Qishloq aholi


I bob. QISHLOQ AHOLI PUNKTLARIRIVOJLANISHINING



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

I bob. QISHLOQ AHOLI PUNKTLARIRIVOJLANISHINING
IJTIMOIY-IQTISODIY DASTLABKI SHARTLARI
1.1 Shakllangan aholi joylashuvining umumiy tavsifi
Turli tipdagi aholi punktlarining, jumladan qishloq aholi punkt­
larining shakllanishi keng koMamli ijtimoiy-iqtisodiy omillarga 
asoslangan holda, aholi joylashuvi tizimi rivojlanishining tarixiy 
jarayonlari doirasida amalga oshadi. Aholining joylashuvi umumiy 
ko‘rinishda quyidagicha ta’riflanadi - aholining geografik makonning 
muayyan punktlarida hududiy joylashish jarayoni va ushbu jarayon 
natijasi - aholi soni, bajaradigan vazifalari, rejali tashkil etilishi va 
qurilishi bilan farqlanuvchi aholi punktlar tarmog‘i.
0 ‘zbekistondagi zamonaviy joylashuv tizimi uzoq davr moba- 
ynida davom etgan rivojlanish jarayonida, aholi punktlari soni 
o ‘zgarishi, aholining ular orasida qayta taqsimlanishi, ularning o ‘zaro 
funksional differcnsiatsiyasi va integratsiyasi natijasida shakllangan. 
Respublikadagi aholini joylashtirish tuzilmasini dinamikasi aholi 
punktlari yanada chuqurroq xo'jalik ixtisoslashuvi bilan tavsiflanuvchi 
funksional differensiatsiya yo‘nalishida kechdi. Shu sababdan, 
aholining bugungi kundagi joylashuvi ma’muriy-boshqaruv funksiya- 
larini bajarishiga qarab oddiy va tashkil etuvchi markazlar sifatida 
shakllangan shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar va qishloq aholi 
punktlari ko'rinishida beriladi. Umuman olganda, 0 4zbekiston 
Respublikasi o'zidagi aholi punktlari (ham shahar, ham qishloq aholi 
punktlari) joylashuvining shakllanishi va o ‘mining o ‘ziga xos jihatlari 
bilan ajralib turadi. Quyida aholi joylashuvining o ‘ziga xos 
xususiyatlarini umumiy holda ko‘rib chiqamiz.
Hozirgi kunda 0 ‘zbekiston Respiibikasi aholisining soni taxminan 
30 million kishini tashkil qiladi. Ta’kidlash lozimki, Respublika 
ichidagi, tumanlardagi joylashuv va urbanizatsiya darajasi hamda 
aholi zichligini hududiy taqsimlanishida katta farqlanishlar mavjud: 
aholining zichligi Navoiy viloyatida 5 kishi/kv.km, Andijon viloyatida 
380 kishi/kv.km ni tashkil qiladi. Shu bilan birga aytish lozimki
Respublikaning eng yaxshi o‘zlashtirilgan va aholi eng ko‘p istiqomat
8


qiladigan hududlari O'zbekistonning butun maydonining 7-10% ni 
tashkil qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, shahar va qishloq aholi punktlari- 
dagi aholi joylashuvida o‘z aksini topdi (1.1.1-rasm). O'zbekistondagi 
shaharlar tarmog'i 234 ta aholi punktlari va 113 ta shahra 
posyolkalaridan iborat. Qishloq aholi punktlanning soni esa 11,7 
mingtani tashkil etadi. Shahar va qishloq aholisining nisbati esa 36,7 
va 63,3 foizni tashkil qilib, bu yerda qishloq aholisining soni 
yuqoriroq ko'rsatkichga egadir.
Respublika hududida joylashuvning bir tekisda bo'lmagani 
sababli aholi joylashgan hududlardagi shahar va qishloq aholisining 
taqsimlanishi ham bir xil emas. 0 ‘zbekiston hududidagi landshaft- 
iqlimiy sharoitlar aholi joylashuvidagi xilma-xillikni va uning chiziq- 
Ii-tugunli tuzilmasi shakllanishini shartlab berdi. Respublikadagi arid 
iqlim sharoitida aholining joylashuv areallari suv zaxiralari yetarlicha 
bo'lgan tekisliklar va o ‘rta tog'li hududlardagi daryo vodiylari, 
shuningdek tog' oldi hududlarga bog‘langandir(l.l:2-rasm ).
Joylashuvning eng yirik hududi Farg'ona vodiysi va uning yon 
atrofida shakllangan bo'lib, u yerda 7 mln.dan ortiq kishi istiqomat 
qiladi. Aholi punktlarining ushbu mintaqa markazidagi Yozyovon 
kotlovinasiga nisbatan halqasimon tarzda joylashganligi aholi 
joylashuvining o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu hududdagi 
shaharlar tarmog'i ancha rivojlangan: 28 ta shahar va 26 shahar 
turidagi posyolkalar mavjud. Lekin, aholining aksariyat qismi 
qishloqda yashovchilardan ib o ra t-u la r ushbu mintaqa aholisinining 
69% ini tashkil qiladilar.
Janubiy-g'arbda Sirdaryoga quyiladigan Chirchiq va Ohangaron 
daryolarining vodiylarida Toshkent mintaqasi joylashgan bo'lib, bu 
yerdagi aholi soni 4,6 mln. kishini tashkil qiladi. Respublika poytaxti 
Toshkent shahrining O'zbekiston hududida ekssentrik tarzda, ya’ni 
Qozog'izston bilan chegara yonida joylashgani ushbu mintaqaning 
o'ziga xos jihatidir. Relyef sharoitlari bo'yicha bu mintaqa uchta 
zonadan iborat: yirik - Chirchiq ddryosining vodiyi, o'rtacha -
Ohangaron daryosi vodiyi va kichik, nisbatan avtonom bo'lgan 
Bekobod zonasi. Bu O'zbekistondagi urbanizatsiya darajasi eng 
yuqori bo'lgan mintaqa hisoblanib, shahar aholisining ulushi 68% ni 
tashkil qiladi.
9


Капа
aholi 
pimktlari 
10521» -
** 
_
■ Kichdt aholi pwiktlan 
100
dan 
1000
gacha
■ O'nacha aholi punkilari I 
non 
dan 
3000
gacha 
□ KaUa aboli puoktlan JOOOdan 
5000
garha
a
Yirik aholi punklUn 
5000
dan ko'p

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin