Jizzax joylashuv zonalari shakllangan. Bu yerda qishloq aholisining
ulushi (taxminan 70%) salmoqliroqdir.
Zarafshon daryosi havzasi bo‘ylab
joylashuvning Zarafshon zo-
nasi shakllangan boMib, uning asosini urbanizatsiyalashgan hududlar
zanjiri: yirik - Samarqand, key in Navoiy va
Buxoro zonalarini tashkil
qiladi. Samarqand zonasida rejalashtirish nuqtayi nazaridan nisbatan
mustaqil hisoblanuvchi Kattaqo‘rg‘on, Buxoro zonasida esa -
Qorako‘1 joylashuv guruhlari ajralib turadi. Bu mintaqada ham
qishloq aholisining ulushi katta - Samarqand viloyatida 74%,
Buxoro
viloyatida 70% va Navoiy viloyatida 60%.
Respublika janubidagi Surxondaryo vodiysida joylashuvning ikki
guruhidan iborat zona mavjud boMib, ulaming birida markaz sifatida
Termiz, ikkinchisida e sa -D e n o v ko'riladi. Ushbu zonaning o ‘ziga
xos xususiyati, bu Termiz shahrining Afg‘oniston
bilan chegarada
joylashganidir. Aynan shu jihat joylashuv markazi boMgan Termiz-
ning shaharsozlik nuqtai nazarida rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Umuman olganda, bu mintaqadagi aholining aksariyat qismi (80%)
qishloqda istiqomat qiladi.
Aholi joylashuvining
Qashqadaryo
zonasi
Zarafshon
va
Surxondaryo zonalarini bogMab turuvchi bo‘g‘in hisoblanib,
uning
tarkibida ikkita - Qarshi va Shahrisabz guruhlari joylashgan. Birinchi
guruhning markazi yirik shahar Qarshi boMsa, ikkinchisining
markazi - nisbatan katta boMmagan Shahrisabz shahridir.
Joylashuv
tuzilmasidagi aholining katta qismi (75%) qishloqda istiqomat qiladi.
Respublikaning shimoli-g'arbida, Amudaryoning quyi oqimida
aholi joylashuvining ikkita: Xorazm va Quyi Amudaryo zonasi
shakllangan. Xorazm zonasi Amudaryo bilan ikkita qismga boMinadi:
chap qirg‘oqdagi qism, markazi Urganch shahri boMgan asosiy guruh
va markazi Beruniy shahri boMgan o‘ng qirg'oqdagi qism.
Bu yerdagi
aholining katta qismini qishloqda yashovchilar tashkil qiladi - 77%.
Quyi Amudaryo zonasidagi shahar va qishloq aholisining ulushlari
bir-birlariga deyarli teng.
Aholining alohida mintaqalar va zonalarda joylashuvi bo‘yicha
keltirilgan tahlildan ko‘rinib turibdiki. qishloqda yashovchilaming
ulushi shaharliklarga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etadi (Toshkent
mintaqasi va Quyi Amudaryo zonasi bundan mustasno). Bu holat
respublikada qishloq aholisining shakllangan joylashuvidagi o ‘ziga
xos jihatlami yanada chuqurroq o'rganishga yo‘naltiradi.
11
T ak ro rlash uchun savollar:
1. O'zbekistondagi qaysi sharoitlar (omillar) aholi joylashuvidagi
farqlanishni va uning chiziqli-tugunli tuzilmasini shartlab bergan?
2. Farg'ona vodiysidagi aholi joylashuvining qanday o'ziga xos
jihatlari bor?
3. Toshkent mintaqasidagi joylashuvning o'ziga xos xususiyatlari
qanday?
4. Guliston va Jizzax zonalarida aholi joylashuvining o'ziga xos
jihatlari qanday?
5. Aholi joylashuvining Zarafshon zonasida qanday o'ziga xos
xususiyatlari bor?
6. Termiz-Denov mintaqasida aholi joylashishining o'ziga xos
jihatlari.
7. Aholi joylashuvining Xorazm
va Quyi Amudaryo zonalarida
qanday o'ziga xos xususiyatlari bor?
Dostları ilə paylaş: