Yirik
shaharlar, tuman markazlaridan 1 soatli qatnov radiusida
joylashgan qishloq aholi punktlari uchun qishloqdan shaharga va
shahardan qishloqqa mayatniksimon migratsiyaning aniq ko'rsat-
kichlarini hisobga olish lozim. Mayatniksimon migrantlar uchun uy-
joy va madaniy-maishiy qurilish hajmlarini ulaming doimiy yashash
joylari bo'yicha loyihalashtirish zarur.
Aholining talab etilgan miqdori aniqlanganidan keyin ishchi kuchi
bilan ta’minlanganlik
tahlili bajarilib, ishga joylashtirish muammolari
hal qilinadi. Quyidagilami aniqlash imkoniyatini beruvchi mehnat
balansi tuziladi:
-Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida va u bilan bog'liq boshqa
xalq xo'jaligi tarmoqlarida ishchi kuchiga bo'lgan ehtiyojni;
-qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida foydalanilmayotgan bo'sh
ishchi kuchlarini;
-qishloq xo'jalik ishlab chiqarishidan bo'shagan ishchi kuchlami
xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida qo'llash imkoniyatlarini;
qishloq xo'jaligida ishchi kuchlarga bo'lgan
ehtiyojni aniqlash
qishloq xo'jalik korxonasining barcha tarmoqlari uchun istiqbolli
rejaning ko'rsatkichlari asosida bajarilishi lozim.
Qishloq xo'jaligidagi umumiy mehnat sarflari:
-dehqonchilikda - 1 gektar qishloq xo'jalik ekinlari,
chorvachilikda - bir bosh qoramol uchun belgilanadi.
-
kapital qurilish, obodonlashtirish, melioratsiya va qurilishning
boshqa turlari bo'yicha bajariladigan ishlar hajmi uchun talab qilingan
ishchi kuchining yillik miqdori pul ko'rinishidagi
qurilish hajmini
bitta ishchining o'rtacha yillik ishiga bo'lish orqali aniqlanadi;
-qishloq xo'jalik uchun talab qilingan ishchi kuchini to'liq
aniqlash uchun qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash
korxonalaridagi mehnat sarflari bo'yicha hisob-kitoblami amalga
oshirish zarur; a) ishga layoqatli ishchilaming o'tgan yildagi soni;
b) 12 dan 16 yoshgacha o'spirinlaming soni, ulami ishga layoqatli
ishchllar toifasiga o'tkazish bilan; d) Ishga layoqatli aholi sonining
rejalashtirilayotgan muddat davomida o'sishi (O'zbekiston
Respub-
likasi makroiqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari). Barcha hisob-kitoblar
asosida yig'm a jadval - mehnat resurslari balansi - tuziladi. Mehnat
balansi bo'yicha hisob-kitoblaming yakuniy qismida mavsum
bo'yicha dehqonchilikda band bo'lmagan va kuz-qish oylarida ishga
joylashtirilishi talab qilinadigan ishchilar soni ko'rsatilishi lozim.
Qishloqda xo'jalik yuritishning yangi iqtisodiy usullariga o'tish,
birinchi navbatda, qishloq xo'jalik
ishlab chiqarishning yangi,
istiqbolli normalarini rivojlanishi bilan bog'liq bir qator masalalar
yechilishini talab qiladi. Bugungi kunda ijaraga asoslangan pudrat,
ayniqsa, jamoaviy, oilaviy, yakka tartibdagi ko'rinishlari, fermer
(dehqon) xo'jaligi kabi shakllari dolzarb hisoblanadi.
Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida qurilishning har xil
turlarini: qo'rg'onlar,
kam qavatli, zich joylashtirilgan, tekis
hududlarda va murakkab relyefli uchastkalarda quriladigan uy-joy
tuzilmalarini qo'llash lozim, bunda uy-joy qurilishi qulay uy-joy
muhitini shakllantirishning ko'p turdagi talablariga (shaharsozlik,
demografik, tabiiy-iqlimiy, estetik) javob berishi kerak.
Qishloqdagi
manzilgohlarda uy-joy qurilishining elementlari tarkibi, o'lchamlari va
me’moriy-rejali tashkil etilishi oilalarning funksional-maishiy jara-
yonlari, jamoaning qo'shnichilik munosabatlari (mahalla) va ijtimoiy
uyushmalaming boshqa turlari bilan belgilanadi.
Ta’kidlash lozimki, xo'jalik yuritishning yangi shakllari o'zaro
qo'shilib, turli birlashmalami hosil qilmoqda. Dehqon xo'jaliklari
faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish maqsadida kooperativ,
shirkat, uyushmalarga birlashish va ular tarkibidan chiqish huquqiga
egalar.
Yerga bo'lgan mulkchilikning bu kabi shakli dehqon xo'jaliklari,
qishloq xo'jaligiga oid turli ixtisoslashuvlaming yanada jadal
rivojlanishiga,
va umuman, respublikani oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlash masalasi hal qilinishiga ko'maklashadi. Aholiga xizmat
ko'rsatish (maishiy texnika, uskuna va asboblar ta’miri) va hunar-
mandchilik (gilamdo'zlik, zardo'zlik, sopol idishlar ishlab chiqarish
va h.k.) kabi sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan tashkilotlar va kichik
korxonalar qishloq aholisiga servis xizmatlarini ko'rsatish
muam-
mosinihal qilishga katta hissa qo'shadilar.
Xo'jalik yuritishning yangi shakllari rivojlanayotgan sharoitlarda
qo'rg'oncha turidagi bir xonadonli turar-joylar qurilishi maqsadga
muvofiqdir. Bunday turar-joy binolarining foydali maydonlari katta va
qulaylik darajasi yuqori bo'lib, uy xo'jaligi hovlisida turli yordamchi
imorat va qurilmalar to'plami (xo'jalik va maishiy ehtiyojlarga bog'liq
tarzda tuzilishi va shakli o'zgaradigan) bo'lishini ham ko'zda tutish
Dostları ilə paylaş: