish, maydon kompozitsiyasida asosan
piyoda qatnovi yo‘ na!ishlari
bo'ylab joylashtiriladigan yashil
o'simliklar, gulxonalardan foydalanish zamr. Ulami sug’ orish va
qulay
mikroiqlim
shakllantirish
uchun zamonaviy uskunalar:
yomgMrlatish va suv sachratish qurilmalaridan keng foydalanish
kerak. Markaz mikroiqlimini yaxshilash maqsadida amaliyotda keng
tarqalgan manzarali basseynlar va favvoralami suvni changlatuvchi va
sachratuvchi qurilmalar bilan birga qoMlash maqsadga muvofiq.
Qoplamalar
sifatida
issiqni
yutmaydigan,
mustahkam,
kam
yediriladigan materiallardan foydalanish zarur.
Tog‘ oldi vohalarda posyolkaning jamoat markazlarini uchastka-
ning eng yaxshi tabiiy jihatlari va yon-atrofdagi landshaft yordamida
alohida urg‘ u berib, uning ustuvor mavqeini ko‘ rsatish zamr. Tabiiy
landshaft elementlarini markazning, umuman posyolkaning hajmli-
fazoviy tuzilmasi tarkibiga faol kiritish maqsadga muvofiq. Bu
shartlami bajarish uchun quyidagilami bajarish tavsiya qilinadi:
-markaziy maydon uchun relyefi bo‘yicha eng baland uchastka
tan lash;
251
-binolaming asoslari
va poydevorlari suvlanishini
istisno
qiladigan sharoitlarda markazni suv manbalariga imkon qadar yaqin
joylashtirish,
ularning
suv
yuzasidan
(ko‘ zgusidan)
markaz
kompozitsiyasidagi element sifatida foydalanish;
-jamoat markazi joylashgan uchastkadagi daraxtlar va butalami
imkon qadar saqlash va ulardan markaz ansamblini individual
qiyofasini boyitish uchun foydalanish;
-uchastkaning individualligi va markazning ifodali qiyofasini
ajratish uchun boshqa obyektlarga nisbatan balandroq me’ moriy
inshootlarni teparoq uchastkalarda, bino rejasida uzun obyektlami
pastroq joylarda joylashtirish lozim.
Posyolka va yon-atrofdagi landshaft o'rtasidagi bog'lanishni
ta’ minlash va hajmiy-fazoviy kompozitsiya ifodalaligini kuchaytirish
maqsadida jamoat markazi, bosh ko‘ cha va asosiy me’ moriy
ansambllami perspektivada tog* cho'qqilariga yo'naltirish kerak.
Vohalardagi jamoat markazlarining me’ moriy-rejali tuzilmalarini
shakllantirishda asosiy e ’tibor tarkibida landshaftning manzarali
elementlari boMgan va hududni shamollatish imkoniyatini yaratadigan
ochiq rejali tuzilma tashkil qilishga qaratiladi (5.3.2-rasm). T og‘ oldi
vohalarda esa tuzilma tog‘ soyining bo'yida terrasa shaklida tashkil
qilinishi mumkin. Bunda har bir terrasada zonalar guruhi yoki
markazning alohida zonasini joylashtirish
maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Vohalardagi jamoat markazlari hajmiy rejali tuzilmalarini
shakllantirishning asosiy kompozitsion usullari, bu:
-binolari alohida (yoki birlashtirigan) holda qurilgan ochiq
maydon ko'rinishidagi uchastka (5.3.3-rasm);
-o'zaro kirishib ketadigan hajmlar (5.3.4-rasm);
-chiziqli fazoviy hajm (5.3.5-rasm); ChoM va sahro zonalardagi
jamoat markazlarini joyashtirishga boMgan talablar:
-tabiiy sifatlarning maksimal qoMlanishi, mikroiqlim sharoitlarini
yaratish uchun rejali usullardan keng foydalanishni ta’ minlash; Bu
talablami bajarish uchun quyidagilami bajarish tavsiya etiladi:
-Markaz holatini belgilashda mikrorelyefni baholash, teparoqda
joylashgan va sizot suvlari sathi pastroq boMgan qulay uchastka
tanlash, markaz mikrorelyefini vertikal rejalashtirish metodlari bilan
kuchaytirish;
252
-Posyolka doirasida kanal yoki yirik ariqlar bo'lsa, markazni
ularga yaqin joyga joylashtirish, texnik imkoniyatlar mavjud
bo'lganida esa-bu suv manbalarini rejali kompozitsiya tarkibiga
kiritish.
Uchastkaning tabiiy sifatlari neytral bo'lsa, jamoat markazi uchun
joy uning tarkibidagi binolaming funksional vazifalaridan kelib chiqib
tanlanadi (binolar uchun yer maydonlari ulami joylashuvi va xizmat
ko‘ rsatishning optimal radiuslari, obyektlar o ‘ rtasidagi o‘ zaro
bog‘ liqlik va ular faoliyat ko'rsatishi uchun eng maqbul sharoitlami
hisobga olgan holda). Bunday sharoitlarda posyolkaning rejali tashkil
etilishi biron-bir jihat bo'yicha murakkablashmaydi. Jamoat binolari
joylashgan uchastkadagi mikroiqlim barqarorligini ta’minlash uchun
ulami birlashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi, markazni esa park
zonasida yoki daraxtzorlar bilan birlashtirilgan holda joylashtirish
lozim. Markaz uchun joyni, kuchli shamol va qum bo'ronlaridan
himoya qilish maqsadida, imoratlar qurilgan hududning ichkari
qismidan tanlash kerak.
Sahro va cho'l zonalarda jamoat markazlarini me’ moriy-rejali
tuzilmasini shakllantirishning o'ziga xos jihatlari-tuzilma yopiq
(yarim yopiq) shaklda bo'lishi, quyosh radiatsiyasi ta’ siri maksimal
bo'lgan hajmlaming imkon qadar qisqartirilishi, muhitni qumli bo'ron
va changli shamollardan himoya qilinishi (5.3.6-rasm).
Bu mintaqadagi jamoat markazlari fazoviy hajmlarini tashkil
qilishdagi asosiy kompozitsion usullar quyidagicha bo'lishi mumkin:
-yopiq (yarim yopiq) fazoviy hajm (5.3.7-rasm);
-birlashtirilgan binoning yagona yopilgan fazoviy hajmi (5.3.8-
rasm);
-o'zaro kirishib ketgan fazoviy hajmlar (tuzilma posyolka
markazida, yon-atrofdagi imoratlar bilan himoyalangan tarzda
joylashtirilgan bo'lsa).
Taqdim etilgan kompozitsion usullar asosida jamoat markazlari
tuzilmalarini shakllantirish bo'yicha juda ko'p variantlar ishlab
chiqilishi mumkin. Ular oddiy va rivojlangan bo'lishi mumkin. Oddiy
markaz ikki tuzilmaviy elementdan iborat:
-bitta maydon va unga olib kiradigan bosh ko'cha;
-bosh ko'cha yoki bulvar.
253
Tarkibida bosh ko‘cha, bulvarlar yoki piyoda yo'Iaklari, xiyobon
yoki parklar bilan o'zaro bog'langan ikkita yoki undan ko'p maydon
bo'lgan jamoat markazlari rivojlangan hisoblanadi. Bunday markazda
bosh elementning (maydon, bosh ko'chaning) markaziy ansambldagi
ahamiyati katta. Boshqa tuzilmaviy elementlaming me'moriy-rejali
tashkil etilishi bosh elementni to'ldirish, uning yagona rejali
tuzilmadagi o'm i va ahamiyatiga urg'u berish vazifasidan kelib
chiqadi.
Binolar qurilishidagi xususiyatlarga bog'liq ravishda jamoat
markazlari quyidagi turlarga bo'linadi:
-yakka holdagi binolardan iborat;
-blokirovkalangan;
•birlashtirilgan.
Qishloqda xo'jalik yuritishning yangi shakllariga o'tilishi birinchi
navbatda qishloq xo'jalik ishlab chiqarishning yangi, istiqbolli
normalarini rivojlanishiga bog'liq bir qator masalalar hal qilinishini
talab qiladi. Bugungi kunda ijaraga asoslangan pudrat, ayniqsa uning
jamoaviy, oilaviy, yakka tartibdagi, fermer va dehqon xo'jaliklari kabi
shakllari dolzarb hisoblanadi. Qishloqda xo'jalik yuritish bo'yicha
iqtisodiy metodlaming yangi shakllari o'zaro birlashib, turli ko'rinish-
lami hosil qiladilar, turar-joy, ishlab chiqarish, jamoat binolari
funksiyalarining integratsiyasi yanada jadalroq kechishiga ko'makla-
shadi. Aholisi 100-300 kishidan iborat chekka qishloqlarda (dehqon,
fermer xo'jaliklarining istiqomat-ishlab chiqarish markazlarida)
tarkibida boshlang'ich maktab, oilaviy bolalar bog'chasi bo'lgan
turar-joy binolarini (o'qituvchi uyi), tibbiyot punkti va dorixonasi
bo'lgan turar-joy binolarini (shifokor uyi), shuningdek novvoyxona,
choyxona, do'kon bo'lgan turar-joy binolarini qurish maqsadga
muvofiqdir.
Xo'jalik yuritishning yangi shakllarini kelgusidagi rivojlanishi
qishloq hovlilarida qo'shimcha yordamchi imorat yoki qurilmalar,
ustaxonalar va omborlar qurilishini taqozo qiladi. Shu bilan birga,
ishchi xonalaming qulaylik darajasi asosiy parametrlari bo'yicha
turar-joy xonalaridagi qulayliklarga yaqinlashishi zarur. Ana shu
talablar qishloq turar-joy va jamoat binolarining yangi xo'jalik
tuzilmalari va kichik qishloqlar ehtiyojlariga javob beradigan yangi
loyihalarini ishlab chiqilishiga sabab bo'ldi. «O'zqishloqqurilish-
254
loyiha» instituti tomonidan aholi soni turlicha bo'lgan qishloq aholi
punktlari uchun zarur loyihalaming ko'plab variantlari ishlab chiqildi.
Bu loyihalaming ayrimlari 5.3.9-5.3.15-rasmlarda keltirilgan.
Kichik aholi punkti (dehqon, fermer xo'jaligining istiqomat-ishlab
chiqarish hududi) jamoat markazining rejali-fazoviy modeli 5.3.16-
rasmda ko‘ rsatilgan.
Madaniy-ijtimoiy binolami loyihalashda xalq me’ morchiligi
an'analaridan imkon qadar ijodiy ravishda foydalanish zarur.
Binolami qubbali bog'lanishlar bilan birlashtirish o'zbek me’ morlari
tomonidan ko‘ p ishlatiladigan usullardan biri hisoblanadi. Bunda bosh
binoning
o ‘ qi
ansamblning
kompozitsion
o'qiga
nisbatan
peфendikular joylashtirilgan, shu sababdan bosh bino inshoot ichiga
kirilgani sari asta-sekin yoki to'satdan namoyon bo'lgan. Bosh
binoning to'satdan va kutilmaganda paydo bo'lishi badiiy taassurotni
kuchaytirishga yordam bergan. Fazoviy hajmni tashkil etishda
maydonlar va binolar o'rtasidagi o'zaro optimal nisbatlami belgilash
muhim ahamiyatga ega. Shaharsozlik nazariyachilari qadimgi
davrlardan beri maydonlar va inshootlar mutanosibligini, qurilmalar
balandligi va maydonlar o'lchamlari o'rtasidagi o'zaro nisbatlami
o'rganib kelganlar. Garchi, amaliyotda 3:5, 4:5, 6:7, 5:8 nisbatlarga
ega maydonlar ham ko'p uchrasada (L.Tonev tadqiqotlari bo'yicha),
Vitmviy, Palladio kabi me’ morlar to'g'ri to'rt burchak shaklidagi
maydonlar uchun uzunlik va kenglikning 2:3 dan 3:4 gacha bo'lgan
nisbatlarini eng maqbul deb hisoblaganlar. Alberti o'zaro nisbatning
1:2 variantini taklif qilgan, cho'zilgan maydonlar uchun 1:3, 1:4, 1:5
kabi nisbatlami qo'llash mumkin.
Rejali tuzilmasi ochiq bo'lgan maydonlar uchun 1:6, 1:7
nisbatlardan foydalanish mumkin.
Bir-ikki-uch qavatli imoratlar uchun 1:6, 1:7 va 1:8 nisbatlar eng
optimal hisoblanadi.
Jamoat markazlarini shakllantirish bo'yicha yuqorida ko'rsatilgan
metodlar jamiyatning yangi ijtimoiy buyurtmasini bajarish jarayonida
ushbu markazlaming funksional vazifalari kelgusida yanada sifatli
bajarilishiga ko'maklashadi.
255
5.3.1-rasm. Qishloq posyolkasi jamoat markazi hududini funksional
zonalashtirilishining sxemasi (СНИИЭП ГРАЖ Д АН С Е ЛС ТРО Й ).
1-posyolka kengashi; 2-xo‘jalik boshqaruvi; 3-aloqa; 4-avto-
turargoh; 5-savdo; 6-umumiy ovqatlanish; 7-madaniy-maishiy
xizmat ko‘ rsatish; 8-kommunal xizmatlar; 9-ta’ lim muassasalari;
10-sport 11-madaniyat; 12-muloqot; 13-dam olish; 14-memorial
inshootlar.
5.3.2-rasm. Jamoat markazini ochiq rejali tuzilmasining rejali
fazoviy modeli
|