Qishloq aholi


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

Takrorlash uchun savollar:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng 
uning qishloq xo'jalik hududlaridagi yerdan foydalanish tuzilmasida 
qanday muhim o ‘zgarishlar ro‘y berdi?
2. O'zbekistonning qishloq hududlaridagi turli joylashuv tizimlari 
qaysi sharoitlarga bogMiq ravishda shakllangan?
3. Qishloq aholisi dinamikasining qanday o ‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud va 0 ‘zbekistonning qishloq xo'jalik hududlaridagi demografik 
vaziyat uchun qaysi jihatlar xos?
4. 0 ‘zbekistondagi qishloq aholi punktlari sonining so‘nggi 
yillarda barqaror kamayib borishi qaysi sabablarga ko‘ra sodir 
boMmoqda?
5. 0 ‘zbekistondagi qishloq hududlarda joylashuvning har xil 
turlarga ajratilishi negizida qaysi sabablar yotadi?
6. Vohaga xos joylashuvning qanday o ‘ziga xos xususiyatlari
bor?
7. Markazlashgan (o‘choqli) joylashuvning qanday o ‘ziga xos 
xususiyatlari bor?
8. Aholi zichligi va aholi puntklari tarmog'ining zichligi 
o'rtasidagi bog'liqlik qaysi jihatlami aks ettiradi?
9 .0 ‘zbekistondagi integrallashgan qishloq-shahar joylashuvini 
shakllantirish uchun asosni qaysi omillar yaratadi?
22


U . Aholining zamonaviy joylashtirilishi tuzilmasidagi
qishloq aholi punktlari
Yuqorida 
qayd 
etilganidek. 
0 ‘zbekistondagi 
zamonaviy 
joylashtirish tuzilmasi elementlari ichida eng ko‘p sonli guruhni 
qishloq aholi punktlari tashkil etib, bugungi kunda ulaming umumiy 
soni deyarli 11,7 mingtaga yetgan. Ishlab chiqarish obyektlari va 
aholining aksariyat qismi yirik shaharlarda jamlangan boMsada, 
respublika tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jalik 
ishlab chiqarishni mustahkamlash va qishloq hududlarda sanoat 
obyektlarini joylashtirish, dam olish va turizmning umumrespublika 
tizimini shakllantirish, transport va aholi punktlari o ‘rtasidagi 
kommunikatsiyalami rivojlantirish, shahar va qishloq aholisining 
turmush sharoitlari o ‘rtasidagi tafovutni kamaytirish kabi iqtisodiy va 
ijtimoiy masalalami hal qilinishi qishloq aholi punktlarining 
rivojlanishi bilan bog‘liq.
Qishloq aholi punktlarining Respublikada mavjud boMgan 
umumiy joylashuv tuzilmasida faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishidagi 
o ‘ziga xos jihatlarini tavsiflashdan aw al shallardan tashqaridagi 
hududlar, ya’ni qishloq joylar, qishloq aholisi va qishloq aholi 
punktlari 
funksiyalarining 
spetsifikasi 
bilan 
bogMiq 
ayrim 
tushunchalar bo‘yicha aniqlashtirishlami berish lozim.
Demak, «qishloq joylar» atamasi shahaming rasmiy chegaralari 
tashqarisida joylashgan va u yerda nafaqat yoyilgan holdagi ommaviy 
ishlab chiqarish funksiyalari, balki jamiyat a’zolarining ruhiy va 
jismoniy kuchlarini keng miqyosda tiklash vaziflari ham amalga 
oshiriladigan hududlarga nisbatan ishlatiladi.
«Qishloq aholisi» atamasi deganida bu sharoitlarda nafaqat o ‘ziga 
xos ishlab chiqarish funksiyalari bilan band boMgan jamiyatning bir 
qismi, balki sogMomlashtirish maqsadlarida va emotsial hamda stressli 
yuklamalardan xoli boMish uchun vaqtlarining ko‘p qismini qishloq 
joylarda o'tkazadigan kishilar ham tushuniladi.
«Qishloq aholi punkti» atamasi, birinchi navbatda. aholi punktini 
hududiy tuzilmadagi joylashishini tavsiflab beradi va joylashuvning 
periferiyasiga taalluqli ekanini anglatadi. bu holat istiqomat qiluvchi 
aholi tarkibi, ulaming gavjumligi, aholi punktlari o‘rtasidagi 
aloqalarning intensivligi va mazmunida aks ettiriladi.
23


«Qishloq» tushunchasi umumiy ta’riflanishga mansub bo'lib, 
qishloq joylarda yashovchi aholining hududiy tarqoqlashgan va turli 
shakldagi faoliyatini o‘zida mujassamlashtirgan funksiyalarga ega 
aholi punktini anglatadi.
«Qishloq aholi punkti» tushunchasining batafsil yoritilishi qishloq 
aholi punktlarining mavjud turlarini quyidagi tipologik alomatlar 
asosida guruhlarga ajratishni talab qiladi:mehnat va iste’mol soha- 
laridagi ustuvor funksiyalar joylashuv tizimlaridagi o ‘mi va roli.
Birinchi alomat bo'yicha barcha qishloq aholi punktlari qishloq 
xo'jaligi faoliyatini yuritishga ixtisoslashgan, qishloqda joylashgan 
bo'lsada, qishloq xo'jaligi faoliyatini yuritishga ixtisoslashmagan va 
agroindustrial aholi punktlariga ajratiladilar. «Qishloq xo'jaligi 
faoliyatini yuritishga ixtisoslashgan» va «qishloqda joylashgan 
bo'lsada, qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritishga ixtisoslashmagan» 
aholi punktlari - qishloq aholi punktlarining ishlab chiqarishning 
qaysi turiga ixtisoslashtirilganini aniqlashtirib beradigan tushuncha- 
lardir. Birinchi holatda, bu aholisi asosan qishloq xo‘jaligida band 
bo'lgan aholi punktlari bo'lsa, ikkinchi turdagi qishloq aholi 
punktlaridagi aholi qishloq xo'jaligi sohasida mehnat qilmaydigan va 
hududiy jihatdan tarqoq bo'lgan boshqa funksiyalarni (madaniy- 
maishiy xizmat ko'rsatish sohasi, rekratsion resurslarga xizmat 
ko'rsatish, transport xizmatlarini ko'rsatish va h.k.) amalga oshirish 
bilan shug'ullanadi. «Agroindustrial posyolkasi» degan tushuncha 
avvalgi turdagi aholi punktlarining asosiy jihatlarini o'zida mujassam­
lashtirgan bo'lib, posyolokaning o'zi qishloq joyda sanoatni, birinchi 
navbatda, qishloq xo'jalik xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslash­
gan korxonalami rivojlantirish asosida shakllantiriladi.
Qishloq aholi punktlarining sanab o'tilgan turlari ikkinchi alomat 
bo'yicha ishlab chiqarish va iste’mol sohalarida har xil ma’muriy- 
boshqaruv funksiyalarini bajarishi mumkin. Misol uchun, agroin­
dustrial aholi punktlari, aksariyat hollarda. bir vaqtning o'zida tuman 
markazi, qishloq yig‘ini markazi va qishloq xo'jalik korxonasining 
markazi funksiyalarini bajaradi. Qishloq xo'jaligini yuritishga ixtisos­
lashgan aholi punktlari - qishloq xo'jalik korxonalarining markaz- 
la ri-q u y i ma’muriy tumanlar markazi bo'lishlari ham mumkin. 
Qishloq xo'jaligiga ixtisoslashmagan aholi punktlari ham, aksariyat 
hollarda, o ‘z funksiyalarini tuman markazi funksiyalari bilan birga 
bajaradilar.
24


Qishloq aholi punktlari ma’muriy tuman doirasida ichki xo‘jalik, 
birlashrna va tuman miqyosidagi tizimlarga birlashtiriladilar.
Ichki xoMalik tizimini alohida qishloq xo‘jalik korxonasi qoshida 
shakllangan va ijtimoiy-iqtisodiy va shaharsozlik rivojlanishning 
umumiy jihatlari bilan bog‘langan aholi punktlari tashkil etadilar. 
Ushbu tizimdagi aloqalar eng barqaror, doimiy, qo‘p qirrali va 
intensiv hisoblanadilar.
Birlashrna tizimi - bir nechta qishloq xo‘jalik korxonalari qoshi- 
dagi va qishloq xo‘jaligi xomashyosini xo‘jaliklararo qayta ishlash, 
shuningdek joylashuvning muvofiq darajasida aholi punktlari o‘rtasida 
madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish asosida birlashtiriluvchi aholi 
punktlarining tarmog‘idan iborat. Bunda tizim tashkil qiluvchi 
funksiyalarni ishlab chiqarish bazasi va xizmat ko‘rsatish funksiyalari 
eng rivojlangan markaziy posyolkalardan birini bajaradi.
Quyi 
ma’muriy tumanlardagi 
iovlashtirish tizimi 
vanada 
murakkabroq hududiy majmua bo‘lib, undagi funksiyalar, sharoitlar 
va rivojlanish jarayonining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Quyida 
aholi punktlarining hududiy tashkil qilinishidagi joylashuvning lokal 
ichki xo‘jalik doirasidan to umumrespublika miqyosidagi tizimgacha 
murakkablashib borayotganini aks ettiruvchi sxema kehirilgan (1.3.1- 
rasm).
Qishloq aholi punktlari rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari 
nimalardan iborat? Respublikada kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
o ‘zgarishlar sharoitida qishloq o ‘z zimmasiga qaysi funksiyalarni 
olishi mumkin? Ushbu savollarga javobni qishloq hududlardagi 
joylashuv tizimi rivojlanishidagi spetsifik jihatlami hamda yirik sha- 
harlardagi joylashuvga qaraganda afzalliklarini qisqacha tavsiflagan 
holda javob berishga harakat qilamiz.
Agar, shahar shakllangan kundan boshlab turmush va faoliyatning 
noyob, tobora murakkalablashib borayotgan shakllarini yaratish va 
jamlash funksiyalarini o‘z zimmasiga olgan bo'lsa. qishloq ana shu, 
shahar sharoitida shakllangan turmush tarzini kengayishi va 
tarqalishini ta’minlaydi. Shahar uchun an’anaviy hisoblangan 
funksiyalarni qishloqda qayta taqsimlanishi, birinchi navbatda, 
istalgan shahar muhitining resurslari cheklangan bo‘lib, ijtimoiy 
faoliyatning faqatgina ma’lum (ham miqdor, ham sifat nuqtai 
nazarida) turlarining jamlanmasini talafot va yo‘qotishlarsiz amalga 
oshirishni ta’minlay olishi bilan shartlanadi. Shu sababli, zarur resurs-
25


Joylashuvning iyerarxiya tuzilmasi 
va joylashuv tizimlarining turli 
darajalari orasidagi bog‘lanishlar 
modeli
Joylashu
vning
hududiy
daraja­
lari
Joylashuvning 
muvofiq turlari
Joylashuvning 
viloyat va 
tumanlararo tizimlari
Joylashuvning 
tumanlar bo'yicha 
tizimlari
Joylashuvning 
respublika va 
viloyatlararo tizimlari

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin