3.4. Uy-joy qurilishini rivojlantirish
101
lozim. Qishloq joylarda quriladigan zamonaviy turar-joylaming bir
qator variantlari mavjud:
•
aholi istiqomat qiluvchi hududdan tashqarida, piyoda qatnash
chegarasida joylashgan fermaga xizmat ko‘rsatuvchi oila uchun
mo'ljallangan turar-joy binosi. Bunday turar-joyning hovlisida uy
xo'jaligi uchun zarur boMgan turli yordamchi qurilmalar to'plami
ko‘zda tutiladi;
- hovlisida agroservis yoki bosh xizmat turlarini ko'rsatish uchun
qurilmalar va uskunalar boMgan yakka tartibda qurilgan turar-joy
binosi;
- turar-joy xonalari va qishloq xo'jalik ishlab chiqarish obyektlari
ixcham shaklda joylashtirilgan alohida qo'rg'oncha, bunda oila
istiqomat qiladigan xonalar va xo'jalik yuritish uchun moMjallangan
yordamchi imorat va qurilmalar joylashuvi buyurtmachining talab va
ehtiyojlariga asosan rejalashtiriladi.
Undan tashqari, aholi istiqomat qiluvchi hududdan uzoqda
joylashgan qishloq xo'jalik obyektlari qoshida muvaqqat turar-joy
komplekslari qurilishini ham ko'zda tutish lozim. Bunday turar-
joylarda ishlab chiqarish obyektida mehnat qiluvchi mehnatkashlar
(oila, brigada) yashashi uchun tegishli qulaylik darajasidagi sharoitlar
yaratilishi lozim.
Yangi qurilish bilan birga mavjud uy-joy fondini, va birinchi
navbatda, qo'rg'oncha ko'rinishidagi turar-joylami modemizatsiya
qilishga ham e’tibor qaratilishi lozim. mavjud qishloq turar-joy
binolarini takomillashtirish jarayonida har bir aniq holat uchun amalga
oshirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda modemizatsiyaning har
xil turlarini (hajmli-rejali, xo'jalik-maishiy, sanitariya-gigiyenik)
bajarish tavsiya etiladi. Buning uchun qishloq aholi punktlaridagi
mavjud uy-joy fondini kompleks baholash ishlarini amalga oshirish
lozim. Baholash jarayonida quyidagilar aniqlanishi zarur:
- turar-joy va hovlidagi yordamchi qurilmalar amortizatsiyasining
* foizi;
- turar-joy xonalari va hovlidagi yordamchi qurilmalaming umu
miy maydoni;
- turar-joy binosining me’moriy-rejali jihatlari;
- turar-joy binosining sanitariya-gigiyenik xususiyatlari;
- muhandislik uskunalarining darajasi;
102
•
turar-joyni barpo etishda qo'llanilgan qurilish materiallarining
texnik xarakteristikasi.
Qishloq xo'jalik korxonalari hududini me’moriy-rejali tashkil
etish loyihasida quyidagilar belgilanishi lozim:
- yangi uy-joy qurilishining hajmlari va joylashishi, qurilishning
birinchi navbati va uy-joy qurilishini kelgusida rivojlantirish uchun
zaxira maydonlari ham belgilanadi;
- sanitariya-himoya zonasi yoki suv bosib qolishi mumkin bo'lgan
zonalaridagi uy-joylar qurilishi chegaralari, bu kabi qurilmalami yangi
joylarga ko'chirish yoki nomaqbul sanitariya-gigiyenik vaziyatlami
bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlami o'tkazish bo'yicha
takliflami ko'rib chiqish;
- modernizatsiya qilinadigan turar-joy binolarining soni, turi va
joylashtirilishi, birinchi navbatda bajariladigan ishlar;
- shaxsiy tomorqalar uchun ajratiladigan yer uchastkalarining
o'lchamlari va joylashtirilishi;
- yangi qurilish uchun turar-joy binolarining tavsiya etiladigan
tiplari.
Ijaraga yer olgan yoki oilaviy ferma tashkil qilmoqchi aholini
joylashtirish maqsadida kichik qishloqlar hududidgi yer maydon-
laridan oqilona foydalanishga alohida e ’tibor qaratilishi lozim.
Mutaxassislar tomonidan respublikaning turli iqlim zonalari
(Qarshi, Xiva, Farg'ona, Toshkent, Samarqand, Qoraqalpog'iston) va
tog'li hududlari uchun turar-joy binolari rejalanishining bir nechta
variantlari taklif qilingan.
Bu ma’lumotlar quyiroqda, V bobning «Turar joy hududining
me’moriy-rejali tashkil etilishi» deb nomlangan 5.2. bo'limida
keltiriladi.
3.5. M adaniy-maishiy xizmat ko'rsatish m uassasalari va
korxonalar tarm og'ini tashkil etish
Agrar sektor
iqtisodiyotining mustahkamlanishi, jumladan
xo'jalik yuritishning jamoaviy va oilaviy pudrat, shirkat, fermer va
dehqon xo'jaliklari ko'rinishidagi turlarini rivojlanishi barcha qishloq
aholi punktlariga: joylashuvning tayanch markazlaridan kichik
qishloqlargacha madaniy-maishiy xizmat ko'rsatishni tashkil etishni
taqozo qiladi.
103
Yoshlaming qishloq joylarda qolishi, malakali kadrlarni qishloq
xo'jalik korxonalariga jalb qilinishi muayyan qishloq aholi punktidagi
turmush sharoitlarining darajasiga bog'liq. Qishloq aholi punktlarida
maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, davolash-
profilaktika,
madaniy-maishiy
xizmat
ko'rsatish
va
savdo
muassasalarining mavjudligi katta ahamiyatga ega.
Ijtimoiy va madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish muassasalari va
korxonalari tarmog'ini tashkil etilishini ijtimoiy xizmat ko'rsatishning
qaror topgan tizimlariga muvofiq tarzda, yashash joyida ijtimoiy
xizmat ko'rsatish bilan ta’minlanganlik darajasini hisobga olib
loyihalashtirish zarur.
Qishloqdagi jamoat binolarini loyihalash va qurishni takomillash-
tirish jarayonidagi asosiy yo'nalishlar quyidagilardan iborat:
1. Madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish tizimini xizmatlami aholiga
yaqinlashtirish prinsipi asosida tashkil qilish, bunda ilmiy-texnik
taraqqiyotning zamonaviy vositalaridan, jumladan ko'chma qurilmalar
va dispetcherlik xizmatidan foydalanish ko'zda tutilishi lozim.
2. Madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish tizimiga kiruvchi muassasa
va korxonalar tarmog'i tuzilmasini ulaming fimksional vazifalariga
bog'liq
ravishda
tashkil
etish.
Xizmat
ko'rsatish
tizimini
shakllanirishda jamoat binolari, mavsumiy tusga ega inshootlar va
ko'chma qurilmalar mujassamligidan foydalanish zamr. Tarmoqlar
tuzilmasini belgilashda mintaqaviy o'ziga xoslikni hisobga olish, turli
darajadagi muassasalar o'rtasidagi tuzilmaviy aloqalami kuchaytirish
zamr. Xizmat ko'rsatish tizimining muhim bo'g'ini sifatida kichik
qishloqlaming markazlari ko'rilishi lozim.
3. Ishlab chiqarish markazlari va kichik aholi punktlariga xizmat
ko'rsatishga alohida e ’tibor qaratilishi lozim, buning uchun aholiga
xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan yangi binolar qurish yoki
mavjudlarini modemizatsiya qilish lozim. kichik qishloqlarda jamoat
markazining
birlashtirilgan
binolaridan,
shuningdek,
mahalliy
sharoitlardan kelib chiqib, tarkibida kichik sig'imli muassasalari
bo'lgan
turar-joy binolaridan
foydalanish
maqsadga muvofiq
hisoblanadi. 3.5.1-rasmda «Madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish
obyektlari xizmat ko'rsatishining sxemasi» keltirilgan.
4. Jamoat binolarining quyidagi turlari keng tarqalishi lozim:
- kichik sig'imli va oilaviy maktabgacha muassasalar,
104
• joylashuvning o ‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
qurilgan maktablar, jumladan kichik sig'imli ta’lim muassasalri;
- boshlang‘ich va o‘rta maktablar bilan birlashtirilgan bog'cha-
yaslilar;
• boshlang'ich maktab va bolalar bog'chasi boMgan o'qituvchi
uyi;
• aholining barcha tabaqalari uchun moMjallangan ma’rifat,
madaniyat va sport markazlari (odatda, o'rta maktablar qoshida tashkil
qilinadi);
• madaniyat uylari va hordiq chiqarishga moMjallangan klublar
(mehmonxonalar, sport va sogMomlashtirish yo‘nalishida faoliyat
ko'rsatadigan klublar);
- ko‘p funksiyali birlashtirilgan binolar: klub-idora, klub-oshxona,
kafe, maktab-klub, sport guruhi bilan va h.k.
• ko'chma savdo va buyurtmalarni uyga yetkazib berishga,
yordamchi xo'jaliklar mahsulotlarini qabul qilish va mavsumiy savdo
hamda
umumiy
ovqatlanish
shaxobchalarini
tashkil
qilishga
ixtisoslashgan rivojlangan «Guzar» tarkibidagi savdo markazlari;
-jam oat markazlari komplekslari, shu jumladan kichik qishloqlar
uchun mikromarkazlar;
- ijtimoiy himoyalanmagan aholi - faxriylar, qariyalar, nogironlar
va yetimlar uchun binolar.
5. Madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish muassasalari va korxonalari
tarmogMning tashkil etilishi quyidagilar bo'yicha takliflami o‘z ichiga
olishi lozim:
- qishloq fuqarolari yig'inining butun hududida maktabgacha va
maktab taMimi muassasalari tarmog'ining tashkil qilinishi;
• qishloq fuqarolari yig'ini aholisiga tibbiy xizmat ko'rsatish
tizimining tashkil etilishi;
- qishloq fuqarolari yigMni aholisiga madaniy-ma’rifiy va savdo-
maishiy xizmat ko'rsatish tarmog'ining tashkil etilishi;
-qishloq
fuqarolari
yig'ini
aholisiga
rekreatsion
xizmat
ko'rsatilishi;
- qishloq fuqarolari yig'inining hududida ma’muriy va jamoat
tashkilotlarining joylashtirilishi.
6. Qishloq fuqarolar yig'ini tarkibiga kiruvchi aholi punktlaridagi
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog'ini shakllantirish prinsipi:
Dostları ilə paylaş: |